SONLAR BILAN BELGILANGAN PROYEKSIYALAR
Reja:
1.
Nuqtaning proyeksi. Tto`g`ri chiziqning proyeksiyasi.
2.
Tekislikni tasvirlanishi.
3.
Tekislikni topografik sirt bilan kesishish chiziqlarini yasash.
1.1.Nuqtaning proyeksi. Tto`g`ri chiziqning proyeksiyasi
Bu uslul yer (topografik) sirtni tasvirlash va turli xil yer inshoatlarini loyihalashda
qo`llaniladi. Qurilishda bu uslul o`lchamlaridan biri nihoyatda kichik bo`lgan fazoviy
shakillarni tasvirlashda foydalaniladi. Sonlar bilan belgilangan
proyeksiyalar albatta sonli
yoki chiziqli masshtab bilan beriladi.
1.1-shakl
Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar usluli shundan iboratki, predmetning ikki yoki
uch proyeksiyasi o`rniga bitta, odatda gorizontal proyeksiyasi tasvirlanadi va har bir
nuqtaning yoniga uning H tekislikdan balandligini ko`rsatuvchi son yoziladi.
Nuqtalarning proyeksiyalar tekisligi sifatida qabul
qilingan birorta gorizontal
tekislikdan olisliklarini ko`rsatuvchi sonlar bilan ta'minlangan to`g`ri burchakli
proyeksiyalari sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar deyiladi.
To`g`ri chiziqni ixtiyoriy ikkita A va B nuqtasi orasidagi gorizontal masofa (L),
quyma deb ataladi. Shu nuqtalar orasidagi vertical masofa (J), esa ko`tarilish deb ataladi.
Balandliklarning farqi bir birlikka (1 m. ga) teng bo` lgan
ikki nuqta orasidagi
gorizontal masofa (U) interval deb ataladi. Quymani ko`tarilishga bo`lgan nisbati
intervalni beradi, ya'ni: U = L/J = ctg a
Quymasi bir birlikka (1 m. ga) to` g`ri keladigan ko`tarilish to` g`ri chiziqning
qiyaligi deb ataladi. Ko`tarilishning quymaga bo`lgan nisbati qiyalik (I) deb
ataladi. I = J / L = tg a
Shunday qilib, to`g`ri chiziqning intervali qiyaliginingteskari
qiymatiga
tengdir, ya'ni:
U = L/J
1.2. Tekislikni tasvirlanishi
1.2- shakl
Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalarda tekisliklar qiyalik masshtabi bilan beriladi.
Eng katta qiyalik chizig`ining darajalarga bo`lingan (intervali ko`rsatilgan)
proyeksiyasi tekislikning qiyalik masshtabi deb ataladi.
1.3- shakl
Berilgan Q va P tekisliklarning kesishgan chiziqlari yasalsin. Quyidagi shakllarda
echish yoli ko`rsatilgan.
Agar berilgan tekisliklarning pasayish burchaklari (demak, intervallari) teng bo`lsa,
ulaming kesishuv chizig`ining proyeksiyasi mazkur tekisliklar gorizontallari orasidagi
burchakning bissektrisasi bo`ladi.
1.3. Tekislikni topografik sirt bilan kesishish chiziqlarini yasash
.
R tekislikni topografik sirt bilan kesishgan chiziqlari yasalsin. Quyida chizish
yollari ko`rsatilgan.
1.3- shakl