Sonning ma’no turlari.
Sonlar ma’no jihatdan, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor son,
2) tartib son.
2-§. Miqdor sonlar
narsani sanash, donalash, taxminlash, taqsimlashga asoslangan umumiy
qiymatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor sonlar narsaning qiymatini ifodalash xususiyatiga
ko‘ra uch guruhni tashkil qiladi: a)
butun son
narsa-buyumning miqdoriy butunligini ifodalaydi:
bir
kishi, uch o‘rtoq, ikkita daraxt kabi
; b) k
asr sonlar
butun miqdorning qismini ifodalash uchun
xizmat qiladi. Ular ko‘pincha bir necha sonning sintaktik usul asosida birikishdan hosil bo‘ladi:
to‘rtdan bir, uchdan ikki. Shuningdek, kasr sonlar
yarim, chorak, nim chorak
kabi so‘zlar vositasida
ham ifodalanadi; d)
aralash sonlar
butun va kasr sonlarning birligi asosida hosil bo‘ladi:
bir yarim,
ikki butun o‘ndan besh.
Miqdor sonlar ma’no jihatdan sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son kabi
turlarga bo‘linadi. Ular quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan o‘zaro farqlanadi:
1.Sanoq sonlar
bir turdagi narsaning umumiy sanog‘i, sonning nomini ifodalash uchun xizmat
qiladi. Masalan:
bir, ikki, uch, to‘rt, besh
. Sanoq sonlar numirativ so‘zlarsiz va numerativ so‘zlar
bilan ishlatiladi:
besh kishi, o‘n yil, uch qop un, o‘n olti tonna bug‘doy
kabi.
Sanoq sonlar numerativ so‘zlarsiz yoki numerativ so‘zlar bilan qo‘llanib, ko‘plik affiksini qabul
qilganda chama, taxmin ma’nosini ifodalaydi:
soat beshlar bo‘ldi, oradan uch kunlar o‘tdi.
Xuddi
shuningdek, ma’no sanoq sonlarning juftlanishi orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan:
Darchadan besh-olti kishishi kirib keldi.
Sanoq sonlarning ba’zi turlarigagina 3-shaxs egalik affiksi qo‘shilib, ularni otlashtirishi mumkin:
Biri olim, biri muallim
. Sanoq sonlar hech qanday affikssiz ham otga ko‘chishi mumkin. Masalan:
qirq, yetti, yigirma
kabi aza marosimlari nomi shular jumlasidandir.
Barcha sanoq sonlar o‘rtasida bir soni alohida grammatik xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Uning bunday polisemantik xususiyati quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
a) bir soni ot oldidan kelib, gumon, noma’lumlik ma’nosini hosil qiladi:
Bugun sizni bir kishi
so‘rab keldi
. Bir soni miqdor bildiruvchi so‘zlar oldida kelganda ham shunday ma’nolar hosil
bo‘ladi:
bir talay, bir necha, bir oz, bir qadar
.
b) holat ma’nosidagi fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib ma’noni kuchaytiradi:
Mashina bir silkinib,
to‘xtadi. Ertaga bir dam olmasam bo‘lmaydi.
d) uyushiq bo‘laklar yoki sodda gaplarda biriktirvuchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi:
Xursandligidan bir kuladi, bir yig‘laydi.
c) ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini bajarishi mumkin:
Mening ishonchim bir sensan.
f) bir soni jo‘nalish, chiqish kelishigi affiksi bilan hamda –day, affiksi bilan qo‘llanganda
ravishga ko‘chadi:
birga ishlamoq, birdan kirib kelmoq, birday qaramoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |