G niyozov, M. Ahmedova pedagogika tarixidan seminar mashg


Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/79
Sana21.07.2022
Hajmi3,71 Mb.
#832732
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
pedagogika tarixi kitob

Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Alisher Navoiy. Xamsa. — Т., 1960.
2. Xondamir. Makorimul axloq. — Т.: «Fan», 1991.
3. Alisher Navoiy. Maxbub ul-qulub. — Т.: «G ‘.G ‘ulom», 1983.
4. A.Zunnunovva boshqalar. 0 ‘rta Osiyoda pedagogik fikrtaraqqiyotidan
lavhalar. — Т.: «Fan», 1996.
5. K.Hoshimov v a boshqalar. Pedagogika tarixi (m a’ruzalar matni).
2-qism. — Т., 2001.
6 . 1.Husanxo'jaev. Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya haqida. — Т.: 0 ‘rta va
Oliy maktab, 1963.
73


10-mavzu:
ABDURAHMON JOMIY VA JALOLIDDIN
DOVONIYNING TA’LIMIY-AXLOQIY QARASHLARI
Reja:
1. Abdurahmon Jomiyning hayoti va faoliyati.
2. A bdurahm on Jom iyning ta ’lim iy-axloqiy qarashlarini 
ifodalovchi asarlari tahlili.
3. Abdurahmon Jomiyning axloqiy-ta’limiy qarashlaridagi 
tarbiya mazmuni, shakl va uslublari
4. Jaloliddin Dovoniyning ilm — fan taraqqiyotida tutgan o ‘mi.
5. Jaloliddin D ovoniy axloqiy kam olotni tarbiyalashda 
shaxsning o ‘rni haqida.
6. Jaloliddin Dovoniyning shaxsni m a’naviy shakllantirishga 
oid qarashlari.
Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan mutafakkirlar kabi 
inson va uning yuksak axloqiy xislatlari, go‘zal fazilatlarini 
tarannum etish orqali kishilarning baxt-saodatini ta ’m inlash 
yo‘llari xususidagi g‘oyalarni keng tasvirlangan.
Allomaning to ‘liq ismi N uriddin Abdurahmon ibn Ahmad 
bo‘lib, u 1414-yilning 7 noyabrida Jom shahrida tavallud topgan.
Abdurahmon Jomiyning oilasi keyinchalik Hirot shahriga ко‘chib 
o ‘tadi. Bu davrda Xurosonda Shohruh Mirzo hukmronlik qilar, 
Hirot shahri esa eng yirik madaniy markazlardan biri sanalardi.
Yosh N uriddin A bdurahm on maktabga juda erta qatnay 
boshlagan. Uning otasi o ‘z davrining ziyoli kishilaridan biri 
bo‘lganligi uchun o ‘g‘lining bolalikdan bilim olishiga kata e ’tibor 
bergan.
Abdurahm on Jomiy maktabni tam om lagach, «Nizomiya» 
madrasasida tahsilni davom ettirdi. Madrasada tahsil olish davrida 
u arab tili grammatikasini puxta o'rgandi, shuningdek, arab tilida 
yaratilgan hamda aruz vazni va uning o'ziga xos jihatlari hamda 
qofiya ilmidan saboq beruvchi asarlar mazmuni bilan tanishib 
chiqdi. K o‘plab badiiy asarlarning sharhlari bilan tanishishga 
m usharraf b o id i. Ayni vaqtda Sa’diddin Q oshg'ariy, Shayx 
Bahovuddin U m ar va mavlono M uhamm ad Asad kabi alloma-
74


laming qo ‘lida tahsil oldi. Abdurahmon Jom iy badiiy asarlarni 
yaratishga oid ilmlarni puxta o ‘zlashtirganligi ham da nasriy va 
nazmiy asarlarni birdek muvaffaqiyatli yarata olish qobiliyati bilan 
ustozlarining tahsiniga sazovor bo‘ldi.
Biroq Abdurahmon Jomiyda o‘zi egallagan bilimlari darajasida 
qoniqmaslik hissi ustun edi. Shu bois bilimlarini yanada oshirish 
m aqsadida Sam arqand shahriga y o ‘l oladi. M azkur davrda 
S am arqand sh ah ri u lu g ‘ m utafakkir M u h am m ad T arag ‘ay 
Ulug'bekning boshqaruvi ostida bo‘lib, u m adaniyat va m a’rifat 
o ‘chog‘iga aylangan edi. Mirzo Ulug‘bekning rahbarligi ostida 
matematika, fizika va astranomiya kabi fanlarning rivoji yo‘lida 
samarali tadqiqotlar olib borilayotgan edi. Samarqand shahrida 
bo ‘lgan vaqtda Abdurahmon Jomiy o ‘z zamonasining etuk olimi 
Qozizoda Rum iy tom onidan o ‘qilgan m a’ruzalarni tinglashga 
muvafFaq bo‘ldi. Hirot shahriga qaytgach, mashhur olim, M uham ­
mad T arag‘ay U lug‘bekning sevimli shogirdlaridan biri Ali 
Qushchi tom onidan sinovdan o ‘tkazildi.
Alloma va she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bilan 
Jomiy o ‘rtasida mustahkam do‘stona aloqa mavjud bo‘lib, ushbu 
aloqa ham badiiy ijod, ham maishiy turm ushm , ham ijtimoiy 
munosabatlar sohasida yaqqol ko‘zga tashlanar edi. 1469-yilda Hirot 
shahrida asos solingan mazkur do ‘stlik alloma hayotining so‘nggi 
daqiqalarigacha davom etdi.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish