1-Mavzu: XVI – XIX asrlarda tarixshunoslik. Reja


-Mavzu: Buxoro amirligida saroy unvonlari va mansablari



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832600
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O\'zbekiston tarixidan MUSTAQIL TA\'LIM uchun.

11-Mavzu: Buxoro amirligida saroy unvonlari va mansablari.
Mansablar, unvonlar va amallar. Avvalo, ta’kidlash lozimki, manbalar va 
adabiyotlarda Buxoro amirligida mavjud bo‘lgan unvon, mansab hamda amallarga 
oid ma’lumotlar juda chalkash, ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi. So‘nggi yillarda 
Sh.Vohidov va R. Xoliqovalar o‘z tadqiqotlarida ushbu masalalarga aniqlik 
kiritishga harakat qilganlar. Quyida ularning tadqiqotlariga asoslanib amirlikdagi 
mansablar va unvonlar haqida so‘z yuritamiz. 
Buxoro amirligidagi eng yuqori unvon va mansablar, avvalo mang‘it urug‘i 
vakillariga,sayyidlarga, xo‘jalarga hamda ulamolarga berilgan bo‘lib, davlatdagi 
eng yuqori unvon amir ul-umaro, otaliq, hokim(valiy, bek), qo‘shbegi va 
devonbegilar bo‘lgan. Davlat amir, amir ul-umaro tomonidan boshqarilib, u amalda 
va rasman cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lgan. Oltin O‘rda davlatida joriy etilgan 
otaliq unvoni mang‘itlar davriga kelib otaliqqa olingan shaxsning maslahatchisi va 
ishonchli vakili, harbiy va ma’muriy ishlarda asosiy vakiliga aylandi. Amir 
Shohmurod davrida otaliqning vakolatlari cheklanib, unga Zarafshon daryosi 
suvining tasimotini nazorat qilish, Buxoro kanali(rud-i shahr) va dorug‘alik vazifasi 
yuklanadi. 
Bu davrda qo‘shbegi yoki qo‘shbegiyi bolo eng oliy saroy mansabi hisoblanib uning 
mavqyei juda baland bo‘lgan. Amalda bosh vazir vazifasini bajargan bu mansab 
egasi iqtisodiy,siyosiy va harbiy masalalar bo‘yicha amirning eng yaqin odami 
bo‘lgan. Saroydagi oliy mansablardan yana biri devonbegi bo‘lib,bu mansabdor 
vazir vakolatlariga ega bo‘lgan. Devonbegi moliya ishlari, daromad va xarajatlar 
hamda soliq yig‘ish ustidan to‘la nazorat qilish ishlariga javob bergan. 
Amirlikdagi markaziy davlat boshqaruvida Buxoro shahri alohida o‘rin egallagan. 
Jumladan, Buxoro shahri hokimi amirning birinchi vaziri va boshqa viloyatlar 
boshqaruvchisi hisoblangan. Shahardagi jamoat tartibini saqlash mirshablarga 
topshirilgan bo‘lib, ular shahar mirshabboshisiga bo‘ysunishgan. Buxoro shahri 
mirshabboshisiga boshqa barcha shaharlar mirshabboshilari bo‘ysungan. Mang‘itlar 
davrida Buxoroda qo‘shbegi, qozikalon, bosh rais va mirshabboshi birgalikda “chor 
hokim”, ya’ni, “to‘rt hokim” deb yuritilgan. 
Amirlikning boshqaruv tizimida bosh rais alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu 
amal yarim diniy, yarim targ‘ibotchi usulida edi. Amirlikda bosh rais odatda eshon 
rais yoki rais-ush shariat deb atalgan bo‘lib unga barcha mahalliy raislar bo‘ysungan. 
Bosh rais ularni vaqti-vaqti bilan amir oldida tekshiruvdan o‘tkazib turgan. Eshon 
rais qozikalondan keyin turadigan amaldor bo‘lib, uning mahkamasiga vaqtincha 
o‘rinbosarlik qiluvchi xalifa, noib, mulozimlar, mirzalar, miroxo‘rboshi, tergovchi, 
shahar mirobi kabilar kirgan. 
Amir saroyida ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi lavozimlar qatoriga shahar 
xavfsizligiga javobgar bo‘lgan mirshab va uning qo‘l ostidagilar, suv ta’minotiga 
javobgar bo‘lgan mirob va uning qo‘l ostida ishlaydiganlar kirgan. Mirshab qo‘l 
ostida yasovulboshi, devonbegi, mahramboshi, mirzalar, dahboshi,shabgard(kechki 
qorovul), farroshboshi kabilar bo‘lgan. Mirob tasarrufida esa mahram,mirzalar, 


Aim.uz 
bakovullar, miroxo‘rlar, suv tarmoqlari nazoratchilari,mahalla, mavze va qishloq 
oqsoqollari faoliyat yuritganlar. 
Amirning ikkinchi vaziri qo‘shbegi poyon, ba’zi manbalarda mir poyon deb atalgan 
bo‘lib, unga yasovulboshi, miroxo‘rboshi, xazinachi, mirzalar,bakovulboshi, 
zakotchilar bo‘ysungan. Miri poyon ularni bevosita o‘z nazoratiga olib turgan. 
Buxoro amiri huzurida yuqori lavozimdagi mansabdorlar bilan birga quyi amaldagi 
mansabdorlar ham mavjud bo‘lgan. Amir farmonlarini yetkazuvchi parvonachi, 
amirga doimo hamroh bo‘lib yuruvchi hidoyachi, amir maslahatchisi va xorijiy 
mehmonlarni ko‘tib oluvchi shig‘ovul, amir osoyishtaligi va tinchligini muhofaza 
qiluvchi tongotar(tunqator), amirga qaratilgan salom va ta’zimlarni qabul qiluvchi 
javobgar salom og‘asi, amir dasturxoniga javobgar dasturxonchi, amir safari 
chog‘ida nomozga chorlovchi imomi jilov, amir safari chog‘ida qonun bilan 
shug‘ullanuvchi mufti jilov, amir maslahatchilari guruhi jam’og‘a kabilar shular 
jumlasidan. Amirga bo‘lgan sadoqati va xizmati uchun alohida shaxslar dodhoh, 
inoq, to‘qsabo, otaliq, eshikog‘asi kabi unvonlarga ega bo‘lganlar. 
XVIII-XIX asrning birinchi yarmida amirlikda eng oliy diniy mansab shayxulislom 
hisoblangan. Ammo,bu davrda uning vazifalari ancha toraygan edi. XIX asr 
o‘rtalaridan boshlab shayxulislom o‘rnini qozikalon egallaydi. YUqorida eslatilgan 
amir huzuridagi kengashda din vakillaridan qozikalon, shayxulislom, naqib va rais 
qatnashgan. 
Amir Muzaffar davridan boshlab amirlikdagi barcha huquqiy normalar qozilar 
tomonidan hal qilingan. Barcha fuqarolik,xo‘jalik va jinoiy ishlar Qur’on asosida 
ko‘rib chiqilgan hamda jazolar tayinlangan. Qozilar amir irodasiga ko‘ra qozikalon 
tomonidan tayinlangan. Shariat bo‘yicha boshqaruv qozilar qo‘lida bo‘lgan. 
Qozikalon amirlik poytaxtining bosh qozisi bo‘lishi bilan birga, davlatdagi boshqa 
qozilar boshlig‘i hisoblangan. 
Amirlikda rasman uchta diniy unvon – o‘roq, sudur va sadr mavjud bo‘lgan. 
Manbalarga ko‘ra, madrasani tugutgan shaxs mulla, qozi, rais amallarini egallashi 
mumkin bo‘lgan. YUqoridagi amallarda bir necha yil ishlagnidan so‘ng shariat 
huquqlari sohasida to‘plagan bilim va tajribalari asosida bunday shaxslarga dastlab 
o‘roq, keyin sudr va so‘ngra sadr unvonlari berilgan. Eng oxirgi diniy unvoni 
bo‘lgan shaxslar qozikalon, muftiy, a’lam, oxun kabi diniy amallarni egallashi 
mumkin bo‘lgan. 
Amirlikda harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning shikoyatlarini shu 
masalalar bilan shug‘ullanuvchi maxsus amaldor-qozi askar ko‘rib chiqqan. Harbiy 
jinoyatlar bo‘yicha fatvo tayyorlash muftiy askar zimmasida bo‘lgan. Demak, 
amirlikdagi harbiylar va fuqarolik ishlari alohida-alohida mahkamalar tomonidan 
ko‘rib chiqilgan. 
Amir Nasrullo davrida amirlikda muntazam qo‘shin – sarbozlar qo‘shini tashkil 
etilgan. Eng yuqori harbiy unvonlar sarkarda, amiri lashkar, dodxoh(qo‘shin 
boshlig‘i) kabilar bo‘lib, qo‘ronbegi, to‘qsabo, mingboshi kabi oliy toifali harbiy 
amaldorlar ham faoliyat yuritgan.


Aim.uz 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish