10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA VATANPARVARLIK TARBIYASI
Tillayeva Matluba G‘aniyevna
Andijon viloyati jalaquduq tumani 7- umumiy
o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Tel:+998914982420
Annotatsiya: Yoshlarni bekorchilik, mayda bezorilik, chekishdan qutultirish, sog‘lom
turmush tarziga yetaklashda, ular ongida Vatanga muhabbat tushunchasini shakllantirishda buyuk
siymolarimiz o‘git nasihatlari katta o‘rin tutadi.
Kalit so‘zlar: Vatan, vatanparvarlik, alla, tarbiya, Buxoriy, Navoiy, Bobur.
Insondagi eng oliy tuyg‘ulardan biri Vatanni sevish, Vatanga muhabbat tuyg‘usidir. Bu tuyg‘u
kichik yoshdan shakllantiriladi. Muqaddas Vatanga bo‘lgan muhabbat Ona allasidan boshlanadi.
Beshikda ulg‘ayib borayotgan go‘dakni Vatan haqidagi tushunchasi ham kengayib boraveradi.
O‘zi o‘sayotgan xonadon, o‘zining jonajon qishlog‘i, viloyati, respublikasi aziz Vatan ekanligini
tushunaveradi. Onalar o‘z allasi bilan go‘daklar qalbida Vatan tuyg‘usini tarbiyalaydi.
Alla! Seni ilk bor dunyoda qaysi ona aytdi ekan?! So‘zlaringni yozgan seniki qaysi bir shoir,
bastakoring qaysi zamona?! Onaniki seni uzun tunlar kuylab chiqishidan maqsadi faqat go‘dagini
uxlatishimi?! Yo bolakayga ezgu tilaklar tilayaptimi?! Dunyoda go‘dak tug‘ilgan xonadon borki,
beixtiyor muqaddas bu sado eshitila boshlaydi va bola ham, ona ham tabiatning o‘zi ham shirin,
osoyishta orzular sukunatiga singiydi. Allani beixtiyor katta yoshdagi odam eshitib qolsa, xayolga
cho‘madi. Lekin uni uyqu elitmaydi, aksincha, xotirida o‘chib borayozgan taassurotlar, uxlab
borayotgan, unutilay deb qolgan tuyg‘ular, umrining jonli lavhalari, bolaligi esiga tushadi. Allada
biz hatto xayolimizga keltirmaydigan boshqa bir mo‘jiza, muqaddas qudrat bor!
Alla onadan o‘tgan bir meros emas, bizga u-onalarimizga ham ona bo‘lgan Ona Vatandan
kelayotgan sado! (Omon Matjon)
Shoir Omon Matjon aytgan ushbu so‘zlarda dunyoning birinchi qo‘shig‘i bo‘lmish alla ona
Yer, ona Tuproq, ona Vatan sadosi ekanligi o‘z aksini topgan. Zero, onalar Vatan ichra vatanparvar
yoshlarni tarbiyalovchi, ularning qalbida vatanga sadoqat, vatan Ona kabi muqaddas degan ilohiy
bir ilmning dastlabki muallimlaridandir.
Vatanparvarlik tarbiyasi, vatanni ulug‘lash kabi g‘oyalar muqaddas diniy kitoblarimizda,
muhaddislarning sharhlarida ham go‘zal ifodasini topgan. Jumladan, islom olamida payg‘ambarimiz
Muhammad Alayhi Vasallamdan keyingi zot Imom Ismoil al-Buxoriy hazratlari ham o‘zlarining
“Al Jome’ as- sahih” kitoblarida 1322 ta hadis sharh qiligan bo‘lsa, o‘sha hadislarning
ayrimlari Vatanparvarlik haqidadir. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi Zahiriddin
Muhiddinovning Buxoriy hadislarini tavsiflovchi maqolasida shunday satrlar keltiriladi: ”Vatanni
sevmoq iymondandir” deyiladi.
Alisher Navoiyning eng kichik asari, fardlaridan tortib, to yirik asarlarigacha vatanparvarlik,
vatanni sevish g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Uning qahramonlari ham o‘zi kabi vatanning tinchligi,
obodligi, barqarorligi yo‘lida tinmay mashaqqat chekadi. Shoirning o‘zi ham unga Vatani bo‘lmish
Huroson o‘lkasining barqarorligi va obodonchiligi yo‘lida so‘ngi nafasigacha kurashdi, amaliy
namunalar ko‘rsatdi. Alisher Navoiy o‘z asarlari bilan katta-yu kichikda vatanparvarlik tarbiyasini
kamol toptirishga harakat qildi.
Vatan mavzusini shoir Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z she’rlarida yonib kuylaydi. Shoirning
lirikasida Vatan ishtiyoqi, g‘ariblikning xasrat va nadomat motivlari vatandan ajralish naqadar
musibat ekanligini ko‘rsatadi. Bobur chet elda o‘zini bir tomondan vatanidan judo bo‘lgan bir
g‘arib, musofir kishi deb his qiladi. Mana shu kayfiyalarini ifodasi sifatida uning bir qator mungli
va alamli she’rlari vujudga keladi.
Biz barkamol insonni tarbiyalashimiz kerak. Barkamollikning birinchi sharti va birinchi
namunasi Vatanga muhabbat, Vatan tuyg‘usi, g‘ururi, uni sajdagoh kabi ardoqlashdir.
Xalqimiz Vatanni “Ona yurting oltin beshiging” deb ulug‘laydi. Vatanning har bir qarich yerini
muqaddas bilib, uni sevishga, ardoqlashga da’vat etadi. Darhaqiqat, ona yurt-oltin beshik. Biz ana
shu oltin beshikda ulg‘ayamiz, birinchi ilk qadamni tashlaymiz, o‘sib-ulg‘ayib voyaga yetamiz.
El-yurt xizmatiga bel bog‘laymiz. Ha, ona diyorning qadriga yetishning kamoli, gullab- yashnashi,
osoyishtaligi uchun qayg‘urishni yoshlikdan ongimizda singdirilishida chuqur ma’no bor. Chunki
156
10
har qanday inson ona vatani, ota-bobolari o‘tgan muqaddas zamin bilan faxrlanib yashaydi. Bu
tuyg‘u unga kuch-quvvat, aql-idrok ato etadi, jasoratga chorlaydi, mardlikka undaydi, insondek
yashash, mehnat qilish, hayot kechirishini ta’minlaydi.
Vatanni sevuvchi, uning tashvishini o‘zini tashvishi, uning quvonchini o‘zining sevinchi deb
biluvchi, ona diyor sha’ni uchun kurashuvchilarni xalq doim ardoqlaydi. Aksincha eng yomon
so‘zlari-yu, qora bo‘yoqlarini vatangadolarga nisbatan qo‘llaydi. Xalq nazarida har qanday
gunohni kechirish mumkin, lekin vatangado, xoinni kechirib bo‘lmaydi.
Xalq aytadi: Vatan gadosi-kafan gadosi.
O‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar
tarbiyaviy tadbirlarning maqsadi va uning xarakteriga mos bo‘lishi, tarbiyaviy ishlarni ta’limiy,
tarbiyaviy rivojlanuvchi yo‘nalishini yaxlit amalga oshirish o‘quvchilarda materiallarning rang
barangligini, hayotiy, qiziqarli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatanparvarlik tuyg‘ularini sinfda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda shakllantirib borish
mumkin.
Fikrlarni xotimalab shunday deyish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh , qolipga solinmaydigan darajada juda keng, ulug‘vor va juda
zarur mavzudir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yosh xususiyati , yodlash qobiliyatini
ancha kengayib borayotganini hisobga olgan holda, osonroq tarzda 3-4-sinf o‘quvchilarining
fikrlash qobiliyatini ancha kengayib borayotganligini inobatga olib, chuqurroq o‘rgatib boriladi.
O‘quvchilarni vatanparvar qilib tarbiyalash azaliy, doimiy vazifamizdir. Darhaqiqat, vatanini
sevish, uning ravnaqi yo‘lida qayg‘urish tuyg‘usi bola qoniga ona suti va ona allasi bilan kirgan
xalqni yengib bolmaydi.
Vatanni sevish, uning qadriga yetish, nasib qilsin har bir kishiga. Vatanga sadoqatli bo‘lish
bizning burchimiz. Zero, “Vatandan yaxshi yor o‘lmas”
Abdurauf Fitrat ta’kidlagandek: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Omon Matjon. “Seni yaxshi ko‘raman” to‘plami
2. O.Hasanova. “Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi”
3. M.Osim. “Ajdodlarimiz fojeasi”
157
Do'stlaringiz bilan baham: |