Quduq tubidagi dinamik bosim - bu bosim quduqdan suyuqlik yoki gaz qazib
olish vaqtida, hamda quduqqa suyuqlik yoki gaz haydash vaqtida quduq tubida
o‗rnatiladi. Quduq tubidagi dinamik bosim ko‗p holatda quduq tubi bosimi deb
nomlanadi, statik bosimda esa qatlam bosimi deb ataladi. Shunday bo‗lsada statik
bosim ham dinamik bosim o‗z vaqtida quduq tubi bosimi sanaladi.
Suyuqlikning dinamik sathi -ishlayotgan quduqda o‗rnatiladigan, atmosfera
bosimi ta‘sir qiluvchi (quvurlar oralig‗i ochiq bo‗lganda) sath dinamik sath deb
ataladi.
Quvur ortki qismi zichlangan quduqda dinamik bosim suyuqlik ustuning
gidrostatik bosimi va sathga ta‘sir qiluvchi gaz bosimi yig‗indisiga teng bo‗ladi.
Suyuqlik ustuni balandligi vertikal bo‗yicha olinadi. Shuning uchun qiya Quduqlarda
gidrostatik bosimni hisoblashda quduqning qiyshayishiga to‗g‗irlash kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |