Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya


Nutq buzilishlarida uchraydigan idrok jarayonining o‘ziga xos



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

Nutq buzilishlarida uchraydigan idrok jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlari
Idrok qilishning fonematik buzilishi nutq nuqsoniga ega bola­
larning ham m asida kuzatiladi, bunda nutq-eshitish va nutq-harakat 
analizatorlari orasidagi bog'liqlik bo'lmasligi kuzatiladi. M a ’lumki, 
dizartriya va rinolaliyada uchraydigan nutq harakat analizatori 
funksiyasining buzilishi tovushlarni eshitish orqali idrok qilishga 
salbiy ta ’sir ko'rsatishi m u m k in (G.F. Sergeyeva).
Nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda tovushlarni ajratishda qi­
yinchiliklar uchraydi, bu esa nutqning tovush to m o n in in g rivojla- 
nishiga o'z ta ’sirini ko'rsatadi. Bular yana ikkilamchi nuqson sifati­
da tovushlarni talaffuz qilishga ham o'z t a ’sirini ko'rsatadi. Bunday 
bolalar nutqidagi kamchiliklar, artikulatsiya apparatidagi kamchi- 
liklar asosida tovush talaffuz qilishdagi o'zgarishlar, ko'pgina al- 
mashtirishlar, artikulatsiya apparati o'z funksiyasini to'liq bajar- 
masligi natijasida fonematik qabul qilishiga birinchi o 'rinda t a ’sir 
qilib, uning shakllanishiga yo'l qo'ymaydi.
Ba’zida nutq nuqsoniga ega bolalar b a ’zi bir tovushlarni eshi- 
tib, ajratishlari m u m k in , bu tovushlarni talaffuz etishda ham
to'sqinliklar bo'lmaydi. Boshqa hollarda esa oson talaffuz etiladigan 
xuddi shunday tovushlar talaffuzida qiyinchiliklar yuzaga kelishi 
m u m k in. Bunday hollarda ayrim xususiyatlar kuzatiladi. Ya’ni agar 
bolaning talaffuzida tovushlar qanchalik shakllangan bo'Isa, bola 
tovushlarni shunchalik idrok etadi va farqlaydi. Fonem atik eshitish­
ning shakllanishi bolalar nutqining h a m m a tomoniga t a ’sir etadi, 
bolaning um um iy rivojlanishiga bog'liq bo'ladi.
164


Y.M. M astyukova ko'rish orqali idrok qilishni tekshirish n a ti­
jasida nutq nuqsoniga ega bo'lgan m ak ta b o 'quvchilarida bu fu n k ­
siya o 'z norm a sid a qoladi va ular obrazlarni yaxlitligicha idrok 
etadi va m e ’yordagi b olala rd a n farq qilmaydi, degan xulosaga 
keladi.
Biroq nutq nuqsonlariga ega bolalarga berilgan vazifalar m urak- 
kablashtirilganida qiyinchiliklar paydo bo'ladi. Nutqi to'liq rivojlan- 
m agan bolalar predm et obrazlarini belgilangan sharoitlarda ancha 
qiyinchilik bilan idrok qiladilar: qarorni qabul qilish vaqti cho'ziladi, 
bolalar o'z javoblariga ishonm ay ikkilanadilar, predm et-hodisalarni 
tan ish d a xatoliklar kuzatiladi, axborot ortgani sari predm etning 
belgilarini ajratish h a m qiyinlashadi.
Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar nutqi sog'lom bolalarnikidan 
ajralib turadi: ular idrok etish uchun osonroq, oddiy tushu nchalarni 
tanlashadi. Ko'p chilik nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar geometrik 
shakllarni ko'rish jarayonida un in g shakliga emas, rangiga aham iyat 
beradilar.
Kichik m aktab yoshidagi nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarning 
ko'rib idrok etishini tekshirish jarayonida dizartriya, alaliya kabi 
nutq kam chiliklarida idrokning quyidagi buzilishlari kuzatildi: o p ­
tik, atrof-m uhit, tasavvurlar, yuzaga tegishli bo'lgan belgilar, bar- 
m oqlar va artikulatsiya a’zolari harakati, taktil-harakat a ’zolari yor­
d am ida idrok etish (L.S. Svetkova, T.M. Pirsxalayshvili).
Atrof-m uhitni optik idrok etishning buzilishi bosh miyasi o r­
ganik jarohatlangan bolalarda ko'proq uchraydi. L.N. B enderning 
amaliy kuzatishlari natijasida nutqida kamchiligi bor bolalarda ki­
chik m aktab yoshidagi bolalar faoliyatida, xususan rasm chizish, 
konstruksiyalar yasash, g ram m atik a n i o'rganish jarayonida sog'lom 
rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan bu faoliyatlarning sustli- 
gi kuzatildi. Optik-fazoviy gnozisning buzilish darajasi idrokning 
boshqa jarayonlarini ayniqsa fazoviy tasavvurlarning yetishmasli- 
giga bog'liq.
N utq nuqsoniga ega bolalarda optik atrof-m uhitni idrok etish 
jarayonining buzilgani, shuningdek, boshqa idrok jarayonlari to'liq 
emasligi natijasida a trof-m uhitni tasavvur qilishning shakllanishida 
o'ziga xos jih atlar kuzatiladi.
165


Alalik bolalarda idrokning buzilganligi ayniqsa rasm larni chi- 
zishda kuchli namoyon bo'ladi: rasm va tasvirlar detallar m iqdori- 
ning kamligi, oddiyligi, soddaligi, m urakkab emasligi bilan ajralib 
turadi, shuningdek, optik atrof-m uhitni idrok etishdagi buzilish- 
larning miqdori bilan xarakterlanadi.
Disleksik va disgrafik bolalarda atrof-m uhitni idrok etishning 
buzilishi ayrim hollarda yozuv nuqsonlarida namoyon bo'ladi. Tad­
qiqotlar ko'rsatishicha, predm etlar orasidagi aloqalar, ular orasidagi 
faoliyat impressiv nutqning saqlanganligini bildiradi. Lekin eks- 
pressiv nutqda, agar bolalar og'ir nutq nuqsonlariga ega bo'Isa, 
nutqiy muloqot vositalarini bu munosabatlarda noto'g'ri ifodalaydi- 
lar. Bu ularning nutqida semantik tartibning saqlanmaganligi bilan 
bog'liq.
Artikulatsion organlarni tekshirish jarayonida (Tara metodikasi 
bo'yicha) idrok buzilishi ushbu organlar harakatlanishi bilan bog'liq. 
Bu hoi ayniqsa dizartriya va m otor alaliyada kuzatiladi.
Taktil-harakat a ’zolari orqali idrok etish xususiyatlari R.L. Ringel 
metodikasi yordamida tekshiriladi. Bunda bolaga «sehrli quticha»ga 
joylashtirilgan predm etlar orasidan kerakli predm etni paypaslab 
aniqlash topshiriladi. Nutqida kamchiligi bor bolalarda, ayniqsa 
dizartriklar va alaliklarda mayda qo'l motorikasi yaxshi rivojlan­
maganligi tufayli taktil-harakat orqali idrok etish xususiyati ham
buzilgan bo'ladi.
Nutqi buzilgan h a m m a bolalarda fonematik idrokning buzilishi, 
shubhasiz nutq-eshitish va n u tq-harakat qilish analizatorlari faoli­
yatining buzilishi bilan bog'liq bo'ladi. G.F. Sergeyevaning fikricha, 
dizartriya va rinolaliyada nutq-harakat qilish funksiyalarining bu ­
zilishi fonematik idrok jarayoniga ta ’sir ko'rsatadi. B unda tovush­
larni talaffuz qilishning buzilishi va idrokning buzilishi orasida 
to'g'rid an to'g'ri aloqa kuzatiladi.
Agar nutqida kamchiligi bor maktabgacha yoshdagi bolalarda 
shu psixik funksiya o'z rivojlanish m eJyoridan orqada qolgan bo'Isa, 
ularda predm etning yaxlit obrazini yetarlicha idrok etish shakllan- 
magan bo'ladi.
Idrok qilinayotgan predm etning dastlabki obrazi sezgilarning 
jam i (yig'indisi)dan iborat bo'lmay, balki yaxlit, bir butun bo'ladi.
166
V


Bu idrokning perseptiv tom o n in i tashkil qiladi. Nutqi to'liq rivojlan­
m agan bolalarda esa predm etni yaxlit idrok etish qobiliyati ham
buzilgan bo'ladi. Ular pred m etn ing ayrim belgilarini idrok etmay- 
dilar (L.l.Belyakova, Y .F.G arkusha, O .N .U sanova, E.L.Figeredo).
Bolalar savodini chiqarishda optik-fazoviy idrok rivojlan- 
gan bo'lishi kerak. M iyaning o rganik shikastlanishi optik-fazoviy 
id rokning buzilishiga sabab bo'ladi.
A.P.Voronovaning nutqi to'liq rivojlanmagan m aktabgacha 
yoshdagi bolalar bilan o'tkazilgan tajriba-sinov natijalarining tad- 
qiqi shuni ko'rsatadiki, bu toifadagi bolalarda h a rf idroki past rivoj- 
langan bo'ladi: ular h arflarni bir tekisda yoza olmaydilar, harflarni 
chaplashtirib yuboradilar, to'g'ri c h iziq d an tepaga yoki pastga tushib 
ketadilar. Bosma harflarni yozishda h am xuddi shunday qiyinchi- 
liklarga uchraydilar. Shu sababii nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar 
savodni egallashda qiynaladilar. M a ’lum bo'lishicha, nutqi rivojlan­
m agan bolalar «o'ng tomon» va «chap tomon» tushunchalarini 
ajratib olishda qiynaladilar, shuning u c h u n o'z tan a a’zolarining 
joylashish o 'rn ini odatd a to'g'ri aniqlay olmaydilar.
^Alalik bolalarda fazoviy buzilishlar, ayniqsa, od a m suratini chi- 
zishda yaqqol ko'rinadi: tasvirlashning qashshoqligi bilan, detallar 
so n in in g kamligi va oddiyligi, h a m d a o'ziga xos optik-fazoviy bu- 
zilishlarr)ing mavjudligi bilan ajralib turadi. Biroq, nutqi buzilgan 
bolalarda fazoviy buzilishlarning o'rn i rasm da ifodalangan hissiy 
jo'sh qinlik evaziga kompensatsiya qilinadi.
D em ak , idrok va nutq o'zaro c h a m b a rc h a s bog'liq. H a r bir 
idrok nutqda ifodalanadi. M asalan, «bu kitob», «bu odam» va h.k. 
O d a m n in g idroki sezgi organlariga t a ’sir ko'rsatayotgan biron nar- 
san ing oddiygina obrazi emas, balki o d a m n i n g tajribasi z a m in id a
anglab, tush unib oladigan obrazdir. Idrokning m a z m u n i asosan 
o d a m hosil qilgan tajribaning boyligi, u n d a tafa k k u r va xayol­
n in g nechog'li taraqqiy qilganligi bilan belgilanadi. B und a nutq 
yetakchi o 'rin egallaydi. N utq n uqsonlariga ega bo'lgan bolalarda 
esa id rokn in g barcha turlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. 
S h u n in g uchun ular bilan olib boriladigan korreksion-logopedik 
ishda nutq kam chiliklarini to'g'rilash bilan birga idrokni rivojlan­
tirish h am talab qilinadi.
167



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish