20
jarayonini soddalashtirdi va arzonlashtirdi. 2007 yilda
Apple
kompaniyasining
iPhone
va
Google
kompaniyasining
Android
operatsion tizimi sotuvga chiqdi.
iPhone
smartfonlari bozorni tom
ma’noda “portlatib yubordi”, bu esa iste’molchilar uchun ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishni osonlashtirib,
mobil ilova bozorini
rivojlantirishga yo‘l ochib berdi.
Rossiyada raqamli texnologiyalar iste’molchilarga xizmat
ko‘rsatish sohalariga faol kirib bormoqda va ularni o‘zgartirmoqda.
Avvalam bor, bu iste’molchilar xulq-atvorining o‘zgarishi bilan bog‘liq
bo‘lgan banklar, telekommunikatsiya sohasi, chakana savdo bo‘lib, biz
ularni quyida batafsil ko‘rib chiqamiz.
Raqamli transformatsiya marketingni rivojlantirish, hamkorlar va
iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlar ochib
beradi, mahsulotni sotish, xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashni,
uskunalarning ishlashi to‘g‘risida ma’lumot to‘plashni, ma’lumot
almashishni tashkil qilishni, biznes jarayonlarini avtomatlashtirishni va
biznesni boshqarish sohasidagi ko‘pgina boshqa funksiyalarni yangicha
tarzda tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.
Ammo, shu bilan birga, bu ko‘plab muammolar va tahdidlarni
keltirib chiqaradi: juda katta ma’lumotlari massivi bilan nima qilish
kerak? Ushbu ma’lumotlar massividan kerakli bilimlarni qanday ajratib
olish mumkin? Ishlab chiqarish va boshqa
tizimlarning xavfsizligini
qanday ta’minlash mumkin? Kimga va qanday ma’lumotlardan
foydalanishga ruxsat berilishi kerak? Kompaniyaning raqamli
madaniyati qanday shakllantiriladi? Raqamli platformalar va
ekotizimlarni qanday boshqarish kerak? Inson va mashina intellekti
o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tadi? Va boshqa muammolar va
tahdidlar. Ushbu sohadagi ko‘plab qarorlar va yechimlar siyosiy
ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Mutaxassislar raqamli iqtisodiyot
yangi mahsulotlarni ishlab
chiqish va ishlab chiqarish siklini ancha qisqarishiga, murakkab
mahsulotlarning raqamli modellarini shakllantirish va ularning virtual
sinovlarini o‘tkazish zaruratiga, axborot kognitivistikasi (bilish
nazariyasi, kognitiv psixologiya, noverbal kommunikatsiya va sun’iy
21
intellekt nazariyasini birlashtiruvchi fanlararo ilmiy yo‘nalish)
asosida
inson-mashina interfeyslarini rivojlantirishga olib kelishi to‘g‘risida
gapadilar.
Shuningdek o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishda zavod
sozlamalarini qo‘llovchi foydalanuvchilardan, shu jumladan “uy
fabrikalari” sharoitidan tortib to individual istemolchilarga individual
mahsulotlar yetkazib beruvchi kompaniyalargacha farqlanishi mumkin
bo‘lgan “xizmatga yo‘naltirilgan loyihalash”ni rivojlantirish g‘oyasi
bildirilmoqda.
Ammo, aftidan, “biz barchamiz o‘zimiz oz-moz tasavvur
qiladigan imkoniyat va zaifliklarga duch kelmoqdamiz”
2
deb
aytgan
Joshua Kuper Ramo fikriga qo‘shilimiz lozim. Haqiqiy va virtual
dunyolar birlashadi, odam bir vaqtning o‘zida haqiqiy va virtual
dunyoda yashaydi, ularning qanday aralashganini ko‘radi va bu
dunyoning
yangi idrokini talab qiladi, bu yerda oldingi tajriba kam
foyda keltiradi, bu yerda sezgi va intuitsiya muhim hisoblanadi.
“Yettinchi sezgi. Bashorat qilish belgisi ostida: raqamli asrdagi
o‘zgarishlar qanday bashorat qilinadi va boshqariladi” deb nomlangan
falsafiy kitobda R.J. Kuperning ta’kidlashicha, raqamli iqtisodiyot yoki
tarmoq kommunikatsiyalari iqtisodiyoti “iqtisodiyot va jamiyatning
barcha jabhalariga ta’sir etadigan” yangi
mohiyatning shakllanishiga
olib keladi.
Raqamli iqtisodiyot endi shakllanish jarayonida bo‘lganligi
sababli, tadqiqotlar va biznes amaliyotlari raqamli
(digital)
texnologiyalar nima ekanligini va biznesni raqamlashtirish
(digitalization)
nima degan yagona tushunchaning vujudga
kelmaganligi tabiiy xoldir.
Ba’zilar
digital
va
E-commerse
atamalarini ayniyatlashtirishadi,
internetga bog‘liq bo‘lgan tarmoqlar va bozorlar to‘g‘risida gapirishadi,
boshqalar esa raqamli texnologiyalarni bulutli xizmatlar yoki
Big Data
texnologiyalari bilan ishlash texnologiyalari deb qarashadi. Ammo
bularning hammasi iqtisodiyot va biznesning o‘zgarishi
kontekstida
hodisaning mohiyatini ochib bermaydigan xususiy holatlardir.
Raqamli texnologiyalarning biznesga nisbatan qo‘llanilganda
22
o‘ziga xos xususiyati biznes muammolarini birgalikda hal qilish uchun
tashkilotning jismoniy va raqamli resurslarini birlashtirish hisoblanadi,
bu yangi biznes modellarining shakllanishiga olib keladi, iste’molchilar
uchun yangi qadriyatlarni yaratishga imkon beradi, raqobat
strategiyalarini o‘zgartiradi va natijada biznesning raqobatdoshligini
oshiradi.
Shunga muvofiq, raqamli iqtisodiyotni ishlab chiqarish va iste’mol
sohasidagi jismoniy va raqamli obyektlarning iqtisodiyot va jamiyatdagi
integratsiyasiga asoslangan iqtisodiyot rivojlanishining yangi bosqichi
sifatida ta’riflash mumkin. Ushbu integratsiya tarmoq aloqalarini, yuqori
tezlikda ulanishni kengayishiga olib keladi.
Yuroqida keltirilganlardan kelib chiqqan
holda elektron tijoratni
raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Elektron tijoratni
rivojlanishi, sohalarga kirib borishi va undan samarali foydalanish
raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: