4. Neft qatlamini perfaratsion kanalining chuqurligi 50-100 sm bo‗lgan,
chuqur intensiv perfaratsiya qilish.
Quduqni burg‗ilash va neft qatlamini o‗zlashtirish yuqori sifat bilan amalga
oshirilishi kerak bo‗ladi. Burg‗ilash qatlam bosimi va quduq tubi bosimi teng rafishda
amalga oshiriladi.
Kelajakda ―quduq – archa‖ dan foydalanish rejalashtirilmoqda, yani vertikal
quduqqa shoxlar ko‗rinishida birnechata diametri 100 mm va uzunligi 20-60 metr
bo‗lgan gorizontal kanalchalar hosil qilingan quduqlardan foydalaniladi. Bu quduqlar
yuqori muoffaqiyatli va ishonchli bo‗lgan oddiy gorizontal quduqdek maxsuldorligi
2-3 marta yuqori bo‗ladi.
5. 5-dyumli ishlatish tizmalarining o‗rniga 6-dyumligini qo‗llash.
Bu tadqiq qilish, ishlatish, quduqni ta‘mirlash sezilarli osonlashtiradi va
uning
xizmat davrini uzaytiradi. Barcha quduqlar sistemasi ishining ishonchliligi hisobiga
joriy va jami neft qazib olish ortadi.
6. Haydovchi quduqqa suv va qazib olingan yuqori qovushqoqli neftning
uncha katta bo‗lmagan qismini navbat bilan haydash.
7. Gaz uyumidan olingan tabiiy yuqori bosimli keng frontal gaz bilan suv
bostirish. Bu usul qovushqoq neftni siqishni yaxshilaydi va neftberaoluvchanlikni
oshiradi.
8. Ishlab bo‗lingan suvlanganligi yuqori qatlamlarni to‗sqichlar va
qo‗shimcha 4-dyumli ishlatuvchi tizmalar bilan to‗sish.
Bu ko‗p qatlamli konlarni ishlatishda obektlarning bir xil emasligida qo‗l
keladi.
9. Yuqori qovushqoq neftli qatlamlarni ishlatishda qazib oluvchi quduqlarni
statsionar elektroqizdirish usulini qo‗llash.
Bunda harorat 100
о
С gacha ko‗tarilib, boshlang‗ich qatlam haroratdan 4
marta yuqori bo‗ladi. Haroratning 4 marta ko‗tarilishi neftning qovushqoqligini 64
marta pasaytiradi va neft qatlamining quduq tubi atrofida sizish qarshiligini
pasaytiradi. Natijada neft qazib oluvchi quduqning maxsuldorligini oshiradi. Bundan
tashqari asfaltosmoloparafinli cho‗kindilarga qarshi kurashish vosita hisoblanadi.
10. Qazib oluvchi va haydovchi quduqlar ustidan doimiy yuqori aniqlikda
nazorat(belgilangan suyuqlik va neft qazib olishni, suvlanganlikni, suvbostirishni,
quduq tubi va qatlam bosimini va boshqa parametrlarni nazorat qilish) olib borish.
Aniq nazorat haydovchi va qazib oluvchi quduqlarni ishni optimallashtirish
uchun muhandislik yechimlarini qabul qilishda asos bo‗lib xizmat qiladi. Shuning
uchun nazorat yuqori aniqlikda bo‗lishi kerak.
Neft konlarining ishlatish obektlari bo‗yicha neft zaxiralarini qazib olish
bo‗yicha doimiy monitoring olib borilishi shart. Buning uchun quduq va barcha
quduqlar jamlamasi bo‗yicha, ishlatish obektlari va uning qismlari bo‗yicha
suyuqlik va neft qazib olish ko‗rsatkichlari va geologik zaxiralar solishtirilib nazorat
qilib boriladi.
Neft konlarini ishlash oxir oqibat iqtisodga taqaladi: ishlash iqtisodiy
tomondan samarali bo‗lishi shart. Loyihalash vaqtida neft bahosini va soliqlarini, neft
qatlamining mahsuldorligini, siziluvchi flyuidlarning xossalarini, qazib oluvchi va
haydovchi quduqni joylashtirish geometriyasini, qo‗llanilayotgan quduq tubi
bosimini, joriy va kapital iqtisodiy xarajatlarni, banklardan to‗lov uchun olinadigan
kreditlarni hisobga olvchi ratsionallik kriteriyasi qo‗llaniladi. Quduqlar to‗rining
rasional zichligini tanlash yuqoridagi keltirilgan faktorlar hisobga olingan holda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: