443
10
bora aytganlar. Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirishda oilaning o‘rni juda muhimdir.
Bolalar ota – onasi, katta yoshdagi oila azolari yordamida tabiatga ijobiy munosabatda bo‘lish,
uning in’omlaridan unumli foydalanish lozimligini o‘rganadilar. Tabiat, fasllar almashinuvi, atrof
–muhitdagi o‘zgarishlar muntazamligi yerning inson hayotidagi ahamiyati va boshqa ekologik
masalalar haqidagi tushunchalar bolalarga oilada tushuntiriladi. Oilada bola tarbiya topar ekan,
avvalo unga go‘dakligidanoq nima yaxshi-yu, nima yomonligi haqida dastlabki ma’lumotlar
to‘gri va aniq yetkazilishi muhim hisoblanadi. Oila a’zolari tomonidan
dastlab bolaga suvdan
to‘g‘ri foydalanish madaniyati singdirilishi, suvni asrash, uning hayotbahsh imkoniyatlari haqida
ma’lumotlar berilishi, va shu orqali bolalar suv resuslarining tevarak atrofni ko‘rkam qilishdagi
o‘rni, uni behuda sarflamaslik haqida tushunchaga ega bo‘lishlari kerak.
Bolalarga oila a’zolari tomonidan o‘tkaziladigan suhbatlarda ta’kidlanishi lozimki, jahondagi
xalqlar orasida uchraydigan barcha kasalliklarning 80% suvning ifloslanishi tufayli kelib chiqadi.
Shuningdek inson organizmining 70% suvdan tashkil topgan. Odam oziq ovqatsiz 30 kun
yashay olishi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq yashay olmaydi. Oilada bolalar ekologik
madaniyatining shakllanishida oila a’zolari ishtirokida xalq bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish,
ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu
jumladan “Navro‘z ” “Mustaqillik kuni” kabi umumxalq bayramlariga tayyorgarlik jarayonida
o‘tkaziladigan tadbirlar majmuiga kiruvchi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari
ko‘lamida bolalar oila a’zolari bilan birgalikda muntazam ishtirok etishi lozim.
Oilada bolalarda ekologik tasavvurlarni shakllanishida televideniya orqali ko‘rsatilayotgan
tasvirlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tele ko‘rsatuvlar
orqali bolalar mamlakatimiz
hududida sodir bo‘layotgan ekologik qiyinchiliklar yoki ularni bartaraf etish bo‘yicha olib
borilayotgan amaliy ishlarning mazmuni bilan tanishadilar. Ekologik madaniyatli yoshlarni tarkib
toptirishni maqsad qilgan ekanmiz va bu yo‘lda ish olib borar ekanmiz bu bizning bir fuqora
sifatida Vatanimiz, bizni ko‘tarib turgan ona yerimizga e’tiborli bo‘lish, uning kelajakda obod
bo‘lib qolishi uchun qo‘shgan kamtarona xizmatimiz bo‘lib qoladi. Bunday tushunchalar esa
jamiyatimizdagi har bir shaxs tabiatdagi salbiy o‘zgarishlarga befarq bo‘lishi mumkin emasligini
anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. To‘xtayev A. “Ekologiya”. – T.1998.
2. Shodimetov Y. “Ijtimoiy ekologiyaga kirish”. - 1994