Sadullo Muhammadqulov Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining
birinchi
kotibi
Sharof
Rashidovga
xos
soqchi
etib
tayinlanganida atigi 28 yoshda boʻlgan. Bu lavozimga kelish oldidan u
maktabda oʻqituvchilik qilardi. Matematik qay tarzda tan soqchi boʻlishga
erishdi?
Sobiq komissar (sobiq Ittifoq davrida tan soqchilar xuddi shunday atalgan,
tahr.) koʻpchilik uchun qiziq va shu bilan birga sirli boʻlgan tansoqchilar hayoti
haqidagina emas, balki bugun Oʻzbekiston 100 yillik yubileyini nishonlash
arafasida turgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi — Sharof Rashidovning hayoti,
feʼl-atvori, siyosiy va psixologik portreti hamda SH. Rashidov rahbarlik qilgan
davrda Oʻzbekiston jahonda qanday mavqega ega boʻlganligi haqida soʻzlab
berdilar.
Sadullo Murodilloyevich suhbat avvalida nega aynan bugunga kelib oʻz
faoliyati haqida gapirishga qaror qilganliklari haqida toʻxtalib oʻtdilar.
"Eng avvalo aytish joizki, tansoqchi degan ibora bizda kamdan-kam qoʻllaniladi.
Sobiq sovet Ittifoqida qoʻriqlanayotgan shaxsga bevosita xizmat qilgan shaxs —
19
davlat xavfsizligidan biriktirilgan ofitser deyilar edi. Chet elni misol tariqasida
oladigan boʻlsak, "Xos sokchi" ("Teloxranitel") nomi bilan bir necha filmlar
suratga olingan. Ularning birida Amerika Prezidentining xavfsizligini taʼminlash
haqida, ikkinchisida mashhur qoʻshiqchining xavfsizligini, yana boshqasida esa
katta biznesmenning xavfsizligini taʼminlash haqida hikoya qilinadi. Bizda esa bu
xizmat haqida maʼlumot deyarli yoʻq. Shu bois, oradan 34 yil oʻtib, men
Oʻzbekiston respublikasidagi xos soqchilik faoliyati haqida gapirib berishga qaror
qildim.
"Ochigʻini aytaman, bolaligimda tansoqchi boʻlaman deb orzu
qilmaganman, — deb hikoyasini boshladi suhbatdosh. Har gal yangi kitobni oʻqib
tugatishim bilan orzularim ham oʻzgarar edi: olim, injener, uchuvchi, tankist,
razvedkachi yoki militsiya xodimi…"
Suhbatdoshimiz maktabda aʼlo baholarga oʻqib, oʻqishni oltin medal bilan
bitirgach Samarqand davlat universitetining matematika fakultetiga oʻqishga kiradi
va maʼlum muddat oʻz ona qishlogʻida matematika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi
ham.
"Matematika fani oʻqituvchisi boʻla turib, bu lavozimiga qanday kelib
qoldingiz?", degan savolga u quyidagicha javob berdi:
"Maʼlum muddat maktabda ishlagach, ishning bir xilligidan zerikib,
militsiyaga oʻtishga qaror qildim. Ammo taqdir taqazosi bilan xavfsizlik organiga
ishga kelganman. Samarqand viloyati boshqarmasida 5 yilga yaqin ishlaganimdan
keyin meni oʻsha davrda juda katta obroʻga ega boʻlgan respublika xavfsizlik
komitetining maxsus boʻlimi — 9 boʻlimga "katta xos soqchi" lavozimiga
tayinlashdi. Oʻsha vaqtda respublikada faqatgina 3 ta xos soqchi boʻlganini,
ularning biri Sovet Ittifoqi Qahramoni, ikkinchisi podpolkovnik boʻlganini
eʼtiborga olsak, oddiy oʻqituvchi oilasidan chiqqan va yaqindagina kapitan
unvonini olgan 28 yoshli yigitning bunday katta obroʻga sazovor boʻlishi albatta,
afsonaviy xol edi.
20
Sharof Rashidovni 1976 yildan boshlab juda koʻp marta yaqindan
koʻrganman, ular Samarqand viloyatiga kelganlarida xavfsizliklarini taʼminlash
tadbirlarida faol qatnashganman. Tadbirlar tugashi bilan ular har safar xavfsizlik
xodimlariga qoʻl berib rahmat aytar va xayrlashar edilar. Ularning xarakterlari,
odatlari va boshqa xususiyatlari haqida maʼlumotga ega edim. Ish yuzasidan esa
har bir nutqlari, suhbatlari, intervyu yoki chiqishlarini qunt bilan oʻrgangan edim.
Lekin avval aytganimdek, ularga yaqindan turib xizmat qilish xayolimga kelmagan
edi.
Mening bu ishga oʻtishim ham maʼlum darajada tasodif bilan bogʻlik. 1980
yilning mart oyida Samarqandda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish masalalari
boʻyicha respublika seminari Sharof Rashidovichning ishtirokida oʻtkazilishi
moʻljallangan boʻlib, Ular viloyatga kelgandan keyin, men Xavfsizlik boshqarmasi
rejasi boʻyicha, Sharof Rashidovich yashaydigan rezidentsiyada kechasi
navbatchilikda turishim kerak edi. Kunduzi esa ishxonada boʻlib zarur
topshiriqlarni bajarishim zarur edi. Seminar boshlanishi kuni men ertalab soat 8
da majlis boʻladigan "Opera va balet teatri" binosi yonidan oʻtayotib "bir xabar
olay, mabodo mening yordamim kerak boʻlib qolar", — deb ustozim Ahror
Akramov yonlariga bordim.
Tasodifni qarangki, Hukumat aʼzolariga ajratilgan xonaning xavfsizligini
taʼminlashi kerak boʻlgan xodim kechikayotganidan Ahror aka rosa
asabiylashayotgan ekanlar.
Meni koʻrib juda xursand boʻldilar va bu xonaning yonidagi postga meni
tayinladilar. Men postni qabul qilib oʻsha kuni seminar tugagunga qadar bir necha
marta
Sharof
Rashidovning
"nazarlariga"
tushdim.
Shu
kuni
Sharof
Rashidovichning xos soqchilari boshligʻi Sovet Ittifoqi qahramoni, polkovnik Bois
Xamidovich Ergashev bilan tanishdim. Bois aka Xavfsizlik komitetining
Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi O. Mahmudov va kadr boʻyicha uning
oʻrinbosari V.K. Panin bilan suhbatlashib bir necha oydan beri boʻsh boʻlgan "xos
soqchi" lavozimiga nomzod topa olmayotganligi haqida gapirib, birorta yaxshi
21
yigitni topib berishni iltimos qilgan. Ular Bois aka bilan suhbatda meni uzoqdan
koʻrsatib nomzodimni tavsiya qilgan ekan. Usha kunlari meni Samarqand viloyati
boshqarmasining Narpay boʻlinmasiga boshliq etib tayinlash uchun hujjatlarim
Toshkentga yuborilgan edi.
Seminar tugagandan keyin bu gaplarni menga V.K. Panin gapirib berdi.
Kechqurun men Sharof Rashidovich yashayotgan rezidentsiyaga navbatchilikka
kelganimda Bois aka bir varaq qogʻoz berib oʻzim haqimda zarur maʼlumotlarni
yozib berishni iltimos qildilar.
Bir oydan keyin esa men bilan Samarqandga kelgan Xafvsizlik qoʻmitasi
raisining birinchi oʻrinbosari general-mayor Levon Nikolayevich Melkumov
suhbatlashdi. U kishi mendan oʻzimning rejalarim va ota-onamning mabodo meni
Toshkentga 9 — boʻlimga ishga olishsa rozilik berish-bermasligini soʻradi. Men
esa harbiy kishi sifatida har qanday topshiriqni bajarishga tayyor ekanligimni, ota-
onam oʻqimishli kishilar ekanliklarini, ular albatta rozilik berishlarini taʼkidladim.
Suhbat oxirida men ruxsat soʻrab, generalga karateist yoki sportsmen emasligimni,
oʻqotar qurollaridan otishda ham oliy natijalarga erishmaganimni aytdim va men
shu lavozimga loyiq yoki loyiq emasligimni soʻraganimda, L.N.Melkumov kulib,
"toʻgʻri savol berdingiz, lekin bizga sportsmen yoki mergan emas, katta tadbirlarni
oʻtkazishga rahbarlik qila oladigan va alohida xususiyatlarga ega boʻlgan kuchli
operativ xodim kerak. Men suhbatdan oldin siz haqingizda kerak boʻlgan hamma
maʼlumotlarni olganman", — deb javob berdi.
Suhbatdoshning soʻzlariga qaraganda, yuksak vazifaga tayinlangan paytning
oʻzidanoq unga birgina savol tinchlik bermagan: "Men xizmatni qanday olib
boraman?" degan. "Bu men uchun ham qiziqarli va bir vaqtning oʻzida murakkab
masala edi", — iqror boʻladi u.
"1980 yilning 26 aprel kuni meni Sharof Rashidovich bilan suhbatga taklif
qilishdi. Men va Ahmadjon aka kabinetiga kirib kelganimizda, Sharof Rashidovich
biz bilan oʻrnilaridan turib qoʻrishganliklari hali-hanuz yodimdan chiqmaydi.
Ahmadjon aka Sharof Rashidovichga men haqimda kerakli maʼlumotlarni bergach,
22
u kishi men bilan suhbatga kirishdilar. Oʻzim haqimda, ota-onam haqida aytib
berishimni soʻradilar.
Oʻzim haqimda qisqa gapirgach, otam oʻqituvchi boʻlgani, hozir nafaqada
ekanliklari, onam esa uy bekasiligini, 8 nafar farzand tarbiyasi bilan mashgʻul
ekanliklarini aytib berdim. U kishi oilamizning har bir aʼzosini ismi-sharifidan
tortib, qayerda ishlashlarigacha soʻradilar va suhbat yakunida Ahmadjon akaga
qarab "O, mulla Ahmadjon, oʻzimizdan ekanu bular", — deb aytdilar.
Soʻngra mendan "tan soqchi vazifasi nimadan iboratligini bilasizmi?", deb
soʻradilar. Taxminan tasavvur qilishimni aytganimdan soʻng, "yaxshi" dedilarda
xos soqchi ega boʻlishi lozim sifatlarni sanay ketdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |