bilimdon, olim,dono, Doro-Eron davlatining podshohi, faqirona-hech narsasi yo’q, kambag’al, firqa-guruh, to’da,
fuqaro-biror mamlakatning doimiy kishisi, go’sha-odamlar nazaridan uzoq yer, ovloq joy, turar joy, hakim-o’tkir tabib,
shifokor, imon-ilohiy kuchga bo’lgan ishonch, e’tiqod, ittifoq-guruh, jamiyat yoki davlatlarning birlikda ish olib borishi
uchun tuzgan birlashmasi, uyushma, ko’hna-uzoq o’tmishdan davom etib kelayotgan, qadimiy, lavozim-amal, mansab,
manzil-safarda yo’lda to’xtab o’tiladigan yoki yetib borish mo’ljallangan joy, marsiya-biror shaxs vafoti munosabati
bilan uning xotirasiga bag’ishlab yozilgan motam she’ri, maxdum-ulamo va ruhoniylar unvoni va shu unvonga ega
bo’lgan kishi, mirzaboshi-o’zbek xonliklarida mirzaxona boshlig’i, navkar-feodal hukmdorlarning harbiy xizmatkori,
askari, qaroqchi-yo’lto’sar, sarbon-karvonboshi (ko’chma ma’noda yo’lboshchi), suvoriy-ot mingan kishi, otliq, ulamo-
olim, olimlar, zobit-ofitser, Shiroq-sak qabilasidan chiqqan cho’pon yigit podachi, padari buzrukvori-ulug’ hurmatga
loyiq ota, Bobur-yo’lbars, amiralmo’minin-qadimgi davrdagi xalifalar unvoni, arkoni davlat-saroy hodimlari, bir miri-
besh tiyin, bir tanob-qadimda 39,9 metrga teng o’lchov birligi, farmon-buyruq, farmonbardor-amr qiluvchi buyruq
beruvchi, gerb-davlat, shahar, tabaqalarning bayroq, pul, muhrlarida tasvirlangan alohida farqli belgisi, gubernator-
viloyat hokimining nomlanishi, hammol-yollangan ishchi, jilovdor-otlarga qarash uchun ajratilgan askar, kumer-
yunker-saroy ahllariga beriladigan quyi unvon, usturlob-osmon jismlarini o’rganuvchi asbob, chaqirim-1,06 kilometrga
teng uzunlik o’lchovi. Boshlang’ich sinflarning o'qish darsliklarida berilgan tarix faniga oid atamalar o’quvchilarning
tarixiy atamalar haqidagi dastlabki tasavvurlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O'qish darslarida darslikda
berilgan mavzuga oid rasmlardan foydalanish o'quvchilarni tarix faniga qiziqtirishda yaxshi natija beradi. O’qish
darsliklarida berilgan tarix faniga oid rasmlardan o’quvchilar o’sha davr tarixiy voqea-hodisalari, inshootlari,
odamlarning kiyinish madaniyati, turmush tarzi va o’sha davr ijtimoiy hayoti haqidagi tarixiy tasavvurlarga ega
bo’ladilar. Rasmlar o’quvchilarning nutqini o’stirishga, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Darsda o’quvchilar u yoki
bu rasmni kuzatadilar. Rasm yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Rasm mazmuni hikoya qildiriladi va o’rganilayotgan
mavzuga bog’lanadi.
Innovatsion texnologiyalarni darsda qo’llash natijasida o’quvchilarning o’tilgan mavzularni yodga olishiga,
mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berishiga va o’z-o’zini baholashga erishiladi.
O’quvchilarda dars jarayonida mantlar bilan ishlash, o’rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlab qolish, so’zlab bera olish,
fikrini erkin bayon eta olish, tanqidiy mushohada ko’nikmasi rivojlanadi. Shaxs, narsa yoki hodisalarning ijobiy hamda
salbiy tomonlari yoritiladi, munosabat shakllanadi, bilimlar mustahkamlanadi. Hamkorlikda ishlash ko’nikmasi hosil
qilinadi, birgalikda bajarishning mohiyatini anglash, do’stona munosabat, bir biriga yordam berish va jamoada ishlash
shakllantiriladi. O’qish darslarida bolalarning ijodiy faolligini oshirish uchun o’quvchilarning o’qigan va kuzatgan
ma’lumotlari asosida asarni sahnalashtirish, hikoya qilish, og’zaki hikoyalar tuzish, rollarga bo’lib o’qish, tanlab o’qish
kabi topshiriqlarni bajartirish foydalidir. 1-sinf o’qish darsida multimediadan foydalanib dars o’tish o’quvchilarning
amaliy tafakkur va tasavvurlarini shakllantirishda mavzuga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi va tez tushunib olishlariga
imokiniyat yaratadi. 1-sinf o’qish darslari multimediasida taqdim etilgan didaktik o’yin va boshqotirmalar
o’quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. Demak dars jarayonida
multimediadan foydalanish o’quvchilarda homkorlikda ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash va muammoli
vaziyatlarning yechimini topa olish ko’nikmalari shakllanadi. Darslarning yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilishi
“O’qish” fanini o’qitishning sifat va samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: