qiziqishlari doirasidan kelib chiqib belgilash mumkin.
Ushbu tahlil
turining o ‘ziga xos xususiyatiarini quyidagi jihatlar bilan izohlash
mumkin.
Ichki moliyaviy tahlilning o ‘ziga xos jihatlari:
- tahlil subyektlarining tor guruhi;
- tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi
yuzasidan y o ‘naltirilganligi;
- teran moliyaviy tahlilni o ‘tkazishda axborotlaming keng
doirasidan foydalanish imkoniyatining yuqoriligi;
- tahlilni o ‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda
aniq reglamentlari (tartiblari) belgilanmagan usullardan foydalanish
imkoniyatlari;
- aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan
chuqur moliyaviy
tahlilni o ‘tkazish imkoniyati mavjudligi;
- boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni
tashkil etilishi.
Moliyaviy tahlil
mazmuni bo'yicha
to iiq moliyaviy tahlil va
tematik moliyaviy tahlil turlariga ajratiladi.
T o iiq moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha
jihatlarini kompleks o ‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil
korxona moliyaviy faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini
o‘rganishni
xarakterlaydi.
Tematik moliyaviy tahlil
predmetiga:
!
aktivlardan
samarali foydalanish, aktivlami moliyalashtirishda alohida
manbalardan optimal foydalanish darajasi, to io v layoqati va moliyaviy
barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy
tuzilishi kabi masalalami kiritish mumkin.
Moliyaviy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo'jalik
yurituvchi subyektlaming to iiq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili,
alohida b o iim lar va birliklar moliyaviy holatining tahlili (iqtisodiy
javobgarlik markazlari bo‘yicha) hamda alohida moliyaviy jarayonlar
tahlilini tarkiblash mumkin.
0 ‘tkazish davri b o yich a
moliyaviy
tahlil oldingi, joriy va istiqbolli
tahlil turlariga tarkiblanadi.
112
Oldingi moliyaviy tahlil - korxona moliyaviy faoliyatini bir
butunlikda yoki alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shart-
sharoitlami bilish bilan bog‘lanadi (masalan, uzoq va qisqa muddatga
bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning to‘lov layoqatini
baholash).
Joriy (operativ) moliyaviy tahlil - alohida moliya rejalarini
bajarilishida yoki moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida
operativ tarzda moliyaviy holatga ta’sir etish yuzasidan o'tkaziladigan
tahlil turidir.
Istiqbolli moliyaviy tahlil - amaldagi holatni o‘rganish asosida
moliyaviy holat va uning alohida birliklari bo'yicha
kelajakdagi
o'zgarishlarning kutilishlarini baholab beruvchi tahlil turidir.
Moliyaviy
tahlilni
tashkil etish bosqichlarim
iqtisodiy tahlil va
uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash
to‘g 4ri, lekin aynan moliyaviy tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma-
ketlikda o4kazish maqsadga muvofiq deb o ‘ylaymiz.
1. Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish;
2. Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to'plash;
3. Moliyaviy tahlilni bevosita o'tkazish bosqichi;
4. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi;
5. Qarorlar tayyorlash bosqichi;
6. Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi.
Iqtisodiy tahlilni yoki
moliyaviy tahlilni
tashkil etishdagi
yondashuvlar turlicha boMganligi bilan ulaming mazmuni albatta bitta
jihatga ya’ni tahlilni sifatli va foydali o ‘tkazishga qaratilgan.
Moliyaviy tahlilni tashkil etishda albatta har bitta tarmoqning va
sohaning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan,
xo‘jalik subyektlarining faoliyat turlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Farqlanish nafaqat ularning faoliyat turida, balki mulkiy shaklida,
kapitalda qatnashishi, mulkiy taqsimotida, ko‘lamida ham mavjud.
Moliyaviy hisobotlar bir xil shakl va
mazmunni ifoda etgani bilan
ulaming qatorlari, qatorlarning shakllanish tartiblari bir-biridan tubdan
farq qiladi.
113
Moliyaviy holat va natijaviylikni baholashda bu jihatlarni
farqlanishi muhim o ‘rin tutmasa ham, aslida masalaning yechimi uning
quyi b o 'g in ig a, faoliyatning turiga, xususiyatiga, taqsimotning shakliga,
mulkiy va moliyaviy munosabatlarga borib taqaladi.
lqtisodiyotning u yoki bu tarmog'i
yagona maqsadda birlashsa ham,
boshqa munosabatlarda tubdan farq qiladi. Bu jihat farqlanishlar albatta
moliyaviy tahlilda hisobga olinishi lozim.
Axborotlar bazasida ham farqlanishni kuzatish mumkin. Masalan
kichik biznes subyektlari soddalashtirilgan tartibda moliyaviy hisobotni
tuzadilar va yuritadilar, yirik biznes subyektlari esa umumbelgilangan
tartibda moliyaviy hisobotni tuzadilar va taqdim etadilar. Shu bilan
birgalikda ularning soni va mazmunida, auditorlik xulosalarining
olinishida
ham
farqlanishlar kuzatiladi.
Moliyaviy
hisobotlarga
auditorlik xulosalarining olinishida
ham majburiy va majburiy
boim agan tarkibini guruhlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: