D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

 
HUJAYRANING TUZILISHI. 
Barcha  tirik  organizmlar  singari  odam    organizmi  ham  xujayralardan  tashkil 
topgan. Har bir hujayra membrana, yadro, sitoplazmadan tashkil topgan. Hujayra 
tuzilishini o‗rganishda mikroskopdan foydalaniladi. 
Hujayra membranasi ikki qator joylashgan lipid molekulalar va  tashqi, ichki 
tomonida  joylashgan  oqsilidan  tuzilgan.  Hujayrada  moddalar  almashinuvida 
ishtirok  etadigan  suv,  aminokislotalar,  glyukoza,  mineral  tuzlar  membrana  orqali 
hujayra ichiga o‗tadi. 
Sitoplazma  yarim  suyuq  modda  bo‗lib,  elektron  mikroskopda  kuzatilganda, 
undagi  mayda  donador  struktura  ko‗rinadi.  Sitoplazmada  yadro  va  hujayraning 
barcha  organoidlari  umumiy  hamda  xususiyga  bo‗linadi.  Umumiy  organoidlar 
barcha 
organizmlar 
hujayrasida 
bo‗ladi. 
Xususiy 
organoidlar 
ba‘zi 
hujayralardagina  uchraydi.  Universal  organoidlarga  mitoxondriyalar,  golji 
apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, lizosomalar va hujayra markazi kiradi. 
Xususiy  organoidlarga  muskul  hujayralarini  qisqartiruvchi  miofibrillar,  nerv 
hujayralaridagi  neyrofibrillar  va  harakat  organoidlari  -  xivchinlar,  kiprikchalar 
kiradi. 
Yadro hujayraning asosiy qismi bo‗lib, bo‗linish xususiyatiga ega. Yadroning 
shakli ko‗p hollarda hujayra shakliga o‗xshab ketadi. U tashqi va ichki membrana 
orqali  sitoplazmadan  ajralib  turadi.  Membranada  teshikchalar  (poralar)  bo‗lib, 
oqsil  molekulalari,  aminokislotalar,  nukleotidlar  ana  shu  teshikchalardan  o‗tadi, 
natijada sitoplazma bilan yadro o‗rtasida faol moddalar almashinuvi yuzaga keladi. 
Yadroning  ichi  suyuqlik  (karioplazma)  bilan  to‗lgan  bo‗lib,  bu  yerda 
xromosomalar,  yadrochalar  joylashgan.  Yadro  shirasi  tarkibida  oqsillar,  nuklein 
kislotalar, uglevodlar va boshqa moddalar bo‗ladi. 
Lizosoma  yumaloq  shaklda  bo‗lib,  tarkibidagi  fermentlar  ta‘sirida  oqsillar, 
nuklein kislotalar, lipidlar parchalanadi. 


11 
 
Endoplazmatik  to‗r  membrana  bilan  chegaralangan  murakkab  tuzilgan 
kanallar  va  sisternalardan  iborat.  Ko‗p  hujayralarda  endoplazmatik  to‗r 
membranasi  yuzasida  granulalar  joylashgan.  Ular  ribosomalar  deb  ataladi. 
Ribosomalar  sitoplazmada  erkin  (poliribasomalar)  holda  ham  uchraydi.  Yadroda 
joylashgan  ribosomalarda  yadro  oqsillari  sintezlanadi.  Endoplazmatik  to‗rdagi 
ribosomalar oqsillarni sintezlashda faol qatnashadi. 
Golji  apparati  yadro  atrofida  joylashgan,  qo‗shqavat  membranali  murakkab 
to‗r shakldagi tuzilmalardan iborat. 
Mitoxondriyalar  oval,  yumaloqroq,  biroz  cho‗ziq  yoki  tayoqchasimon, 
ipsimon  shakllarda  bo‗ladi.  Mitoxondriyalar  membranasi  ikki  qavatdan  iborat. 
Ular  tarkibida  oqsillar,  lipidlar,  nuklein  kislotalar  bor.  Mitoxondriyalarda  ATF 
(adenozintrifosfat kislota)sintezlanadi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish