8.4.
Qarzdorlik dinamikasining natijaviy va samaradorlik
ko‘rsatkichlari biian qiyosiy tahlili (qarzlarning aylanuvchanligi va
qoplanuvchanligi tahlili)
Foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini
to6g ‘ri boshqarish orqali pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini hosil
qilish qobiliyatiga, uning muddati va aniqligiga baho berishni talab
etadi.
Xo'jalik yurituvchi subyektning debitorlik va kreditorlik qarzlari
yuzasidan sodir bo‘lgan o ‘zgarishlami chuqur tahiil qilish, davr
mobaynida ulaming hajmi, muddati, so'ndirilishi, aylanuvchanligi
bo‘yicha real holatni o ‘rganishni talab etadi.
Qarzdorlik korxonaning moliyaviy holatini
baholashda eng
murakkab masala hisoblanadi. Negaki, uning hal etilishi doimo ham
korxonaning o4z ixtiyorida emas. Ayniqsa, debitorlik majburiyatlari va
ulaming undirilishi, muddatlarga amal qilinishi, qarzdorlik bo'yicha
yuzaga'keladigan qo'shimcha majburiyatlaming paydo bo'lishi korxona
rahbariyatining sa’y-harakatlari bilangina amalga oshadigan oddiygina
jarayon emas. O 'z navbatida debitorlik majburiyatlaridagi holat
korxonaning qarshi tomon oldidagi, kreditorlik qarzlarining ham
toManishiga, ulaming tizimli algoritmiga ta’sir etadi. Negaki, debitorlik
va kreditorlik qarzlari bu faoliyatning ikki qirrasi ulaming bittasidagi
buzilish ikkinchisiga, ikkinchisidagi buzilish birinchisiga ta’sir qiladi.
0 ‘z navbatida bitta korxonada qarzdorlikning hal etilishi, tarmoq va
bo‘g ‘inda, yakunida mamlakatdagi to'lov intizomiga ham ta’sir etadi.
Qarzdorlikni so'ndirish albatta pul mablag'lari va ularning
ekvivalentlari yordamida amalga oshiriladi. Korxonada pul va pul
453
ekvivalentlarining asosiy oqimi bu operatsion faoliyatda kuzatiladi. 0 4z
navbatida majburiyatlarning ham asosiy qismi ushbu faoliyat yuzasidan
kelib chiqadi. Shu sababli, korxona rahbarlari doimo pul va pul
ekvivalentlarini qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashga tegishli
qismini ushlab turishga harakat qiladilar. 0 4z navbatida ularning faoliyat
va qarzdorlikdan ortiqcha qismini ushlab turish ham korxona uchun
maqbul hisoblanmaydi. Negaki, bu aktivlaming oborotdan chetlanishiga
sabab boMadi. Ortiqcha pul mablag4larini ularning ekvivalentlariga
investitsiya qilish bu pul mablag4larini boshqarish bo‘lib hisoblanadi.
Pul ekvivalentlari deganda ko'pincha qisqa muddatli moliyaviy
qo'yilmalar ham nazarda tutiladi. Moliyaviy qo'yilmalaming qisqa
muddatli shakli pul ekvivalenti deb tan olinishi uchun, u belgilangan
summadagi pul mablag4iga oson aylantiriladigan va qiymatidagi
o 4zgarishlar riski sezilarsiz darajada bo4lishi lozim.
Qarzdorlikning dinamikasi uning yillar bo'yicha o 4zgarishlariga
baho berishni ifoda etadi. Bu qarzdorlikning retrospektiv tahlili
hisoblanib, kelajakdagi prognozlarini belgilash uchun ham zarur
hisoblanadi. Qarzdorlikni muddat bo'yicha o'rganishda ularning
muddati o 4tgan majburiyatlar sifatida foyda va zararlarga olib borilishiga
muhim ahamiyat qaratish lozim. Qarzlami foyda va zararlarga olib
borish ularning to4la nazorat qatoridan chiqarilishini anglatmaydi.
So4ndirilgan qarzlar albatta balansdan tashqari hisobvaraqlarida 5 yilga
qadar saqlanishi lozim.
Debitorlik majburiyatlarini qiymat ifodasida o'rganish doimo ham
korxona moliyaviy ahvoli haqida aniq xulosalar chiqarish uchun yetarli
bo4lmaydi. Shu sababli, bu jarayonlarni samaradorlik va natijaviylik
ko4rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqlikdagi nisbiy ifodalariga ham baho
beriladi. Bunday ko'rsatkichlar sifatida debitorlik va kreditorlik
qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsiyentlari o 4rganiladi va tahlil
qilinadi.
Debitor va kreditor qarzdorlikni o'rganishda aylanuvchanlikning
ikki jihatiga muhim ahamiyat qaratiladi.
Aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va ularning o4zgarishiga;
454
Aylanuvchanlik davri va ulaming o ‘zgarishiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |