Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

 
Tayanch so‘z va iboralar

rag‘batlantirish, rag‘batlantirish vositalari, 
chakana turagentlarni rag‘batlantirish, turistik tashviqot, mahsulot tashviqoti, 
ma’lumot safarlari. 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
1.Iste’molchilarga turmahsulot sotishni rag‘batlantirishning vazifalari va 
choralari qanday? 
2.Chakana turagentliklarga turmahsulot sotishni rag‘batlantirish vazifalari va 
choralari haqida ma’lumot bering. 
3.Turizmda tashviqot vositalarini sanab bering. 
4.Turizm faoliyatining nashr orqali yoritilishi qanday tashkil qilinadi? 
5.Matbuot uchun ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar qanday? 
6.Turizm faoliyatini tashviqot qilish maqsadlarida tashkil qilinadigan turistik 
tadbirlar ko‘rinishlarini sanab bering. 
XVI.Mavzu.
Xizmat yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik 
va shartnomalar tuzish
Reja: 
16.1.Shartnoma rejasi. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va 
shartnomalar tuzish. 
16.2.Mehmonxona xo‘jaligi va ovqatlantirish tashkilotlar bilan shartnoma 
tuzish. 
16.3.Avtotransport korxonalari va aviakompaniya bilan shartnoma. 
16.4.Temiryo‘l va ekskursiya xizmati ko‘rsatuvchi firmalar bilan shartnoma 
tuzish. 
 
16.1. Shartnoma rejasi. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan 
hamkorlik va shartnomalar tuzish

Yangi joylarga turlar tashkil qilish qarorini qabul qilishdan oldin 
turistik firmalar marketing izlanishlarini olib borishlari lozim. Mijozlar 
ehtiyojlari, qiziqishlarini, talab tendensiyasini aniqlash zarur. Bu iste’molchi 
talablarini nisbatan to‘liqroq qondiradigan turpaketni shakllantirishga yordam 
beradi. Bu izlanishlar yana turlarni to‘g‘ri rejalashtirishni to‘g‘ri olib borish 
va xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnoma kompaniyalarini olib 
borishga yordam beradi. 
Xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan munosabatlar shartnoma 
ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Har bir faoliyat yilida shartnoma 
kompaniyalari o‘tkazilib, unda shartnomalar imzolanadi. Shartnoma 


420
kompaniyasi oldidan quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oluvchi shartnoma rejasi 
tuziladi: 

hamkor nomi; 

shartnomaning asosiy predmeti;

shartnomaning amal qilish muddati; 

shartnomalarni tuzish muddatlari; 

alohida maiumotlar. 
Hamkorlar bilan muzokaralarga batafsil tayyorgarlik ko‘rish kerak. 
Quyidagilarni tahlil qilishimiz lozim: 
1. 
Muzokara sharoitlari -
hamkordan sizga aynan nima kerak? Qanday 
hajmda? Qaysi davrga? Hamkordan siz qo‘shimcha ravishda nimani 
xohlaysiz? Undagi, bozordagi mahsulot va xizmatlar narxi darajasi qanday? 
Talablar ajratiladimi yoki yo‘q? 
Masalan, avvaldan buyurtma qilingan yoki tasdiqlangan mavjud grafik 
bo‘yicha yil davomida, har hafta, muntazam ravishda 4 kunga keladigan 
turistlar guruhini (30 kishi) joylashtirish lozim. Joylashtirish, transport, sport 
va ko‘ngil ochish xizmatlari zarur bo‘ladi. Narx o‘rtacha bozor narxidan 
ulgurji sotib olishga beriladigan 10% chegirma olib tashlanganiga teng 
bo‘lishi kerak. Turistik klass uchun xizmat ko‘rsatish va joylashtirish darajasi 
ajratilmaydi. Turistlar guruhi tarkibi o‘rta sinf kategoriyasi turistlari.
2. 
Mumkin bo‘lgan qarorlarni amalga oshirish yo‘llari
- Kim nimani 
va qaysi muddatlarda bajarayotganini aniq bilish zarur. Qanday qilib qaror 
qilishning bir bosqichi boshqasiga o‘tadi? Shartnoma tuzish vositalari qanday 
tayyorgarlik bosqichida turibdi? Shartnoma loyihasi va turistlarning kelish 
grafiklarini kim tayyorlaydi? Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha masalalar 
qanday kelishiladi? Ularni shartnomaga darhol qo‘shish kerakmi yoki 
yo‘qmi? Shartlar shartnoma matniga qo‘shiladi, muzokaralar davomida esa 
ular yo qoldiriladi yoki olib tashlanadi. 
3. 
Muzokaralar bo‘yicha sizning hamkoringiz «Portreti»
- hamkor 
maqsadlari sizning maqsadlaringizdan qanchalik farq qiladi? Hamkor 
strategiyasi qanday parametrlarga (muddatlar, xizmat ko‘rsatish darajasi, 
xizmatlar to‘plami) asoslanadi? 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish