BADIIY MATN USTIDA ISHLASH ORQALI O`QUVCHILARNING ADABIY-ESTETIK TAHLIL
MALAKASINI RIVOJLANTIRISH
PARDAYEVA M.X., NavDPI.
Adabiy asarlardan olingan taassurot,kechinmalar o`quvchi qalbini musaffo qiladi,aqliga oziq beradi,did-
farosatini o`stiradi,go`zalikka oshno etadi,eng muhimi,hayotga muhabbat uyg`otadi va odam doimo o`sishda bo`lishi
kerakligini tushunib yetadi,bir umr shunga rioya qiladi.Bugungi ta`lim va tarbiya yoshlarni o`qitish va tarbiyalashgagina
emas,ularning o`zi o`qiydigan,o`zini o`zi tarbiyalaydigan bo`lishiga yo`naltirilgan.Chunki o`z shaxsiga o`zi ta`sir
ko`rsata oladigan odamgina mustaqil fikrlashga moyil bo`ladi.Mustaqil fikrlash kishidan ulkan ma`suliyat talab
etadi,buning uchun albatta,badiiy asarlarni o`qish, ,o`z tafakkuri doirasida tahlil qilish va mushohada qilish lozim.
Adabiy ta`lim oldidagi yosh avlodni ma`naviy-axloqiy barkamol kishilar qilib tarbiyalashdek murakkab va
mas`uliyatli vazifaning yuksak darajada hal etilishi ko`p jihatdan o`quvchilarda ana shunday adabiy-estetik tahlil
malakasini shakllantirishga bog`liq. O`quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish badiiy matn ustida
ishlashning turli shakl va metodlaridan foydalanishni shart qilib qo`yadi.Masalan,ilk tahliliy ko`nikmalar boshlang`ich
sinflarning o`qish darslarida matn mazmuni yuzasidan savol-javob asosida,shuningdek, to`liq,qisqartirib, ijodiy va
shaxsni o`zgartirib hikoyalash vositasida hosil qilinadi. Natijada, o`quvchilar matn zaminidagi yetakchi ma`noni
aniqlash,nafosatni his etish malakasini egallaydilar. O`rta va yuqori sinflarda esa matn ustida ishlashda
insho,referat,bayon,taqriz,ma`ruza matnini tayyorlash kabi ish turlari keng qo`llaniladi.Muayyan mavzu yuzasidan
o`tkaziladigan bunday mustaqil ishlar o`quvchilarni fikrlash doirasini kengaytiradi,nutqini boyitadi,shaxsiyatini
tarbiyalashga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda tahlil markaziga bolalar uchun maxsus yaratilgan she`r,topishmoq,hikoya va masallar
o`rgatilsa,o`rta va yuqori sinflarda adabiy merosimiz xazinasida kata o`rin tutgan butun boshli doston,drama va
romanlar qo`yiladi.Bu esa adabiy tahlil malakasini bosqichma-bosqich izchil shakllantirishni taqozo etadi.
Badiiy matn ustida ishlash orqali o`quvchilarning adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish shunchaki
bilim berish vositasi emas,balki adabiy ta`lim oldidagi ta`lim va tarbiya uyg`unligiga qaratilgan eng dolzarb masaladir.
Shunga erishish kerakki, adabiy –estetik tahlil o`quvchining bilimdonligini boyitsin,hissiyotiga cheksiz ta`sir
ko`rsatsin,aqlini charxlab,dunyoqarashini kengaytirsin,nutqini o`stirsin.Buning uchun o`qituvchi adabiy-estetik tahlil
bilan bog`liq vazifa va topshiriqlarning o`quvchilar tomonidan aniq va to`la tushunilishiga erishishi, bilimlarning ular
yoshiga mos bo`lishini hamisha diqqat markazida tutishi lozim.Adabiy asarni o`qish matn ustida ishlashning muhim
bosqichidir.Badiiy asarlar janr xususiyatlari va dastur talablariga ko`ra sinfda o`qituvchi nazorati ostida , uyda mustaqil
tarzda o`qiladi.Dars jarayonida ovoz chiqarib,ovoz chiqarmay, jo`r bo`lib,rollarga bo`lib,sharhli, ifodali, adabiy-badiiy
o`qish usullarida mutolaa qilinadi.Quyida ularning ayrimlarini izohlab o`tamiz:
Sharhli o`qish.Tarixiy- memuar ,ayrim hollarda zamonaviy mavzudagi asarlar mazmunini o`zlashtirish sharhli
o`qishni taqozo etadi.
Adabiy o`qish.Adabiy asarning badiiy-estetik adabiy o`qishning mohiyati undagi qahramonlar,sahnalar,tabiat
tasvirlari,dialoglar va boshqa turli komponentlarning murakkab tartibini o`rganish,sharhlash orqali
o`zlashtiriladi.O`qiyuvchi shu jarayonda o`qishning turli metodlariga murojaat qiladi.Asar poetikasi,badiiy
xususiyatlarini tushuntirishda ayniqsa adabiy o`qishning ahamiyati beqiyosdir.
Badiiy asarni grammatik va poetik qonun- qoidalariga rioya qilib o`qish adabiy o`qish deyiladi.Adabiy
o`qishning asosiy vazifasi biror asarning poetik va badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.Bu esa adabiy
o`qishning metodik xarakter kasb etishini ko`rsatadi.Oqituvchi biror lirik asarni o`rgatishni rejalashtirar ekan
,mashg`ulot davomida uning poetikasiga xos jihatlar-qofiya,hijo,turoq,radif kabi komponentlar to`g`risida matndan
misollar keltirib, o`z fikrlarini asoslash yo`lidan boradi.
Bayon etilgan fikr va mulohazalardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki,badiiy asarni o`qishning mazkur
turlarida mutolaa qilganimizda,har bir so`z ,ibora va jumlani qiroat bilan,to`g`ri, ravon o`qishimizdan tashqari , o`sha
matnning umumiy ruhiga kirib, ongli va tushunib o`qilsagina badiiy adabiyotning ,insonnning ichki olamiga kirib
borishning yangi yo`llari kashf qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |