jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qati nazar, uning real sub’ekt, ma’lum moddiy va ma’naviy
boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini
va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash
hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy
ahamiyatga egadir.
Oltinchidan, o‘zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning ma’naviyat, fan,
madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo, sho‘rolar
tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan
«chiqarish» borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqil-lik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon
sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish
orqali erishish mumkin.
Yettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lum maqsadlar sari davlat
atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zo-tini ulug‘lovchi,
uning qadrini anglatuvchi ulkan «mexanizm» hamdir. Xuddi ana shu muhim «mexanizm»dan mustaqillikni
mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, millatimizning qad-dini ko‘garishda foydalanishga bo‘lgan
ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘z vaqtida anglab olindi.
Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin ma’naviyatni rivojlantirish
va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi. Shu
sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 23 aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi tashkil qilish
to‘g‘risida»; 1996 yil 9 sentyabrda «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirish to‘g‘risida»; 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-
qo‘vatlash to‘g‘risida»gi farmonlarni chikardi. 1996 yil 9 sentyabrdagi farmonda, «...ma’naviy-ma’rifiy islohotlar
davlat siyosagining asosiy, ustuvor yo‘nalishi, deb hisoblansin»
25
, deb belgilandi.
Ma’naviyatni rivojlantirish mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida ayniqsa
asosiy vazifa darajasiga ko‘tarilmokda. Bu faqat mamlakatimizning ichki hayoti bilangina bog‘liq
bo‘libgina qolmasdan, balki uning barqaror rivojlanishiga tahdid solishga o‘rinayotgan tashqi turli
oqimlarning mavjudligi bilan ham bog‘liqdir. Ularning ayniqsa hayot tajribasiga zga bo‘lmagan
yoshlarimizning ongini zaharlash borasida olib borayotgan harakatlariga qarshi tura oladigan, erkin
fikrlaydigan, fidoiy vatanparvarlarni tarbiyalash ma’naviyatni yuksak darajada rivojlantirishni
taqozo qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: