27
nun 1995-yil 21-dekabrda, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
qonun esa 1996-yil 25-aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi
qonun 9 bobdan tashkil topgan bo‘lib, 60 ta moddadan iborat.
Bu qonunda Markaziy bankning huquqiy maqomi, bosh maqsadi va
asosiy vazifalari, hisobdorligi, mustaqilligi, tashkiliy tuzilishi, hukumat
organlari bilan munosabatlari, moliyaviy ahvoli, boshqaruvning vakolat-
lari, pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tijorat banklarini qayta
moliyaviy ta’minlash, valutani tartibga solish, bajaradigan operatsiyalar,
majburiy zaxira talablari, banklarni nazorat qilish va ular faoliyatini
tartibga solish vakolatlari, tijorat banklariga nisbatan qo‘llaydigan chora
va sanksiyalar va banklar bilan o‘zaro munosabatlar belgilangan.
Markaziy bank me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish
huquqidan to‘liq foydalangan holda, bu yo‘nalishda o‘z faoliyatini juda
faollashtirmoqda. Markaziy bank tomonidan hozirgi kunda O‘zbekiston
Respublikasi bank tizimidagi banklar faoliyatini tartibga soluvchi huj-
jatlar to‘plami tayyorlangan bo‘lib, bu to‘plam Respublika banklarida
bank hisobvaraqlarini ochish tartibi, banklarni ro‘yxatga olish va ular-
ning faoliyatini litsenziyalash, banklarning chet el valutalari bilan bajar-
adigan operatsiyalari, hisob-kitoblarni amalga oshirish, faktoring, moli-
yaviy lizing, konsalting operatsiyalarini amalga oshirish, qimmatli qo-
g‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarish tartiblari va boshqalarni o‘z ichiga
oladi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun 6 bobdan va 44
moddadan tashkil topgan.
Bu qonunda bank faoliyatining subyektlari va ular faoliyatining
huquqiy asosi, banklar operatsiyalari, banklarni tashkil qilish va tuga-
tish, banklarning mustaqilligi, davlat va banklarning mas’uliyatini che-
garalab qo‘yilishi, ularning pul mablag‘larini zaxiralash va umumiy
iqtisodiy me’yorlarga rioya qilish sohasidagi burchlari, bankka aloqador
shaxslar bilan tuziladigan bitimlardagi chegaralar, banklarning hisobot
va boshqa axborotlarni taqdim etish majburiyatlari, banklarning o‘z
mijozlari oldidagi javobgarligi, banklarda hisob-kitob va ularni nazorat
qilish tartiblari belgilangan.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, banklar
aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil qilinadi. Bank ustavida bankning
(to‘la va qisqartirilgan) nomi va manzili, operatsiyalari ro‘yxati, bosh-
qaruv organlari, ularni tashkil qilish tartibi, bank auditini o‘tkazish tar-
tibi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: