108
— Qashqar qishloqdan o‘rik ko‘chati olib kelamiz.
— O‘rik ko‘chati o‘zimizda bor-ku?
— U boshqasi, o‘g‘lim.
— Qanaqasi?
— Bas endi, jim ket.
— Yo‘q, oldin qanaqaligini ayting, keyin jim keta
-
man. Bo‘lmasa eshakning junidan tortaman.
— Qo‘y, bolam, junidan torta ko‘rma, yana yiqitsa,
ishimiz bitmay qoladi... Qashqarda «Qoraqandak» de
-
gan o‘rik bor, faqat o‘sha yer da o‘sadi u. Quruq, suv-
siz yerni xohlaydi, shekilli. Mevasi, hay-hay,
biram shi
-
rin bo‘ladiki, tog‘alaringnikiga borganda yegansan-ku.
— Yeganim yo‘q, — deyman.
— Yegansan, cho‘ntagingni to‘ldirib solib berishar
-
di-ku!
— Bobojon, nega «Qoraqandak» deyishadi?
— Quriganda shirasi ko‘p bo‘lgani sabab rangi qo
-
rayib qoladi-da.
Shu yo‘sin Qashqarga borib bir quchoq mayda
ko‘chat olib qaytdik.
Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib ul
-
gurmagan, tuproq ham xamirdek ko‘pchib turibdi. Te
-
pa
likning kungay tomonida
chuchmomalar yerni yo rib
chiqa boshlagan, havo ham xiyla ayoz bir palla edi.
Bobom bir hafta davomida tepalikni gir aylantirib, ora
-
sida besh-olti gaz joy qoldirib, chuqurchalar kovladi
-
lar. Men esa goh o‘tgan yilgi xas-xashaklardan yig‘ib,
guldiratib olov yoqib yuboraman, goh katta qumg‘onni
toshdan yasagan o‘chog‘imizga qo‘yib, varaqla tib choy
qaynataman, goho nima maqsaddaligiga o‘zim ham
http://eduportal.uz
109
tushun magan
holda yuqoridan pastga, pastdan yuqori
-
ga halloslab yugurib terga botaman.
— Kel endi, mana bu ko‘chatni ushlab tur, — deydi
-
lar ba’zan bobom. — Angrayma, nihol qiyshayib qolyapti.
— Bobojon, bog‘imizda o‘rik ko‘p-ku, endi qolga
-
nini ekmay qo‘ya qolaylik,
qishloqqa qaytgim kelyapti,
enamni sog‘indim.
— Yo‘q, bo‘talog‘im, hammasini ekib ketganimiz
yaxshi. Katta bo‘lsa, mevasini odamlar yeb, sen bilan
meni duo qilishadi.
Shu yo‘sin nihollarni ekib tugatdik. Rahmatli bo
-
bom o‘sha yili ham, keyingi paytlarda ham xurjunning
ikki ko‘ziga ikki ko‘zani solib,
tepalikka suv tashigan
-
lari-tashigan edi. Meni qanchalik suyib erkalasalar, ni
-
hollarni ham to hosilga kirguncha ana shunday erkala
-
ganlari hali-hali esimda.
1. Erkacholning o‘rigi haqida gap ketganida nima uchun
yozuvchi: «Yuragim xapriqib ketdi. Shirin-shirin entika
boshladim», deb yozadi?
2. Kattalardan so‘rab, o‘rik navlari va ularning foydali jihat
-
lari haqida daftaringizga yozing.
3. «Yaxshidan bog‘ qoladi» maqolining hikoyaga qan
-
day aloqasi bor? O‘z so‘zlaringiz bilan izohlang.
http://eduportal.uz