Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/132
Sana21.07.2022
Hajmi4,37 Mb.
#834759
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132
Bog'liq
kimyo oʻqitish

Skarabey texnologiyasi 
Skarabey uslubi interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy 
bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir 
muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini 
shakllantiradi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati 
va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va 
tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi.
Ta'lim samaradorligini oshirishda «Blits-o'yin», «Chorraha», «Muomala
texnologiyasi» kabi ish o'yinlaridan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Agar
men ... bo'lsam», «Men shunday qilgan bo'lar edim» kabilar. 
Nazorat savollari. 


81 
1. Interfaol usullar necha turga bo`linadi? 
2. Kimyoni o`qitishda qanday interfaol usullardan foydalanish yaxshi samara 
beradi? 
3.Tanqidiy fikrlash texnologiyasining asosiy maqsadi nimada? 
4. Bumerang texnologiyasi – bu qanday texnologiya?
5. “Kimyogar” texnologiyasiga (avtorlik) misol keltiring 
12-
§
.
 Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi. Kimyoni tabaqalashtirilgan 
o’qitishning xususiyatlari. 
 
Tabaqalashtirib o’qitish o’quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida 
umumiy didaktika tamoyillariga asoslangan bo’lib, maxsus tashkil ettirilgan
tahsil oluvchilarning gomogen guruhlarida, o’quv jarayonini ixtisoslashtirishni 
ta’minlaydi.
O’qitishni tabaqalashtirish – uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy 
boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen
guruhlarda o’qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir. 
O’qitishning eng yuqori oliy pog`onasi individual o’qitish hisoblanadi.
Tahsil oluvchining mavjud shaxsiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishini 
ta’minlash, zamonaviy o’quv jarayoniga qo’yiladigan jadallashgan ilmiy -
texnikaviy taraqqiyotining talabidir. Bunga individual va individuallashtirilgan
o’qitish orqali erishish mumkin. 
Individual o’qitish – bu o’quv jarayonining tashkil etishning shakli bo’lib, 
bunda pedagog o quvchilar bilan yakkama-yakka shug`ullanadi, o`quvchi
o’quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim 
oladi.
Individual o’qitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning o`quvchi 
qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda o`quvchining bilim
olish darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish 
natijasida maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi. 


82 
Yakka tartibda o’qitish texnologiyasi – bunda o’quv jarayonini tashkil
etishda individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor
hisoblanadi.
Pedagogik jarayonda o`quvchilarga individual va differentsial yondashuv
shaxs rivojlanishida muhim omil hisoblanadi, chunki aynan shunday
yondashuv yoshlardagi iqtidor va qobiliyatni ko’ra bilish, shaxs rivojlanishiga 
sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. 
Tabaqalashtirilgan texnologiyadan foydalanishning asosiy maqsadi har
bir o`quvchini o’zining imkoniyatlari va qobiliyatlari darajasida o’qitish
bo’lib, natijada har bir o`quvchi o’z iqtidoriga ko’ra bilim olish va shaxsiy
salohiyatini amalga oshirish (qo’llay olish) imkoniyatiga ega bo’ladi. Mazkur
texnologiya ta`lim jarayonini yanada samaraliroq bo’lishiga yordam beradi. 
Individual va tabaqalashtirilgan o’qish bir xil emas. Tabaqalashtirilgan
ta’lim –o’quv jarayonini o’quvchilar guruhining yetakchi xususiyatlarini hisobga
olgan holda tashkil etish bo’lsa, individual ta’lim har bir o’quvchining
qobiliyati, iqtidoriga qarab beriladi. Ishni samarali tashkil qilish uchun dastur,
darslik, didaktik materiallarning yangi variantlari yaratiladi.
Tabaqalashtirilgan (differensial) ta’lim so’zi lotin tilidan ―different, 
butunni qism, shakl, bosqichlarga bo’lish ma’nosini anglatadi. 
Tabaqalashtirilgan ta’limning maqsadi: o’quvchilarning individual 
xususiyatlarini, ya’ni iqtidori va qobiliyatini hisobga olib o’quv jarayonini 
tashkil qilish. 
Tabaqalashtirilgan ta’limning vazifalari: o’quvchining o’ziga xosligi 
(individualligini) ko’rish, o’z kuchiga ishonishga yordam berish. 
Tabaqalashtirilgan ta’lim o’qituvchilardan o’quvchilarning individual 
qobiliyatlari va o’qish imkoniyatlarini (diqqat, fikrlash, xotira va 
boshqalarning rivojlanish darajasi), aniq fanlar bo’yicha bilim, ko’nikma, 
malakalar darajasini tashkillashtirishni o’rganishni talab qiladi, bu esa korrektsion
samaraga erishish maqsadida kelgusi individuallashtirishni amalga oshirish 
imkonini beradi. 


83 
Tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshira turib, o’qituvchi quyidagi 
talablarga amal qilishi kerak:
- o’quvchilar uchun yaxshi muhitni yaratish; 
- o’quvchilar o’zidagi imkoniyati va qobiliyatiga ko’ra o’qishi, undan nima
kutilayotgani haqida tasavvurga ega bo’lishi, o’quv jarayonida motivatsiya 
bo’lishi uchun o’quvchilar bilan yaqindan muloqotda bo’lishi kerak; 
- turli darajadagi ta’lim oluvchilarga ularnnig imkoniyatlariga mos dasturlarni 
egallashlari taklif etiladi. 
Turli bosqichli ta’lim uchun o’qituvchilar quyidagilardan foydalanadilar: 
- topshiriq bilan birga ozgina yordam elementlari mavjud bo’lgan ma’lumot-
kartochkalar; 
- ko’ngilli bajarish uchun muqobil topshiriqlar; 
- o’quvchilar tomonidan mazmuni yoritilgan topshiriqlar; 
- faoliyatning ratsional usullarini egallashga yordam beruvchi topshiriqlar. 
Ta’limning turli bosqichli differentsiyasi o’quv jarayonining turli 
bosqichlarida keng qo’llanadi: yangi materialni o’rganish, differentsiyalangan 
uy vazifasi, darsda bilimlar o’lchovi, o’tilgan mavzuni egallaganlikni joriy
tekshirish, mustaqil va nazorat ishlar, xatolar ustida ishlash, mustahkamlash 
darslari. 
Kimyo fanida differentsial yondashuvga asoslangan quyidagi usuldan 
foydalanish mumkin. Sinfda o’quvchilarning kimyoni bilish darajasi doim bir xil
bo’lmaydi. Shu sababli topshiriqlar o’quvchilarning bilish darajasiga qarab
tuzilsa, fanga oid bilim va kompetentsiyalari yanada mustahkamlanadi.
Differentsial ta’limda vazifalar 3 ta variantda – darajada tayyorlanadi. Ishni
1-darajali topshiriqlardan boshlash kerak. Bu darajadagi topshiriqlar
o’quvchilar oldingi darsda o’rgangan va bilgan namunalar asosida 
tayyorlanadi. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish