2-§. Qo‘shma ot.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va gammatik jihatdan bir-biriga
tobelanish yo‘li bilan birikib, bitta narsa nomini ifodalashga xoslangan ot qo‘shma ot deyiladi.
Qo‘shma otlar tarkiban bir xil va har xil turkumga mansub so‘zlarning sitaktik munosabatga
kirishuvidan tuzilishi mumkin. Masalan: 1) ot+otdan-
qo‘larra, otquloq
; 2) sifat+otdan-
ko‘ksulton,
xomtok
; 3)ot+sifatdan-
gulbeor, oshko‘k
; 4) son+otdan-
mingoyoq, uchquduq
; 5) ot+fe’ldan-
o‘rinbosar, beshiktervatar
; 6) fe’l+otdan-
yoriltosh, kuyganyor
; 7) fe’l+fe’ldan-
iskabtopar,
ishlabchiqarish.
Qo‘shma otlar ikkidan ortiq so‘z ishtirokida ham tuzilishi mumkin:
gultojixo‘roz,
gulhamishabahor
.
3-§. Juft ot.
Birxil grammatik shaklga ega bo‘lgan ikkita otning teng bog‘lanishidan tuzilib, bir
umumiy ma’noni anglatadigan ot juft ot deyiladi. Juft otlarning qismlari mustaqil urg‘uli so‘z bo‘lib,
ular talaffuzda yagona leksik urg‘uga birlashadi. Affikslar juft otning keyingi qismiga qo‘shiladi:
ota-onada΄n, osh-nonni΄ng, aka-ukala΄r, arz-dodimizni
.
Juft otlar tarkiban har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘zlardan, bir qismi mustaqil, ikkinchi
qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan va har ikkala qismi ma’noga ega bo‘lmagan
so‘zlardan tuziladi:
1.Har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘z bo‘ladi
. Bunda juft so‘zlar o‘zaro ikki xil bog‘lanadi: a)
bog‘lovchilarsiz:
ota-ona, qozon-tovoq;
b) –u, -yu yuklamalari yordamida:
tog‘-u tosh, olma-yu
o‘rik
.
Juft otlarning har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘zdan tuzilganda uning qismlari quyidagicha
farqlanishi mumkin: 1) har ikkala qismi hozirgi tilimizda ishlatiladigan mustaqil so‘z bo‘ladi:
o‘yin-
kulgu, tog‘-tosh, sigir-buzoq, qo‘y-qo‘zi;
2) mustaqil so‘zlarning ikkinchi qismi tarixiy yoki eskirgan
so‘z bo‘ladi:
ko‘cha-kuy, el-ulus, idish-oyoq
; 3) mustaqil so‘zlarning birinchi yoki ikkinchi qismi
o‘zlashma so‘z bo‘ladi:
kuch-quvvat, o‘y-xayol
(o‘zbekcha+arabcha),
tuz+namak
(o‘zbekcha+
tojikcha),
savdo-sotiq, gap-so‘z
(tojikcha+o‘zbekcha); 4) mustaqil so‘zlarning har ikkalasi o‘zlashma
so‘z bo‘ladi:
hol-ahvol, hisob-kitob, sir-asror
(arabcha).
Juft otlarning tuzilshida so‘zlar ma’no jihatdan quyidagicha munosabatda bo‘ladi: a)
mazmunan bir-biriga yaqin, umumiy bir guruhga mansub bo‘lgan uyadosh so‘zlardan:
oyoq-qo‘l,
yuz-ko‘z, , idish-tovoq, sigir-buzoq;
b) ma’nodosh so‘zlardan:
o‘y-xayol, kuch-quvvat, or-nomus,
baxt-saodat, qo‘ydi-chiqdi;
v) qismlari zid ma’noli so‘zlardan:
yer-ko‘k, er-xotin, o‘g‘il-qiz, keldi-
kitdi, oldi-berdi;
g) butun-bo‘lak munsabatga ega bo‘lgan so‘zlardan:
gap-so‘z, tog‘-tosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |