(siqiluvchanlikka ega bo‗lmagan) farq qilganligi uchun ularga siqiluvchanlik
tushunchasi kiritiladi va u koeffitsiyent bosim va harorat ta‘sirida o‗zgaradi va
aksariyat kritik bosim va kritik haroratlarga bog‗liq bo‗ladi. Demak gazberuvchanlik
koeffitsiyentini quyidagi ifoda bilan ko‗rsatish mumkin;
= 1 - Ро Z
g
/ Р
g
Z (P
o
) ,
bu yerda:
- gazberuvchanlik koeffitsiyenti; Р
о
- gaz chiqarishning oxirgi
vaqtidagi qatlam bosimi kg/sm2, Z
g
- dastlabki vaqtdagi siqiluvchanlik
koeffitsiyenti, P
g
- dastlabki vaqtdagi qatlam bosimi ko‗rsatgichi, kg/sm 2; Z (Р
о
) -
oxirgi qatlam bosimi sharoitidagi siqiluvchanlik koeffitsiyenti.
Yana bir muhim farq, gaz uyumlarining miqdoriga haroratning ta‘siridir,
chunki haroratning ko‗rsatgichiga qarab gazning o‗zgarishi juda sezilarlidir.
Shunday qilib gaz zahiralari, ularning chiqarilishi va holatiga bosim, harorat,
siqiluvchanlik omillari ta‘siri mavjud bo‗lganligi uchun ular tufayli hosil bo‗lgan
o‗zgarishlarni albatta inobatga olish taqozo qilinadi.
Shuni alohida qayd qilmoq lozimki, gaz konining ishlashi qatlam (uyum) -
kon ( undagi gazni dastlabki tozalash kurilmalari - UKPG) - magistral gaz o‗zatgich -
gaz iste‘molchisi tizimi bilan belgilanib, gazning chiqarilishi albatta iste‘molchining
mavjudligiga bog‗liqdir.
Gazberuvchanlik koeffitsiyentiga ya‘ni gaz chiqarib olishning yuqori darajaga
erishuviga ham aksariyat omillar ta‘sir ko‗rsatib, uning maksimal bo‗lishiga monelik
qilinadi. Biz quyida ushbu omillarga to‗xtab o‗tamiz.
Gazning to‗liqroq olinishiga monelik qiladigan omillardan biri kollektorning
turliligi va past kollektorlik xususiyatga ega bo‗lganligidir. Kollektor tekis va bir xil,
undagi o‗tkazuvchanlik va g‗ovaklik yuqori darajada bo‗lsa albatta
qatlamdan yuqori
gazberuvchanlikka erishiladi. Yaxshi kollektorlar yuqori gazga to‗yinganlik
xususiyatiga ega bo‗ladi. Undan tashqari gaz beruvchanlik uyumning oxirgi bosimi
(qatlamdagi qoldiq bosim) qancha kam bo‗lsa shuncha ortiq bo‗ladi, tabiiyki bunday
holatda qatlamdagi qoldiq gaz miqdori ancha kam bo‗ladi.
Eksperimentlar shuni ko‗rsatadiki namunaning suvlanish (suv bosishi)
qancha tez va ko‗p bo‗lsa undan gazning siqib chiqarilishi shuncha oz bo‗ladi.
Eksperimentlar natijasi suvlanganlik sharoitda gazberuvchanlik 50-90 % orasida
bo‗lishi tasdiqlanadi.
Yuqorida bayon qilganimizdek gazberuvchanlik samarasi miqdoriga
qatlamning ishlash tarzi kattagina ta‘sir ko‗rsatadi. Chunonchi, M.A.Jdanov va G.T.
Yudinlarning fikriga qaraganda gaz tarzida ishlagan uyumlarning gaz beruvchanlik
koeffitsiyenti 0,9-0,95 darajasigacha borishi mumkin bo‗lgani holda suv siquvi
tarzida ishlaydigan uyumlarda uning ko‗rsatgichi 0,8 dan oshmasligi mumkin. Xuddi
shunga o‗xshash fikrni A.L.Kozlov ham ifoda etadi, uning fikricha gaz beruvchanlik
koeffitsiyenti gaz tarzida ishlovchi uyumlar uchun 0,97 gacha borishi mumkin
bo‗lgan holda suv siquvi tarzida gaz beruvchanlik koeffitsiyenti 0,7-0,8 atrofida
qolishi mumkin deyiladi.
Quyida biz M. L. Fish, I.A. Leontov va YE.N. Xramenkovlar tomonidan 47 ta
konda hisoblangan va erishilgan gaz beruvchanlik koeffitsiyentlari miqdori
xususidagi ma‘lumotlarni keltiramiz. Ular 15 ta gaz tarzida ishlagan va 32 ta
gaz tarzi
bilan suv siquvi aralashmasi tarzida ishlagan konlar ma‘lumotlarini keltiradilar.
15 ta gaz tarzida ishlagan konlarda gaz beruvchanlik 86,1 % ni tashkil qilgan,
zahiralar buyicha hisoblangan o‗rtacha gazberuvchanlik koeffitsiyenti 89,5 % ga
tneg bo‗lgan. Yana ular shuni ta‘kidlashadiki, Severo- Stavropolskoye hamda
SHebelinka konlarida kutilayotgan oxirgi gazberuvchanlik darajasi 95 % ga yetishi
mumkin. Shuni alohida qayd qilish lozimki bir vaqtlar eng katta gigant gaz
konlaridan hisoblangan Gazli koni hozirgi kunda ishlab tugatilgan. Undagi asosiy gaz
uyumlari hisoblangan gaz IX va X gorizontlarida erishilgan gazberuvchanlik 90-91
% ni tashkil etgandir.
Cuv siquvi tarzida ishlagan 32 ta kondagi gazberuvchanlik koeffitsiyenti 85,2
% ga teng, ularning zahiralari buyicha hisoblangan oxirgi gazberuvchanlik
koeffitsiyenti esa 87,1 % ekanligi ko‗rsatiladi. Ba‘zi bir xil konlarda esa bu
ko‗rsatgichning ancha pastligi qayd etiladi (Linevskoye konida 50 % dan kamrok,
Aleksandrovskoye konida 60 %). Krasnodar ulkasidagi konlarda gazberuvchanlik
koeffitsiyenti 60-85 % atrofida bo‗ladi degan muloxazalar ham mavjud.
Gazberuvchanlik koeffitsiyenti yoriqli kollektorlarda agar u gaz tarzida
ishlayotgan bo‗lsa ancha yuqori bo‗lishi mumkin, mabodo uyum suv siquvi tarzida
ishlasa unday uyumning gaz beruvchanlik koeffitsiyenti ancha past bo‗ladi. Bunga
asosiy sabab g‗ovaklardan yoriqlarga oqib chiquvchi gazlar o‗sha yoriqlarning suv
bilan to‗lganligi bois o‗z joylarida qolib ketishidadir. Kollektorning yoriqlar bilan
bo‗lishgan bo‗laklari umuman hech qanday ta‘sir ko‗rmay o‗z o‗rnilarida qolib
ketishlari natijasida qatlamning (uyumning) umumiy gaz beruvchanligi ancha past
ko‗rsatgichga ega bo‗ladi.
Gaz quduqlarida kislota bilan ishlov berish, qo‗shimcha oraliqlarni otish,
gidro kumli teshgich bilan ishlash va shu kabilar quduqning mahsuldorligini oshirish
mumkin va bu gazberuvchanlikni oshirishga olib keladi. Bu borada o‗lkamizdagi
ko‗plab konlarni ishlatish e‘tiborga loyiq bo‗lib, misol tariqasida SHo‗rtan konini
keltirishimiz mumkin. Sho‗rtan konidagi har bir quduq 1-2 xatto 3 martalab kislota
bilan ishlov beriladi va har gal bu ishlov o‗zining ma‘lum darajadagi samarasini
beradi. Demak bu usul gazberuvchanlik koeffitsiyentini oshirishga yordam beruvchi
omillardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: