Qo„l va oyoq suyaklarining yoshga bog„liq xususiyatlari.
Oyoqlar homila hayotining 4-haftasi oxirida homilaning ventral va dorsal
qismlari chegarasida hosil bo‗lgan yon bolishlar (kurtaklar) shaklida paydo bo‗ladi.
6-haftaning boshida bu kurtaklarning uchlari kengayib, ularning yuzasida
barmoqlarning birlamchi belgilari paydo bo‗ladi. Kurtak bo‗yiga o‗sib avval
boldir, so‗ngra son belgilari paydo bo‗ladi. 6-haftaning oxirida oyoq kurtaklarida
oyoq kafti, boldir, son va chanoq suyaklarining mezenxima qatlamlari aniq
bilinadi. Homila hayotining 8-haftasida bu mezenxima to‗qimasi qattiqlashib
tog‗ayga aylanadi. Oyoq suyaklarining hammasi taraqqiyotning uch davrini o‗tadi.
Bu suyaklarni diafizlari ona qornidagi davrda suyaklansalar, epifizlari va apofizlari
bola tug‗ilganidan keyin suyaklanadilar. Bu suyaklarning o‗sishi bitta epifiz
hisobiga bo‗ladi. Yangi tuhg‗ilgan bola oyog‗ida ham chanoq kamari va oyoqning
erkin qismlari bo‗ladi. Ularning tuzilishi har xil yoshlarda o‗ziga xos xususiyatga
45
ega bo‗ladi. Yangi tug‗ilgan bola oyog‗i nisbatan qisqa. Ularning oyoq kafti uzun,
son qismi qisqa. Yoshga qarab oyoqning qismlari har xil tezlikda o‗sadi. Balog‗at
davrida son qismi yangi tug‗ilgan bolaga nisbatan 4,5 marta o‗ssa, boldir 3,7, oyoq
kafti esa 3 marta kattalashadi.
O‗mrov suyagi ontogenezda kam o‗zgargan. Yangi tug‗ilgan bolada o‗mrov
suyagining to‗shga birikkan uchi tog‗aydan, qolgan qismi suyakdan iborat. 20 - 25
yoshda tog‗ay qismi ham suyakka aylanib, umumiy suyakka birikadi. Bu yoshda
o‗mrov, yelka, kurak suyaklari butunlay suyakka aylanib bo‗ladi. Bilak-tirsak
suyaklari 21-25 yoshda, kaft usti suyaklari 10 - 13 yoshda, kaft suyaklari 12
yoshda, barmoq falangalari 9 - 1 yoshda suyakka aylanadi. Maktabdagi ta‘lim-
tarbiya ishlarida bolalar tanasi suyaklarining rivojlanish xususiyatlari e‘tiborga
olinishi kerak.
Yangi tug‗ilgan bolada oyoq suyaklari shakli bir-biri bilan birikishi va
tuzilishiga ko‗ra, kattalarning chanoq va oyoq suyaklaridan farq qiladi. Bola 3
yoshigacha chanoq suyaklari juda tez o‗sadi. 14-16 yoshida qovuq, yonbosh va
quymich suyaklari suyak yordamida bir-biriga birikib ketadi. Oyoqdagi suyaklar
odamning turli yoshida masalan, chanoq 20 - 25 yoshda, son, katta, kichik boldir
suyaklari 20 - 24 yoshda, tovon suyaklari 17 -21 yoshda, ayollarda esa 14 -19
yoshda, falangalar erkaklarda 15 -21 yoshda, ayollarda 13 -17 yoshda suyakka
aylanadi.
KALLA SUYAGI
Kalla suyagi 23 ta suyakning qo‗shilishidan hosil bo‗lgan.. Kalla suyagi miya
qutisi suyaklari va yuz suyaklariga bo‗linadi.
Miya qutisi suyaklari ensa (1 ta), chakka (2 ta), peshana (1 ta), tepa (2 ta),
asosiy (1 ta) va g‗alvirsimon (1 ta) suyaklar; yuz suyaklari yuqori jag‗ (2 ta),
yonoq (2 ta), burun (2 ta), ko‗z yosh (2 ta), pastki burun chanog‗i (2 ta), tanglay (2
ta), pastki jag‗ (1 ta), dimog‗ (1 ta) va til osti (1 ta) suyaklaridan iborat.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |