28-ma’ruza. Veb saytlarni yaratishda cms texnologiyasini qo’llash. Reja


CMS ga o‘tishning qiyinchiliklari



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.07.2022
Hajmi1,48 Mb.
#829020
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28-maruza

CMS ga o‘tishning qiyinchiliklari 
CMS larning shuncha afzalliklari bo‘lganda nima uchun barcha sayt egalari Joomla! yoki 
Drupal kabi CMS larga otishga intilmayapti? Bunga bir qancha sabablarni ko‘rsatish mumkin. 
Birinchi sabab, inertsiya bo‘yicha ketish yoki boshqacha aytganda, o‘zi bilgan narsaga o‘rganib 
qolish. Inson HTML ni ishlatishga o‘rganib koladi va CMS ga o‘tish saytni boshqarishni 
avtomatlashtirish bo‘yicha qancha qulayliklar keltirmasin, biror narsani o‘zgartirishni 
xoxlamaydi. HTML dan CMS ga o‘tish-yillar ichida amalga oshishi mumkin. 
Ikkinchi sabab, mavjud minglab HTML-saxifalarni CMS ma’lumotlar bazasiga moslab 
o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Aksariyat xollarda buni ko‘lda bajarish kerak bo‘ladi. Katta sayt uchun 
bu jarayon ancha ko‘p vaqtni oladi, bu esa saytni vaqtinchalik faoliyatining to‘xtashiga va balki, 
kompaniya tomonidan ko‘riladigan moliyaviy zararga olib keladi. Albatta, CMS ga o‘tish saytni 
boshqarish bo‘yicha ancha vaqt tejalishini xisobga olsa, kelajakda bu o‘zini oklaydi. 
Endi, CMS ga o‘tishga xalakit beruvchi faqatgina bitta to‘sik koladi - texnik xolat. Deyarli 
barcha zamonaviy CMS ishlashi uchun xostingda PHP interpretatori va MySQL ma’lumotlar 


bazasi serveri bo‘lishi kerak. Besh-olti-yil avval shu kabi funksiyalarni takdim etuvchi xosting-
provayderlar kam edi. Xozirga kelib, vaziyat yaxshi tarafga o‘zgardi va PHP xamda MySQL ni 
kollaydigan xostingni O‘zbekistonning o‘zida topish qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
Joomla! CMS da sayt yaratish 
CMS texnologiyalaridan biri bo‘lgan Joomlada sayt yaratish uchun dastlab virtual server 
Denwer ni o‘rnatamiz.
Navbatdagi oynada MySQL bazasining oynasi berilgan bo‘lib yangi baza nomiga bazamiz 
nomini(atitkhk) yozamiz va yaratish tugmasi bosiladi. So‘ngra yuqoridagi oynada oldinga tugmasi 
bosiladi. 
Undan so‘ng foydalanuvchi yaratamiz 
Undan so‘ng xosil bo‘lgan W diskka kirib ichidagi home papkasiga sayt nomi ostida papka 
ochamiz , uning ichiga WWW papka ochamiz va uni ichiga Joomla saytini tashlaymiz va 
brauvzerdan saytimizni chaqiramiz. Bu oynada o‘rnatish tilini tanlab oldinga tugmasi bosiladi. 
Keyingi xosil bo‘lgan oynamizda esa tekshirish ishlari boshlanadi.Tanishib bo‘lgach oldinga 
tugmasi bosiladi. 
Quyidagi oynada esa ma’lumotlar bazasining tuzilishi kiritiladi. Bizni xolatimizda u 
MYSQL bazasi bo‘lib xostning va foydalanuvchining nomi berilgan. Oxirgi qismda esa baza nomi 
kiritiladi. Shuning uchun yangi baza yaratamiz: 
Ushbu oyna esa o‘zgarishsiz koldirilib oldinga tugmasi bosiladi.. 
Quyidagi oynada esa saytning nomi, pochta manzili va parol takroran kiritiladi. So‘ngra 
Demo variyantini o‘rnatish tugmasi bosiladi. 
So‘ngi oyna quyidagicha bo‘lib unda installition papkasini o‘chirib tashlash kerakligi 
ko‘rsatilgan. Aytilgan papkani o‘chirib bo‘lgach sayt tugmasi bosladi va jarayon yakullanadi. 
Endi brauzerdan saytimizga kirsak u dastlab joomla shabloni buladi va u quyidagicha 


Saytning 
administrator 
oynasi 
quyidagicha 
bo‘lib u 7 bo‘limdan iborat. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish