1
.Millioner, kapital, parlament, diller, investor, magistr,
birja
Berilgan so'zlardan nechtasi ilgari salbiylik bo'yog'iga ega bo'lib, mustaqillik
yillarida davr taqozosiga ko'ra ijobiy bo'yoq kasb etmoqda? A) uchtasi B) to'rttasi
C) beshtasi D) oltitasi
2.
Ahdnoma, nodavlat, hukumatlararo, mahalliylashtirish kabi mustaqillik bois
paydo bo'layotgan so'zlar qanday hosil qilingan? A) yangi so'zlarni yasash asosida
B) eskirgan deb qaralgan so'zlarni tilga qaytadan olib kirish asosida C) eskirgan
so'zlarga til tabiatiga uyg‘un tarzda yangi ma’no yuklash asosida D)
boshqa
tillardan so‘z
olish asosida
3.
Lug'at boyligimizdagi umrini yashab bo'lgan
tushunchalarni ifodalovchi so'zlar
nofaol zaxiradan joy
olmoqda.
Qaysi qatordagi so‘z ushbu ta’rifga mos? A)
munaqqid B) zobit C) mahalliylashtirish D) ateist
4.
Butunni tashkil etgan murakkab narsaning tarkibiy qismi ma’nosini bildiruvchi
so‘z qaysi javobda berilgan? A) qisim B) unsur C) kasr D) mahraj
5.
Fors-tojik tilidagi qaysi fe’l
«qormoq, qorishtirmoq,
aralashtirmoq,
aralashmoq»
ma’nolarini ifodalamaydi? A) omixtan B) omextan C) omuxtan D)
hammasi shu ma’noni ifodalaydi
6.
Qaysi javobdagi ibora “
so'xtasi sovuq”
iborasining antonimiga ma'nodosh
bo'ladi? A) sitorasi issiq B) yuzi yorug' C) yuzi issiq D)
yuzi shuvut
7.
Qaysi gapda adabiy tilga xos leksik me’yorning turg'unligi kuzatilgan?
A) Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor.
B) Ko‘l yoqasidan o'tgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga
qiychuvlashib
cho'milishamiz. C) Yo‘lga otlandi. D) Yo'lga mashinalandi.
8.
Mustaqillikka
erishilgach, atama sifatida joriy etilgan “
fuqaro
” so'zi... 1) asli
arabcha bo'lib, faqir so'zining ko'plik shaklidir; 2) arab tilida «yo'qsil»,
«kambag'al», «muhtoj», «bechora» ma’nolarini bildiradi; 3) o'zbek tiliga
kirib
kelgach, ma’nosi o'zgarib, «grajdanlik» ma’nosini kasb etgan; 4) mumtoz
adabiyotda va jonli so'zlashuvda qo'llanilgan. A) 1,2, 3, 4 B) 1,2,3 C) 2, 3, 4 D)1,3
9.
Yo‘q, qorin janoblari to'qlar, ertalab baliq yegan
edik, faqat choy bo'lsa kifoya,
-
dedi и kulib.
(N. Aminov)
Ush bu gapda badiiy vazifa bajarish
maqsadida
adabiy tilning qaysi me’yori nomuvofiq
qo'llangan?
A) leksik (so'z qo'llash)
me’yori B) uslubiy me’yor C) sintaktik me’yor D) morfologik me’yo
10.
Qaysi so'z she’rda ko'p ishlatilgani uchun o'z shakli va ma’nosini
o'zgartirmagan? A) shamol B) sabo C) nasim D) dabur
11. Yozuvda aks etmaydigan tovush o’zgarishiga uchragan so’zlar qaysilar.
A)valyuta, anglamoq b) qizar, sarg’ay c)menejer, audit d) fizik, etik
12. olib sotar, boshdan oyoq, osma ko’prik, jiqqa musht, yarim tayyor,metr sekund,
bira to’la. Nechtasi qo’shib yoziladi. A)2 b)3 c)4 d)5
13. Kitobni bejizga oftobga qiyoslamaydilar. Qanday xatolik bor. A)so’zni
noto’g’ri qo’llash b)so’zni ortiqcha qo’llash c)so’zni tushurib qolish. D)o’rinsiz
takrorlash
14.Xushka? a) eskirgan so’z b)shevaga oid so’z c) evfemizm d)
barchasi
15.Olmosh uslubiy vazifa bajargan gapni toping A) Sen juda ko’p nayranglar
sababchisissan. B)Odamlarning ko’pchiligi o’zlarining aybdorligini his
qilishmaydi c)Biz, sinfdagi barcha o’quvchilar, hasharda faol bo’ldik d0 barchasida
uslubiy vazifa bajargan
16. So’zga teng, lekin bo’yoq jhatidan farqlanuvchi birliklar. 1.ibora 2.so’z
birikmas 3.maqol 4.tasviriy ifoda 5.qo’shma so’z a) 1 2 3 b)1 4 c)1 4 5
d)barchasi
17.Aql qayrog’i? a) kitob b) topishmoq c) maqol d) barchasi
18. 1.Valijon- ilon yog’ini yalagan yigit, 2. Valijon-ilonning yog’ini yalagan yigit.
Gaplar o’rtasidagi farq. A) uslubiy yuk jihatidan b) qo’shimcha qo’llash bilan
bog’liq xatolik bor c) sintaktik tahlilda farq mavjud d)ortiqcha birlik qo’llangan
19. Hayotda faqatgina birgina chinakam baxt bor/ u ham bo’lsa/ boshqalar
uchun
yashamoqlikdir. Tinish belgilari? A) , , b) : , c): , -- d) ; , --
20. Bayonnomaning ko’chirmasi nechta zaruriy qismdan iborat. A5 b)6 c)7 d)8