69
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш Тошкент.,
Ўз ДЖТИ, 2005 й - 171 б.
2. Махкамджонов К, Туленова Х.Б. Мактабгача таълим муассасалари учун умумий ва
кенгайтирилган «Жисмоний тарбия» дастури. Илм-зиё Тошкент., 2006 й
3. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Тошкент.,
ЎзДЖТИ, 2005 йил - 300 б.
Xorijiy adabiyotlar
1.Bcunen G., Claessens A., Lefere J., Ostyn M, Reuson R., Simons J. So-matotype as related to age
peak velosity in height, weight and static strength in boys // Hum. Biol.- 1987.- №4.- P.
2.Campboll S.B. Benaviour problems in preschool children: clinical and developmental issues. New
York: Guilford Press, 1990.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz
Mavzu. Bolalar jismoniy tayyorgarligini baholash mezoni.
REJA:
1.Bolalarni jismoniy tayyorgarligini so'rash va o'quv mezonlari orqali baholanishi haqida
ma'lumotlarga ega qilish.
1.Bolalarni jismoniy tayyorgarligini so'rash va o'quv mezonlari orqali baholanishi haqida
ma'lumotlarga ega qilish.
Bolalarni
jismoniy tayyorgarligi
har tomonlama rivojlanishini inkor etmaydi. Aksincha
organizmning funktsional imkoniyatlarini umumiy yuksaltirish, jismoniy va ruxiy qobiliyatlarini
har tomonlama rivojlantirish asosidagina tanlangan sport turida mumkin qadar ko’proq
yutuqqa
erishiladi. Sport amaliyotidagi butun tajriba ham, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning juda
ko’p ma’lumotlari ham ana shuni ta’kidlaydi (A.N.Krestovnikov, G.V.Vasilev, N.G.Ozolin,
L.P.Matveev, N.N.Yakovlev, X.Mittentsvey va boshqalar).
Sport yutuqlari sportchining har tomonlama taraqqiy etganligiga bog’liqligining ikkita asosiy
sababi bor. Birinchidan, organizmning ajralmas ekanligi - uning barcha a’zolari,
sistema va
funktsiyalari faoliyat va taraqqiyot jarayonida o’zaro uzviy bog’liqdir. Qaysi jismoniy sifat ko’proq,
qaysinisi kamroq rivojlanishi zarur ekani, har qaysi sport turining o’ziga xos nisbatda bo’lsa-da,
biron jismoniy qobiliyatni g’oyat yuksak darajada rivojlantirishi uchun organizm funktsional
imkoniyati umuman yuksak bo’lishi shart, ya’ni har tomonlama rivojlanish jarayonidagina bunga
erishish mumkin degan umumiy qonuniyat ham hamisha kuchda qoladi. Ikkinchidan, turli harakat
malakalari va mahoratlari o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Sportchi tomonidan o’zlashtirilgan harakat
malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng bo’lsa (albatta tanlangan sport turining o’ziga xos
xususiyatlariga bog’liq bo’lgan ma’lum me’yorda) harakat faoliya-tining yangi formalarini yaratish
va ilgari o’zlashtirilganlarini takomillashtirish uchun shunchalik qulay asos mavjud bo’ladi. Yangi
harakat formalari ilgari tarkib topgan formalar asosida paydo bo’ladi
va ularning u yoki bu
elementlarini o’z ichiga oladi. Xilma-xil harakat koordinatsiyalarini o’zlashtirish jarayonida bu
yo’lda uchraydigan qiyinchiliklarni enga borish natijasida harakat faoliyatini yana ham
takomillashtirish qobiliyati, trenirov-kalanish rivojlanishi yana ham muhimroqdir.
Demak, sportda takomil topishning ob’ektiv qonunlari sport mashg’uloti chuqur
ixtisoslashtirilgan jarayon bo’lishi
bilan birga, xar tomonlama rivojlanishga olib kelishini talab
70
qiladi. Shunga ko’ra sport trenirovkasida umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga mahkam
qo’shib olib boriladi.
Shu narsa muhimki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning organik
hamohangligi faqat sport
takomillining qonuniyatlariga javob beribgina qolmay, balki hamma narsa insonni har tomonlama
o’stirishga qaratilgan tarbiya sistemasining umumiy qonuniyat-lariga ham mos keladi. Shuning
uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning umumiy
printsipini sport mashg’ulotida aniq ifoda etadigan sport maktabining eng muhim printsipi deb
qarash zarur.
Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligini birligi degan so’z sport yutuqlariga
erishishga hamda oqibat natijada sportdan tarbiya vositasi sifatida foydalanishga
ziyon etmazmay
turib, bu birlikning qaysidir tomonini mashg’ulotdan olib tashlab bo’lmaydi, demakdir. Umumiy va
maxsus tayyorgarlikning birligi shuningdek, ular mazmunining bir-biriga bog’liq ekanligi bilan ham
ifodalanadi, chunki umumiy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek,
tanlangan sport turining xususiyatlariga qarab belgilanadi, maxsus tayyorgarlikning mazmuni esa
umumiy tayyorgarlik natijasida paydo bo’lgan shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini dialektik tarzda qarama-qarshi
birlik sifatida
tushunmoq kerak. Mashg’ulot vaqtida, bu birlik tomonlarining har xil ishga birdek foyda keltiraver-
maydi. Har bir aniq holatda ma’lum me’yor mavjud bo’lib, uning buzilishi sportda taraqqiyotga
erishishga halaqit beradi. Bu me’yor tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga hamda
boshqa bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Amalda mashg’ulot jarayonining ayrim etaplarida
umumiy tayyorgarlikka etarli baho bermaslik hollarini ham, unga haddan tashqari ko’p o’rin berib
yuborish hollarini ham kuzatish mumkin. Bu yana
shu bilan murakkab-lashadiki, umumiy va
maxsus tayyorgarlikning optimal nisbati doimiy bo’lib qolmay, balki sport takomilining turli
etaplarida qonuniy suratda turlicha o’zgarib turadi. Hozir bu muammo garchi to’liq hal etilmagan
bo’lsa-da, mazkur o’zgarishlarning asosiy tendentsiyalari aniqlab chiqilgan. Mazkur muammoning
qanday hal etilishini bir yillik va ko’p yillik mashg’ulot strukturasiga tavsif berilishi munosabati
bilan quyida ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: