10
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTRISHDA KITOBLAR
TARG‘IBOTINING AHAMIYATI
Dadajanov Qurbon Alimovich
Angren shahar 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining
I – toifali tehnologiya fani o‘qituvchisi.
Tel; +998943681664
Annotasiya. Maskur maqolada o‘quvchilarni kasb-hunar tanlashda kitobning ahamiyati, yosh
avlodga hunar o‘rganishda kitobning o‘rni, kutubxona faoliyatining kasb-hunar tanlashdagi o‘rni,
ota-onalar va o‘qituvchi hamkorliklari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Ta’lim texnologiyasi, maktab kutubxonasi, kasb metodikasi, devoriy gazeta,
ijodiy ko‘nikma, ko‘nikma.
Insonni kasb tanlashga yo‘llovchi asosiy omillar - bu jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilish
istagi va shaxs sifatida komillikka erishishdan iborat. Shaxsning kasb tanlashi faqatgina uning
xohishi va qobiliyatiga bog‘liq bo‘imay, balki u yashaydigan jamiyatdagi erishilgan moddiy va
ma’naviy sharoit, yutuqlar bilan ham belgilanadi. Biz har doim ham o‘z iste’dodimizga mu-
vofiq keladigan kasbni tanlay olmaymiz, ba’zan jamiyatdagi munosabatlarimiz bizga bog‘liq
bo‘lmagan holda shunday shakllanib boradiki, natijada biron bir ta’sir ko‘rsatishga ojiz bo‘lib
qolamiz. Jamiyatdagi sharoit, kasb tanlash va qobiliyatning o‘zaro bog‘liqligiga Ahmad al-
Farg‘oniy hayoti va f
:
aoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Agar allomaning izlanishlari o‘zi
tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i doirasida chegaralanib qolganida Ahmad al- Farg‘oniy buyuk astronom
bo‘lib yetishmagan bo‘lardi, chunki u tug‘ilib o‘sgan qishloqda astronomik bilimlar olish uchun
yetarli shart- sharoit mavjud emas edi. Uning qobiliyati va iqtidori Sharqning ko‘plab mamlakat-
lari bo‘ylab to‘plagan ulkan izlanishlari orqali namoyon bo‘ldi.
Umumta’lim maktablari kasb-hunarga yo‘naltirish ishining maqsad va vazifasi shu hudud
ehtiyoji uchun zarur kasblarga kasb- hunar kollejlari va kasb- hunar maktablarining mavjud soha
yo‘nalishlariga, a’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda tavsiya berishdan iborat.
Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa kasb-hunarga yo‘naltirish tizimidagi turli yo‘nalish
bo‘yicha olib borilgan ishlarning sifatiga bog‘liqdir.
Ushbu yo‘nalishlarda ta’lim tiziminining muhim tarbiyaviy va ta’limiy bo‘g‘ini bo‘lmish
maktab kutubxonalari ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Kutubxonalarda kasblar to‘g‘risida axborot berish o‘quvchilarni turli xil mehnat turlari,
kasblar shajarasi, kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari, xalq xo‘jaligi, jumladan, ular yashayotgan
hududning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari, eng yaqin joylashgan kasb- hunar kollejlari va kasb-
hunar maktablarida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar tavsifi bilan tanishtirishni o‘z ichiga oladi.
Kasblar haqida tartibsiz ma’lumot bermaslik uchun o‘quvchilar oladigan bilimlarni ma’lum
bir tizimga solish lozim. Kasblar haqida axborot berish o‘quvchiiarning yosh va individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borilishi zarur.
Kutubxonada yuqorida olib borilayotgan ishlar kichik yoshdanoq o‘quvchilarning mehnat
tarbiyasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ko‘pchilikning ya’ni, ota-ona, o‘qituvchi, kutubxonachining
hamkorlikdagi faoliyatiga bog‘liq. Kutubxonachi shoir va yozuvchilarning kasblar haqidagi
asarlaridan foydalanadi. Bolalar ko‘pincha ilk mehnat ko‘nikmaiarini oilada oladilar, lekin ba’zi
oilaiarda mehnatga, ayniqsa jismoniy mehnatga loqaydlik bilan qaraydigan dangasa, ishyoqmas
bolalar ham uchraydi, ular shoir va yozuvchilar tomonidan qattiq tanqid ostiga olinadi. Bola
qiladigan mehnatining maqsadini, ahamiyatini yaxshi bilsa, tushunsa, mehnatga
qiziqishi,
intilishi kuchli bo‘ladi. Shundagina bola bu ishni bajonidil bajaradi.
Yuqoriroq sinfda kasbga yo‘naltirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki
bu yoshda o‘quvchilar
birmuncha
mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lib u yoki bu kasb
haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Ularning qat’iy bir qarorga kelishlarini tezlashtirish va
barqarorlashtirish uchun turli kasblar haqida kutubxonachilikning sinalgan amaliyotidagi tadbirlar,
ya’ni xilma-xil plakatlar tayyorlanadi, ko‘rgazmalar, uchrashuvlar, kechalar tashkil etiladi.
Shuningdek, turli kasb egalari bo‘lgan ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish o‘quvchilarning
kasb tanlashlarini ham osonlashtiradi, ham tezlashtiradi. Chunki uchrashuvda ota-onalar bolalarga
o‘zlarining kasblari haqida so‘zlab beradilar. Uchrashuvga atab mehnat va kasblar to‘g‘risidagi
113
10
adabiyotlar ro‘yxati osib qo‘yilsa, o‘quvchilar ushbu ro‘yxatdan foydalanib kitob olib o‘qiydilar.
Kutubxonachi maktab bilan uzviy aloqada ish olib borar ekan, maktabdagi turli to‘garaklarning
ishlari bilan tanishadi, o‘quvchilarni yana qanday maktabdan tashqari muassasalarda faoliyat
ko‘rsatishlarini aniqlaydi. Bunda unga o‘qituvchilar, to‘garak rahbarlari, ota-onalar yordam beradi.
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib u o‘quvchilarga o‘zlari sevgan kasblari bo‘yicha kitob, gazeta
va jurnal maqolalaridan, internet ma’lumotlaridan, rasmlardan tuzilgan alohida papkalar tashkil
qiladi va ularni o‘qish uchun tavsiya etadi. So‘ngra birgalikda “Men kim bo‘lishni xohlayman”
nomli munozara tashkil etiladi. Ushbu munozarada har bir yuqori sinf o‘quvchisi o‘zi sevgan
kasbini himoya qiladi, u haqida yozilgan manbalarni, ushbu kasbning o‘ziga xosligini va nima
uchun shu kasbni tanlaganini gapirib beradi. Bundan tashqari shu soha bo‘yicha to‘garakda
qilgan ishlaridan namunalar ko‘rsatadi, uni yasashda qaysi kitoblardan foydalanganligini aytadi.
Maktab kutubxonasining muhim vazifalaridan biri bu o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha
muntazam bilim olishlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy axloqiy
fazilatlarni, mehnat qilish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini, atrof muhitga, jamiyat mulkiga ongli
munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini va kasb tanlash, uning yaxshi yomon tomonlari, shu kasbga
intilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, maktab
kutubxona xodimlari hozirgi kun talab ehtiyojlarini e’tiborga olib, axborot makonidan eng kerakli
ma’lumotlarni saralash, berish, kutubxonachilik xizmatini integratsiyalashgan asosda tashkii
etish, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kitob targ‘ibotining zamonaviy shakllaridan
foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jalolov.A “Kasb qanday tanlanadi” –T, Yangi asr avlodi. 2010
2. Yo‘ldoshev.E “Kutubxonada bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish” -Т, O‘zbekiston, 2002, 84-b.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |