Xaridorlarga qarab bozorni segmentlash mezonlari
Segmentatsiya mezonlarining birinchi guruhi obyektiv belgilarni o‗z ichiga oladi
va ikkinchi guruh uchun asos hisoblanadi. Shuning uchun mezonlarning 1-guruhi
asosida bozorni segmentlash (ma‘lum bo‗limlarga ajratish) ni klassik yoki
demografik segmentatsiya, deyiladi. Mezonlarning 2-guruhidan foydalanib bozorni
segmentlash ―
mukammal‖ yoki psixogrfik segmentatsiya, deyiladi. Keyingi
yillarda bozorni, ayniqsa, kundalik ehtiyoj tovarlari bozorini segmentlashda vizual
xronologik belgilar ajratib ko‗rsatilmoqda. Ularga insonning hayot siklini aniq
iste‘molchi yoki iste‘molchilarning guruhini tavsiflovchi belgilar kiradi. Shu bilan
birga bozorni segmentlashning har bir turida amaliyotda alohida foydalanadi, deb
hisoblamaslik kerak. Qoidaga ko‗ra bozorni uning segmentlarini tahlil qilganda
marketologlar mezonlar kombinatsiyalarini qo‗llaydilar. Shu bilan birga tovar
turiga bog‗liq holda iste‘mol tovarlarini va ishlab chiqarish – texnika yo‗nalishi
segmentlari mezonlari farqlandi. Masalan, F.Kotler iste‘mol tovarlari bozorini
segmentlashda uning 3 ta segmentga ajratish imkoniyatini ko‗rsatib, unga oilaning
daromadini, oila a‘zolari miqdori (soni) ni, yoshini kiritgan.
Iste‘mol tovarlari bozori shartli ravishda 36 ta segmentga (bo‗lakka) bo‗lingan, bu
esa potensial xaridorlar soni ko‗proq bo‗lishiga olib kelgan.
Psixografik
mezonlar
segmentatsiyaning
subyektiv
belgilariga
kiradi.
Mezonlarning bu guruhiga hayot tarzi va muomalasi aks etib turadigan
xaridorlarning asosiy tavsiflari birlashtirilgan. Psixografik mezonlar xarakteri
chizgilari, odatlari, xaridorlarning o‗zlari haqidagi tasavvurlari, xulq-atvor
motivlari, shaxs sifatidagi xarakteristikalari, xaridorlik muomalasi omillari kabi
belgilarni o‗z ichiga olishi mumkin. Korxonalar tomonidan sotib olinadigan sanoat
tovarlari bozorlarini segmentlash mezonlari geografik, ishlab chiqarish – iqtisodiy
va kasbiy – shaxsiy belgilarga asoslanadi. Iqlim, relyef, urbanizatsiya darajasi
kabilar bilan tavsiflanuvchi geografik belgilar tarmoqlar va aniq tovarlar
iste‘molchisi bo‗lgan korxonalar, texnologik jarayonlar, iste‘molchi firmalar
miqyoslari, kompaniya joylashgan mintaqa yoki mamlakatdagi iqtisodiy
konyunkturalar darajasi, savdoni tashkil etish metodlari, logistika talablari va
boshqalar holatlarni xarakterlovchilar to‗liq ishlab chiqarish – iqtisodiy belgilarga
kiradi. Bu yerda ishlovchilar soni tashkiliy struktura, savdo dinamikasi, fond va
kapital fondi kabi firma demografik (tuzilmaviy) belgilar alohida ahamiyatga ega
bo‗lishi
mumkin.
Segmentlash
siyosatining
ikki
jihati
bo‗lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |