Масъул муҳаррир


BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
Qudratova Gulzoda Hasanova
Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan
ixtisoslashtirilgan maktabi biologiya fani o‘qituvchisi
90.717 65 21
Annotatsiya. Ushbu maqolada biologiya ta’limi sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar 
va ularni ta’lim jarayonida qo‘llashning amaliy ahamiyati bo‘yicha mulohazalar yuritilgan. 
Darslarda metodlardan foyalanish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: metod, “Keys-stadi”, “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlaridan keng qo‘llanilmoqda. 
O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka 
erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash 
maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini 
faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi 
o‘sishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi 
tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi 
muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning 
mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, 
yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy 
mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Biologiya fanini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos xususiyatga 
ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni o‘qituvchi sinchiklab 
o‘rganishi va amalda qo‘llashda o‘quvchilarning fikrlashini kengaytiradigan hamda muammoning 
to‘g‘ri yechimini topishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan metodni qo‘llashi lozim. Turli xil nazariy 
va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, 
malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.
Dars jarayonida metodlardan foydalanish. Biologiya darslarini samarali tashkil etish uchun 
“6x6x6” metodi asosida 8–sinfda “Vitaminlar” mavzusida quyidagicha tashkil etishimiz mumk
in.
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchining muayyan faoliyatiga jalb 
etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek guruhlarning qarashlarini bilib 
olish mumkin. “6x6x6” metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda har birida 6
nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rta ga tashlangan muammoni 
muhokama qiladi .Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach , o‘qituvchi 6ta guruhni qayta tuzadi. 
Ularning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangi shakllangan guruh
a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim
etilgan xulosani bayon etib boradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. 
Eng muhimi, mashg‘ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt mobaynida ham munozara
qatnashchisi, ham tinglovchisi, ham ma’ruzachisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha 
guruhlarda ham qo‘llash mumkin. 
“6x6x6” metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib
chiqadi.
2. 6 ta stolning har biriga muayyan ob’yekt baliq, delfin va biologiyaga oid surat
chizilgan lavhani qo‘yib chiqadi. Jami 36 ta varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Ular bir 
o‘quvchi o‘zi tanlagan varaqcha tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga o‘tiradi.
3. O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e’lon qiladi
hamda guruhlarda muayyan topshiriq beradi.
4. O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh a’zolariga 
maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning
to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng guruhlardan munozaralarni
yakunlashlarini so‘raydi.


192
10
5. Munozara uchun berilgan vaqt nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi guruhlarni qaytadan 
shakllantiradi. Yangidan tashkil etilgan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan
vakil bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar o‘z o‘rinlarini almashtirib olganlaridan
so‘ng belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlarga topshirilgan vazifa va uning 
yechimi haqida guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh
avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalarni muhokama qiladilar.
“6x6x6” metodi muammoli dars texnologiyasi
8-sinfda “Vitaminlar” mavzusini “6x6x6” metodi asosida olib borishni yoritamiz . 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish