Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

Nazorat uchun savollar 
1. Uy-joy xo’jaligini isloh qilish maqsadida mustaqillikning dastlabki 
yillarida qanday normativ hujjatlar qabul qilindi? 
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 17 apreldagi PF-2832-
sonli Farmoni nima maqsadda qabul qilindi? 
3. O’zbekiston Respublikasida uy-joy kommunal xo’jaligi boshqaruv 
tizimidagi o’zgarishlarni aytib bering. 
4. "O’zkommunxizmat" agentligi qachon tashkil etildi? 


45 
5. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 
nima maqsadda tashkil etildi? 
6. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish 
vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlarini aytib bering. 
7. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 
qaysi davlat organiga hisobot beradi? 
8. Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida vakolatli davlat organi qaysi 
tashkilot hisoblanadi? 
9. O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi 
qonuni qanday maqsadda qabul qilingan? 
10. “Davlat-xususiy sheriklik” iborasining mohiyatini tushuntirib bering. 
11. “Davlat-xususiy sheriklik” munosabatlari qaysi sohalarda tatbiq etilishi 
nazarda tutilgan? 


46 
4-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA KORXONALARINI 
BOShQARISH USULLARI 
 
Tayanch iboralar:
iqtisodiy vositalar, boshqarish usullari, iqtisodiy usul, 
tashkiliy-farmoyish usuli, ijtimoiy-ruhiy usul, sotsiologiya, psixologiya, huquqiy 
usullar, tarbiyaviy usullar, nomarkazlashtirish printsipi, ijtimoiy javobgarlik, nizo, 
asabni buzish. 
 
4.1-§. Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullari 
 
Boshqaruv usullari bu boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga 
maqsadli yo’naltirilgan ta`sir o’tkazishning usullari, ya`ni boshqaruvchining u 
boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish 
jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta`minlashdir. 
Boshqaruv usullari vositasida kommunal infratuzilma obyektlaridagi 
iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, 
energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga 
erishish maqsadida ta`sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan 
boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllantirilganligi bilan uzviy 
bog’liqdir. 
Boshqaruv usullaridan o’rinli foydalanish kommunal infratuzilma obyektlari 
va korxonalarini boshqarishda muhim o’rinni egallaydi. Mehnat jamoasiga ta`sir 
etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida 
boshqaruv obyektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va 
maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari 
bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. 
Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta`sirida o’zgaradi. Tashqi 
omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub 
islohatlarni 
amalga 
oshirish, 
xalq 
xo’jaligi tarmoqlarining texnikaviy 
qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohatlar, 


47 
iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va x.k.) 
kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil 
etish asosida ishlab chiqarish kontsentratsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi 
o’zgarishi natijasida uning bir guruhdan ikkinchisiga o’tkazilishi; ishlab chiqarish 
ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika bilan ta`minlanish darajasi 
yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud 
usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va 
boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni 
boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin.
Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta`sir etuvchi 
ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan 
o’zgarib boradi. Kommunal infratuzilma obyektlari va korxonalari muvaffaqiyatli 
rivojlanishida boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. 
Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma`lum aniq sohalarida amal qilishning 
turli yo’llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, 
boshqaruv darajalari bo’yicha boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish 
usullari, sex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni 
boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) 
haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli subyektlar tomonidan 
qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi 
usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari. Yoki iqtisodiyotning ayrim 
sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy 
sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko’zda tutish lozim. 
Boshqaruv tashkilotlari tizimi turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati 
usullarini ajratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu Yerda so’z vazirliklar, 
assosatsiyalar, aktsionerlar jamiyati, davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida 
so’z boradi. 
Va nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida 
menejerlar, direktorlar, bo’limlar boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv 
usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. 


48 
Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari 
mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining har bir guruhi o’z xususiyatlariga ega 
bo’lgan tizimni tashkil etgan. 
Iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarni 
boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, 
psixologik va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu 
sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning 
normal borishi buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini 
boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish