Avtomobil indd


Antifriz bilan ishlash qoidalari



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Antifriz bilan ishlash qoidalari.
Etilenglikolli suyuqliklarning 
asosiy kamchiligi ularning zaharliligidir. Buni avtotransport 
egalari va ularga xizmat ko‘rsatadigan barcha ishchi-xizmatchilar 
bilishi lozim. Sof etilenglikolning o‘zigina emas, balki uning 
suvdagi eritmasi ham kuchli zahar hisoblanadi. Antifriz bilan 
zaharlangan kishi hatto halok bo‘lishi ham mumkin. Shuning 
uchun quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘la amal qilish 
zarur:
– antifrizni shlang orqali og‘iz bilan so‘rib tortish mumkin
emas, chunki etilenglikol zaharlidir. Etilenglikol oshqozonga 
tushsa, uni zaharlaydi. Atifrizning 100 g dozasi odamni 
o‘ldiradi. Antifriz teri uchun xavfsiz;
– antifrizni faqat benuqson (suyuqlik oqmaydigan va 
tomchi lamaydigan) sovitish tizimlarida ishlatish mumkin, 
chunki antifriz juda kichik tirqishlardan ham osongina sizib 
chiqadi (suv sizmaydigan tirqishlardan antifriz bemalol sizishi 
mumkin, shuning uchun antifriz quyishdan oldin tizimni 
tekshirish lozim);
– avtomobil bo‘yog‘i shikastlanmasligi uchun sovitish 
tizimiga antifriz quyilayotganda uning to‘kilishiga yo‘l 
qo‘ymaslik lozim;
– sovitish tizimida suyuqlik bug‘lanishi natijasida antifrizning 
sathi pasaysa, radiatorga suv quyiladi, chunki etilenglikol 
bug‘lanmaydi;
– qishda antifrizning zichligi muntazam ravishda gidrometr 
bilan tekshirib turiladi;


208
209
– antifriz bilan ishlab bo‘lingach qo‘lni sovunlab yuvish 
shart. Antifriz tekkan qo‘l bilan ovqatlanmaslik, chekmaslik 
kerak. 
7.5.
 Gidravlik tizimlar uchun suyuqliklar
Zamonaviy avtomobillar va boshqa mashinalarda har xil me-
xanizmlarni harakatga keltirish uchun gidravlik yuritmalardan 
tobora keng foydalanilmoqda. Ularda ishchi suyuqlik sifatida 
ishlatiladigan moylarning gazlar va qattiq jismlarga nisbatan 
katta afzalligi bor – ular deyarli siqilmaydi. Ularning bu xossasi 
kuch uzatish jarayonini ravon, silkinishsiz va shovqinsiz amalga 
oshirish imkonini beradi. 
Moylarning gidravlik tizimlarda ishlash sharoiti juda og‘ir: 
ish harorati yozda +60–80°C ga yetadi, qishda esa –30– 40°C 
dan ham pasayib ketishi mumkin; ishchi bosim 10 MPa ga, 
gidrohajmiy uzat malarda esa 40 MPa ga yetadi. 
Gidrotizimlar ishonchli va uzoq muddat ishlashi uchun ishchi 
suyuqlikka quyidagi talablar qo‘yiladi: harorat o‘zgarganida 
gidrotizim ishonchli ishlashi uchun moyning qovushoqligi 
katta bo‘lmasligi, shu bilan birga, tizim bo‘ylab ravon siljishi, 
ishchi detallarning yeyilmasligi va tirqishlar orqali kam isrof 
bo‘lishi uchun uning qovushoqligi yetarli bo‘lishi lozim; qotish 
harorati tashqi muhit haroratidan ancha past (15–20°C) bo‘lishi 
kerak; moylash xususiyati yaxshi bo‘lishi, rangli, qora metallar 
va ularning qotishmalarini korroziyalamasligi, shuningdek, 
rezina, charm va boshqa zichlamalarni yemirmasligi lozim. 
Saqlashda, ayniqsa, ishlatish jarayonida tarkibi o‘zgarmasligi, 
qatlamlanmasligi, gidrotizim kanallariga tiqilib qoladigan 
moddalar ajratmasligi (ya’ni kimyoviy va issiqlik ta’sirilariga 
turg‘un bo‘lishi) lozim. Ular tarkibida suv va mexanik 
aralashmalar bo‘lmasligi kerak. 
Gidravlik moylar qovushoqligi bo‘yicha 10 klassga (5, 7, 
10, 15, 22, 32, 46, 68, 100 va 150) va ishlatilish xususiyatlari 
bo‘yicha 3 guruhga (À, Á va B) bo‘linadi. Masalan, ÌÖ15 
gidravlik moyi: Ìà– mineral gidravlik moy; 15 – qovushoqlik 
klassi; B – moyning ishlatilish xususiyati bo‘yicha guruhi. 
Gidravlik tizimlarda qo‘llash uchun 20 dan ortiq turdagi 
moylar, asosan neft distillatlariga qo‘shilmalar aralashtirish 
yo‘li bilan ishlab chiqiladi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish