Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va tarix fakulteti falsafa kafedrasi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/82
Sana29.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#82740
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
falsafa

To‘rtinchidan,  milliy  o‘zlikni  anglash  millatning  muhim  belgisi  sifatida,  faqat  uning 

manfaatlarini  ifodalab  yoki  himoya  qilish  bilan  cheklanmaydi,  balki  shular  bilan  birga  uning 

abadiyligini ta’minlab turuvchi mustahkam qo‘rg‘on hamdir. 

Siyosiy ma’naviyati, milliy ongi rivojlangan, milliy jihatdan o‘zini-o‘zi anglab yetgan xalq

millat mustaqillikning buyuk kuchiga aylanadi. Millatning, xalqning kuch qudrati uning soni bilan 

o‘lchanmaydi,  balki  siyosiy  yetukligi,  milliy  ongning  o‘sganligi,  milliy  g‘ururi,  milliy  hissiyoti, 

milliy  tuyg‘uning  qay  darajadaligi,o‘z-o‘zini  anglab  yetganligi,  milliy  uyushganligi  bilan 

belgilanadi.  O‘zligini  anglagan  millatni  harbiy  ustunlik  bilan  vaqtincha  qaram  qilish  mumkin, 

ammo,  uni  batamom  qaram  qilib  bo‘lmaydi.  Undagi  milliy  g‘urur  har  qanday  sharoitda  ham 

ozodlikka chiqishi uchun kurash olib borishga olib keladi. Shunday qilib, milliy o‘zlikni anglash 

millatning  eng  muhim  belgisi,  uning  rivojlanishi  va  kelajagini  ta’minlovchi  omili  hisoblanadi. 

Mustaqillikni qo‘lga kiritish o‘zbek xalqi hayotida milliy o‘zlikni anglash yo‘lidagi buyuk inqilob 

hisoblanadi.  Chunki  chorizm  tomonidan  bu  o‘lkaniig  bosib  olinishi  oqibatida  Turkiston 



xalqlarining  ma’naviyati,  ma’rifatiga  yetkazilgan  katta  zararlar  va  Rossiyada  amalga  oshirilgan 

Oktyabr  to‘ntarishidan  keyin  o‘rnatilgan  sho‘rolar  hukumati  tomonidan  davom  ettirilgan 

zo‘ravonlik  siyosati  xalqimizning  g‘ururini  poymol  etishga,  uning  jahon  sivilizatsiyasida  tutgan 

o‘rniga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatgan  edi.  Sho‘rolar  davrida  o‘zbek  millati  nomi  faqat  sobiq  SSSR 

hujjatlarida qayd etilsada, u xalqaro hayotda mustaqil sub’ekt sifatida tan olinmay kelingan edi. 

Mustaqillik  uchun  kurash,  garchand  chorizmning  mustamlakachilik  siyosati  davridan 

boshlangan  bo‘lsa  ham,  u  sho‘rolar  tuzumi  davrida  yanada  keskin  tus  oldi.  Ammo,  o‘zbek 

xalqining  ko‘zga  ko‘ringan  millatparvar  farzandlarining  izchillik  bilan  bosqichma-bosqich  qirib 

yuborilishi milliy o‘zlikni anglash jarayonining ommaviy ravishda  yuksalish imkonini bermagan 

edi. 80-yillarga kelib SSSR iqtisodiyotidagi inqiroz, uning siyosatda xalqaro jandarmga aylanishga 

intilishi  va  ma’naviyat  va  ma’rifatdagi  qashshoqlashuvi,  bu  tuzumning  millatlarni  taraqqiy 

ettirishga  noqobilligini  yana  bir  bor  tasdiqlagan  edi.  Bu  jarayon  sobiq  SSSR  tarkibiga  kirgan 

millatlarning  mustaqillikka  intilishini,  o‘zlikni  anglashning  zimdan  o‘sib  borishini  tezlashtirib 

yubordi.  80-yillarning  oxiri  90-yillarning  boshlarida  millatlararo  munosabatlarda  turli  nizolar 

hamda  fojialarning  kelib  chiqishi  milliy  o‘zlikni  anglashning  yashirin  qudrati  yuzaga  qalqib 

chiqqanligini bildirar edi. Bu qudratli jarayon oqibatida «metindek» mustahkam bo‘lgan qudratli 

SSSR  davlati  va  butun  jahon  sotsializm  tizimi  halokatga  uchradi.  Sobiq  xalqlar  turmasi  o‘rnida 

mustaqil  davlatlar  vujudga  kelib,  millatlarning  o‘zligini  anglashga  intilishi  kuchayib  ketdi.  Ana 

shu  murakkab  kurash  jarayonini  o‘z  boshidan  kechirgan  o‘zbek  xalqi  mustaqillikni  qo‘lga 

kiritganidan so‘ng, o‘zining mustaqil millat maqomini tiklash uchun dadil harakat qildi. Xususan, 

mustaqillik yillari bosib o‘tilgan tarixan qisqa davr lobaynida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta 

ishlarni  amalga  oshirdi.  Bu  yillarda  millatimizning  o‘zligini  anglashi  jadal  rivojlanib  bordi.  Bu 

milliy o‘zlikni anglash jarayonining yuksalib borish xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ldi: 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish