Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal
37
soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi
tarkibiga kiradi
10
.
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi uy-
joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va
o’z faoliyati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot
beradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy kommunal xizmat
ko’rsatish sohasiga oid qarorlar chiqarish va ularning ijrosini nazorat qilish orqali
soha boshqaruvida ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi
tarkibiga:
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish
vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalari, Toshkent
shahar Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi hamda ularning
tumanlar (shaharlar)dagi bo’limlari;
- O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi
huzurida Ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish
inspektsiyasi
(«Uyjoyfondinspektsiyasi») hamda uning Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy inspektsiyalari;
- «Ko’p xonadonli uylar, issiqlik ta`minoti obyektlari qurilishi bo’yicha
injiniring kompaniyasi» davlat unitar korxonasi (DUK) va uning hududiy filiallari;
- «Ta`mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonalari va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida vakolatli davlat organi bo’lib,
o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlar va
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
10
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 18 апрелдаги “Ўзбекистон Республикаси уй-жой
коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги ПҚ-2900-сон қарори. //
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 17-сон, 291-модда.
38
Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish
vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalari, Toshkent
shahar Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi tegishli ravishda
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligiga,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklariga hisobot beradilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri bilan
kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan
lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.
Viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalarining va
Toshkent shahri Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasining
boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining
taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat
ko’rsatish vazirining buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod
qilinadilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri,
viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalarining va Toshkent
shahri uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasining boshliqlari o’z
maqomiga ko’ra tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi raisining o’rinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining
o’rinbosarlariga tenglashtiriladilar.
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi
“O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, ko’p
xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi hamda
«Kommunxizmat» agentligi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 340-son
qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Uy-joy
kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi to’g’risida Nizom” asosida faoliyat yuritadi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |