avtomatlashtirilgan
(qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash,
issiqxonada temperatura va namlikni saqlash va h.) turlarga bo‘linadi.
Harakatlanganlik darajasiga qarab -
ko‘chib yurish va muqim
holatda
amalga oshiriladigan jarayonlarga bo‘linadi (3,4-rasmlar).
a) b)
a –ko‘chib yurish holatida; b- muqim holatda.
3-rasm. Harakatlanganlik darajasiga qarab amalga oshiriladigan jarayonlar
21
4-rasm. Qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas ishlab chiqarish jarayonlar
22
Ko‘chib yurish holatida amalga oshiriladigan jarayonlarda (3a-rasm) ishlov
beriladigan predmet (er, ekilgan ekin, etishtirilgan hosil va boshqalar)
ko‘zg‘almaydi, balki ishlov berish vositasi ko‘chib Harakatlanadi.
Muqim bajariladigan jarayonlarda (3b-rasm) esa ishlov berish vositasi
qo‘zg‘almas holatda o‘rnatilib, ishlov berish predmeti (nasosda suv chiqarish,
donni tozalash, em-xashakni maydalash va h.) esa unga uzatiladi.
2.2-§.
Ishlab chiqarish jarayonining tarkibi
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlar etishtirish bir qator ishlab chiqarish
jarayonlarini (5-rasm) bajarishga bog‘liq. Bu jarayonlar va ishlarni belgilangan
talablar asosida tashkil etilishi etishtirilayotgan mahsulotning sifatiga va tannarxiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun
talab etiladign asosiy va
transport ishlarning yig‘indisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish
texnologiyasini
belgilaydi.
Bunda bajariladigan ishlarning sifat ko‘rsatgichlari, materiallarni sarflash
me’yorlari, muddatlari, vositalari, tanlangan vositalarning ish unumi, mehnat va
yoqilg‘i sarfi va boshqa ko‘rsatgichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar texnologik
kartalar deb ataladigan maxsus jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi va bu
ma’lumotlar fermer xo‘jaliklarining biznes rejasini tuzishda asosiy xujjat bo‘lib
hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i
moylash materiallari, kimyoviy va boshqa ashyolar miqdorini, texnologik
jarayonlarni bajarishga ketgan mehnat sarflari, mexanizator va ishchilar soni va
toifalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari va agregatlariga bo‘lgan talab texnologik
kartalar yordamida aniqlanadi.
SHuning uchun fermer xo‘jaliklarida texnologik kartalardan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish tadbirlarini rejalashtirishda va biznes rejalar ishlab
chiqishda foydalaniladi. Etishtiriladigan har bir ekin turiga, ularni etishtirish
23
texnologiyalariga mos holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot
etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |