O ‘zbek tili va adabiyoti fakulteti “Himoyaga tavsiya etilsin” Fakulteti dekani


Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o ‘qituvchi va o‘quvchi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/50
Sana21.07.2022
Hajmi1,11 Mb.
#832041
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
Bitruv malaka ish O\'rolova

Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o ‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyati quyidagi uch yo ‘nalishda uyushtirilishi mumkin:
22


Birinchi 
yo‘nalishda adabiyot o ‘qituvchisi faqat badiiy matnga suyanadi va 
matn mantig‘ini, uning tartibini aslo o ‘zgartirmagan holda asar zaminidagi 
m a’noni, jozibani o ‘quvchilarga ko ‘rsata boradi. Bu usulni 
tekstual tahlil 
usuli 
deyish mumkin va bunda o ‘qituvchi ko‘proq faoliyat ko‘rsatadi.
Ikkinchi 
yo‘nalishda o ‘qituvchining e ’tibori obrazlar 
personajlarga 
qaratiladi va ularga xos ruhiy holatlarni anglab borish jarayonida asarning badiiy 
m a’nosi o ‘zlashtiriladi. Adibning san’atkorlik mahorati ham badiiy obrazlarning 
qanchalik jonli va ta’sirchan ishlanganligini tahlillash asnosida ochib boriladi. Bu 
yo‘nalishni 
timsoliy tahlil 
yo‘li deyish mumkin va bu yo‘nalishda o ‘quvchilarning 
ham anchagina faol ishtirok etishlariga imkoniyat b o ‘ladi.
Uchinchi 
yo‘nalishda esa tahlil asosan o ‘quvchilar tomonidan olib borilishi 
ko‘zda tutiladi. O ‘qituvchi o ‘quvchilar oldiga muammo qo‘yadi va ularga bu 
muammoni yechish y o ‘llarini ko‘rsatadi. Asar tahlili jarayonida o ‘quvchilar faqat 
bilgan tushunchalaridangina foydalanib qolmay, bir qator yangi estetik-mantiqiy 
tushunchalarni o‘zlashtirib olishadi. Negaki, ular jam oa bo ‘lib ishlaydilar. O ‘zaro 
fikr almashadilar, bahslashadilar. Natijada m a’naviy olamida ham, aqliy dunyosida 
ham muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O ‘quv tahlilning bu usuli 
muammoli
tahlil 
deyiladi.
Barchamizga m a’lumki, adabiyot uch tur: lirik, epik va dramatik asarlar kabi 
turlarni o‘z ichiga oladi. Har bir adabiy tur esa xilma-xil janrdagi badiiy asarlar 
qamrovidan iborat.
Epik asarlar turkumiga hikoya, qissa, roman, ocherk, afsona, rivoyat, m if 
kabi asarlar kiradi. Ushbu bobda biz epik turga mansub bo‘lgan asarlardan hikoya, 
qissa va roman kabi turlarining o ‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu janrga 
mansub bo‘lgan asarlarni tahlil qilish bo ‘yicha bir qator tavsiyalarimizni 
bermoqchimiz.
Eng avvalo, hikoya janriga oid bo ‘lgan asarlarning o ‘ziga xos 
xususiyatlariga to ‘xtalmoqchimiz.
Hikoya (arabcha so‘z, m a’nosi: “ 1) biror narsaning og‘zaki bayoni, tafsiloti; 
2) nasriy yo ‘l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar”) - Izzat Sultonning asosli
23


ta ’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga 
mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko ‘pincha kishi hayotida 
bo‘lgan bir epizodni tasvirlaydi. Darvoqe, u “ .. minglab bo‘laklarga bo‘lingan 
romandir... kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod... shunday voqea 
va hodisani tanlab oladi va o ‘zining tor ramkasida ifoda etadi” (V.Belinskiy). 
Hikoyanng eng ixcham ko ‘rinishi novella (it. novella - yangilik) deb yuritiladi. 
“Xarakterning muayyan vaziyatdagi holati voqeaning keskin burilish nuqtasida, 
dinamik syujet, kuchli dramatizm, kutilmagan yechim asosida k o‘rsatish - hikoya 
(novella) uchun eng xarakterli xususiyatdir” (T.Boboyev).
Abdulla Qahhorning “Anor”, “Bemor”, “O ‘g ‘ri” kabi asarlari hikoya janri 
talablariga to ‘liq javob berishi bois, ular mumtoz hikoyalar sanaladi. Ularda 
kitobxon uchun yangilik bo‘la oladigan turmush voqealari realistik va qiziqarli 
tasvirlangan.
Novella janri inson hayotining tipik bir lahzasini tasvirlagani uchun, shu 
lahzani shunchalik yorqin ifodalashi kerakki, unda hamma so‘zlar badiiy “yuk” 
tashishi, “so‘z isrofgarchiligiga sabab bo‘ladigan ortiqcha detallar ham 
bo‘lmasligi” lozim. Bu haqiqatni so‘z san’atining buyuk ustasi Abdulla Qodiriy 
“O ‘qish-o‘rganish” maqolasida A.P.Chexovning “Chinovnikning o ‘limi” nomli 
g‘oyatda siqiq, quyuq yozilgan hikoyasi misolida asoslaydi. U yozadi: “Hikoyani 
“ser suv” (ko‘p suvli) qiladigan narsalardan biri k o ‘rsatish o ‘rniga so‘zlab 
berishdir.
O ‘quvchilar tafakkurini o ‘stirish, so‘z boyligini oshirish
estetik 
didi, 
m a’naviyatini yuksaltirishda o‘rganilayotgan hikoyalarning badiiy tahlili muhim 
ahamiyat kasb etadi. Unda o‘quvchining o ‘qilayotgan asar yuzasidan mustaqil 
ishlash, ijodiy fikrlash hamda taqdimot qilish, kezi kelganda, o ‘z hayotlarida 
o‘rganganlaridan xulosalar chiqarish malakalari shakllantiriladi. Adabiyot fikr va 
qalbni tarbiyalaydi. Har bir inson hayoti davomida duch kelgan muammolarga 
javobni o‘z tajribasidan izlaydi. Bunday hayotiy tajriba hosil b o ‘lishi uchun esa 
yaxshi kitobxon sifatida voqealar-u kechinmalarni o ‘z qalbidan o ‘tkazishi, o‘zi
24


tanlab olgan obrazning tarafdori bo ‘lib, uning yutuqlari, quvonchi, qayg‘usi-yu 
mag‘lubiyatini ham o ‘ziniki qilib olishi kerak bo‘ladi.
Ishimizning ushbu qismida biz 5-sinf Adabiyot darsligi17da o ‘rganilgan G ‘. 
G ‘ulomning “Mening o ‘g ‘rigina bolam” hikoyasining tahlili asosida o ‘z 
tavsiyalarimizni berib o‘tmoqchimiz.
“Mening o ‘g ‘rigina bolam” hikoyasini o‘rganish davomida o‘quvchilar 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish