A – Pardaqanotlilar turkumi vakili
S- arilar qaysi ranglarni yaxshi ko‘radi.
A- darslikni 51- rasmida qaysi hashorat tasvirlangan.
L- 51- rasmdagi asalarini 6- raqamdagi organi.
A- zuv boradi, zuv keladi,gulga qo‘nadi, sharbat yig‘adi.
R- arilar qizil rangni …………….sezmaydi.
I- Qaysi arilarni qorin bo‘limi uchida nishtari bo‘ladi.
«Jumlani davom ettiring”metodi- bu metodda o‘quvchilar o‘qituvchi
tomonidan keltirilgan jumlalarni davom ettirishlari kerak. Bu metod
o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi, mustaqil fikrlashga,
tezkorlikka va hozirjavoblikka o‘rgatadi.
Rasmdagi 1 ____________ hashorat nomini va savollarga javob
toping.
1. 1 ____________ oilasi…..bo‘ladi?-----
705
10
2. 1 ____________ nimalarda boqiladi?-----.
3. Erkak 1 _______da qaysi a’zolari kuchli rivojlangan?-----.
4. Erkak 1 _______ da nimasi bo‘lmaydi?-----.
5.1 ____________ ning ko‘zlari qanday tuzilgan?------
6.1 ____________qaysi rangni ajtrata olmaydi?----
Mavzuning qiyinroq ta’riflarni, rasm, jadvallarni ko‘rib chiqish va ma’nosini tushinib olish,
raqamli ma’lumotlarga ko‘proq e’tibor berish. O‘quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni
o‘rganishdan oldin, maqola yoki mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va boshqa
ma’lumotlardan ajratib olishlari kerak. O‘quvchilar darslikni o‘qish vaqtida qisqacha yozib
borishlari foydalidir, ular o‘rgangan matnni xotirada ko‘proq qolishga yordam beradi. Darslik
mavzulari bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar yozish bularning hammasi o‘quvchilarni darslikdan
to‘laroq va chuqurroq foydalanishga, uy vazifasini tushunib tayyorlashga yordam beradi. Dars
jarayonida o‘quvchilarga ular yashayotgan xududlardagi atrof-muhit musaffoligining inson
hayotidagi muhim o‘rni borasida tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir.
5-6 sinf biologiya darslarida xazonrezgilik to‘g‘risida fikr yuritilganda, hovlimizdagi daraxt
barglarning yoqish xavfli ekanligini tushintirish. To‘kilgan barglarni tuproqqa ko‘mib, kelgusi yili
chirindi o‘rnida foydalanish mumkin ekanligini uqtirish lozim. Biologiya o‘qituvchisining vazifasi
o‘quvchilarga har bir inson biologiyani o‘rganish zarurligini tushuntiradi
Fоydalanilgan adabiyotlar.
1. J.Tolipova, A.T.G‘ofurov. Biologiya ta’limi texnologiyalari. T., «O‘qituvchi», 2002 y;
2. A.Hamidov va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun qo‘llanma. T., «O‘qituvchi»,
1999 y;
3. A.A’zamоv. A.Yusupоv.- O‘quvchilarga bilim berishda innоvatsiоn usullardan fоydalanish.
Tоshkent-2002.
706
Do'stlaringiz bilan baham: |