164
aktivlarning
barqaror narxi, ya’ni bozorda sotilishi zarur bo‘lgan
aktivlarning bahosini pasaytirmasdan qabul qilib olish imkoniyatiga ega
bo‘lishi;
sotuvchi aktivlarni birlamchi investitsiya narxining eng past xatar
bilan qoplash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Passivlarni boshqarish orqali
bank likvidliligini boshqarish de-
ganda likvid mablag‘larga bo‘lgan talablarni to‘liq va o‘z
vaqtida qon-
dirish maqsadida tezda sotiladigan mablag‘larni qarzga olish tushuniladi.
Yirik hajmdagi aylanma depozit sertifikatlari qarzga olinuvchi likvid
mablag‘lar manbayi hisoblanadi. Likvid mablag‘larni qarzga olish pul
bozoridagi foiz stavkalarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganligi tufayli
bank uchun xatarli bo‘ladi. Qarzga olingan likvid mablag‘lar yuqori
riskka ega bo‘lganligi tufayli banklar bir vaqtning o‘zida
aktivlar va pas-
sivlarni boshqarish orqali bank likvidliligini boshqarishga harakat qila-
dilar. Bu uslublarga ko‘ra banklar talab qilinishi ko‘zda tutilgan likvid
mablag‘larning bir qismini qimmatli qog‘ozlar, depozitlar sifatida bosh-
qa banklarda saqlaydi. Ba’zi bir talablar esa vakil banklarda kredit lini-
yalarini ochish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Favqulodda talab qilingan
(to‘satdan vujudga kelgan) likvid mablag‘lar esa qisqa muddatli qarzlar
hisobiga qoplanadi.
Bank likvidligini boshqarish jarayonida bank boshqaruvchilari
quyidagilarga rioya qilishlari lozim:
mablag‘larni jalb qiluvchi va ulardan foydalanuvchi barcha bank
bo‘limlarini qattiq nazorat qilishlari;
bankning eng yirik kreditorlari va omonatchilari
qaysi vaqtda va
qancha miqdorda kreditlar olishi va omonatlar qo‘yishini (iloji bo‘lsa)
oldindan bilishga harakat qilishlari;
bank likvidligini va likvid mablag‘larni boshqarish
bankning
ustuvor vazifasi ekanligini doimo esda saqlashlari;
likvid mablag‘lar taqchilligi yoki ortiqchaligining oldini olish
maqsadida bankning likvid mablag‘larga ehtiyojlarini va bu mablag‘-
larning joylashtirilishini doimo tahlil qilib borishlari lozim.
[106]
. Jahon amaliyotida likvid mablag‘larga bo‘lgan
ehtiyojlarga
baho berishning quyidagi usullari mavjud:
mablag‘lar manbayi va undan foydalanish usuli;
mablag‘lar tuzilmasini tahlil qilish usuli;
likvidlik ko‘rsatkichini hisoblash usuli.
Mablag‘lar manbayi va undan foydalanish usuli ikki holatga asos-
165
langan:
depozitlar hajmi o‘sib, qarzlar hajmi kamayganda, bankning
likvid mablag‘lari oshadi;
depozitlar hajmi kamayib, qarzlar hajmi oshsa, bankning likvid
mablag‘lari kamayadi.
Agar likvid mablag‘lar manbayi hajmi bilan ulardan foydalanish
hajmi tenglashmasa, bank likvidligida buzilish holati yuzaga keladi.
Bunda jalb qilingan va ishlatilgan mablag‘lar
hajmi orasida farq hosil
bo‘ladi. Bankning likvid mablag‘lari manbayi hajmi saqlangan mablag‘-
lar hajmidan ko‘p bo‘lsa, bank likvidligida bank foydasiga buzilish sodir
bo‘lib, bunday holni
Do'stlaringiz bilan baham: