Narx va uning vazifalari.
Kishilar biror narsani xarid etishdan oldin albatta uning narxini so‘raydilar,
umuman narx bilan kizikadilar uning sababi shuki ular o‘z puliga nima olish
mumkinligini chamalab ko‘rishadi, chunki tovarning arzon yoki qimmat bo‘lishi
xaridor isteʼmolini belgilaydi. Narx orqali har bir bozor ishtirokchisi o‘z
faoliyatini belgilaydi. U bozorning tartibga solinishida katta o‘rin egallaydi.
Narx har birimizning manfaatimizga taalluqli bo‘ladi. Narx qancha yuqori
bo‘lsa demak buyum qimmat uni sotib olish uchun ko‘p pul talab etiladi narx
arzon bo‘lsa aksincha nisbatan pul kam kerak bo‘ladi. Narx shaxsiy
tushunchagina emas balki ijtimoiy kategoriyadir. Narxlar har bir kishining tovar
xarid qilishi yoki sotishiga taʼsir qilibgina qolmay barcha iqtisodiy jarayonlarni
ham tartibga soladi.
Narx va uning o‘sish darajasiga qarab bozordagi vaziyatga, talab taklifga,
mamlakatdagi iqtisodiy holatiga taʼrif berish mumkin.
Narx bir tomondan nozik moslashuvchan vosita bo‘lsa, ikkinchi tomondan
iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizimning qudratli quroli. Narx tarixiy
kategoriya bo‘lib uning vujudga kelishi pulning vujuga kelishi bilan bog‘liq.
O‘z iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narx-navo milliy daromadni taqsimlash va
ayriboshlash jarayonlari orqali jamiyat bilan uning ayrim aʼzolari o‘rtasidagi
munosabatlarni ifodalaydi. Xalq isteʼmol tovarlari chakana narxda isteʼmol
qilish uchun aholiga sotiladi. Bozorlarda narx talab taklifning taʼsiri ostida
tashkil topadi.
Narx orqali yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning taxsimlashning
proporsiyalariga taʼsir ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilarning
moddiy manfaatlarini bir biriga bog‘laydi. Aholining farovonligini o‘stirishning
muhim iqtisodiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotida narxlar talab
va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlari bo‘lib mahsulot ishlab
chiqaruvchilar bilan istemolchilarni bir biriga bog‘laydi. Bozor iqtisodiyoti
mavjud jamiyatda narx iqtisodiy dastak tariqasida amal qiladi. Narx shunday
iqtisodiy vositaki uning taʼsirida iqtisodiyot rag‘batlantiriladi, narx oshib ketishi
yoki pasayishi tovar ishlab chiqaruvchilar olgan foyda miqdorini o‘zgartiradi,
foydaning qilingan sarf xarajatlarga nisbatan yuqori yoki past bo‘lishini
taʼminlaydi. Narxlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda fan texnika
taraqqiyotini tezlashtirishda xalq xo‘jalik mutanosibligini takomillashtirishda
ishlatiladi. Iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarida narxlarni
shaklantirsh to‘g‘risida turli fikrlar talqinlar qilinadi. Klassik siyosiy iqtisod
maktabi vakillari g‘oyalarida hamda siyosiy iqtisodiyot darsliklarida narxning
asosini qiymat tashkil qiladi deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi
va hozirgi davrdagi P.Samuelson Makkonel va S.Bryullarning Ekonomiks
kitobida tovar narxining asosini uning nafliligi tashkil qiladi deb ko‘rsatadilar.
Boshqa bir gurux olimlari esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deb
ilgari suradilar. Bu fikr ko‘proq bozor iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda
bo‘lishi mumkin chunki bozor iqtisodiyotida narxlar erkin liberallashti-rilgan va
shunga asosan narxlar ko‘proq talab va taklif asosida tashkil topadi.
Sh.Shodmonov,
R.Alimov,
T.Jo‘rayev
o‘zlarining
“Iqtisodiyot
nazariyasi”
2
nomli darslik kitobida narx real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar
xizmatlarining ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir deb
xulosa qiladilar.
Yuqoridagi narx to‘g‘risidagi fikr va g‘oyalar asosida yakun qilish
mumkinki narx har qanday tovar qiymatini puldagi ifodasi, bunda talab va taklif
xarajatlar yig‘indisi, naflilik raqobat va boshqa omillar turadi. Demak narx
alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida
olingan yakka shaxslarning tovarning nafligiga bergan narx ham emas u jamiyat
tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda
va sifatda yaratilgan tovarlar ifodasining narxi, talab va taklif asosida tashkil
topgan mexnat harajatlar yig‘indisini pulda ifodalanishidir.
Narx umuman ishlab chiqarish korxonalarni, xo‘jalik subʼektlarni, o‘rta
va xususiy biznes korxona va tadbirkorlarni faoliyat yuritishida, ularning
harajatlarini qoplashida muhim iqtisodiy mexanizm bo‘lib turadi.
Tovarlar qiymati ularning nafliligi narxda namoyon bo‘ladi, tovarlarning
xarid qilinishi uning nafliligi va shu bilan birga qiymatini xam tan olishni
bildiradi. Ijtimoiy qiymat tushunchasining o‘zi biror tovarning jamiyat
uchun nafliligi qadr-qimmatga egaligini ko‘rsatadi. Narxlar mazmunini
aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil
xususiyatning birligi yangi
isteʼmol qiymat va qiymatni o‘zida aks ettishi narxning moddiy asosi bo‘ladi.
Tovardagi ikki xususiyat bir vaqtning o‘zida tan olinmasa u pulda
ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida
sotuvchining manfaati, nafliligi (isteʼmol qiymati), ikkinchi tomonida esa
xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o‘z tovari uchun ketgan sarflarni
qoplash maʼlum darajada ko‘proq foyda olishni taʼminlashga intilsa xaridor
2
Ш.Шодмонов, Р.Алимов, Т.Жўраев “Иқтисодиёт назарияси” Т. “Молия” дарслик. 2005 йил 250-300
бетлар
iloji boricha sarf qilinayotgan pulning xar bir birligiga ko‘proq isteʼmol
qiymatiga ega bo‘lishiga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to‘g‘ri kelgan
nuqtada narx o‘rnatilib tovar oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday
tovarning narxi maʼlum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil
iqtisodiy tushuncha ekanligi tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini ular
bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘zgarishini ko‘rish mumkin. Bulardan
xulosa qilib aytish mumkinki narx real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va
xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Qiymatning bozordagi ko‘rinishi tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli
mehnat sarf etiladi. Ularning yig‘indisi qiymatni yaratadi. Qiymat tovarni
yaratishga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat sar-fi, aniqrog‘i extiyojni qondira
olganligi sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir.
Narxning mazmunini to‘laroq tushinish, uning darajasiga taʼsir etuvchi
omillarni bilish muxim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari: qiymat yoki
ishlab chiqarish sarflari, tovarning naflilik darajasi shu tovarga talab va
taklif nisbati: raqobat xolati: davlatning iqtisodiy siyosati va boshqalar. Bu
omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos
bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan
ijtimoiy naflilik miqdori atrofida tebranib turishi mumkin. Demak narxning
shakllanishida asosiy omillardan biri qiymat ekan, qiymat tovarga sarflangan
mehnatni ifoda etadi. Tovarni ishlab chiqarishdan
tortib isteʼmolchiga
yetkungacha bo‘lgan mexnat sarflari ishtirok etadi. Mehnat sarfi kishilarning
talabini qondiradigan darajada bo‘lishi lozimdir. Kishilarga kerakli tovarlarni
yaratish uchun zarur meʼyorda sarflangan mexnat qiymatni yaratadi.
Befoyda sarflanib, zoye ketgan mehnat keragidan ortiqcha miqdorda sarflanib,
extiyoj qondira olmaydigan tovarlarga ketgan mehnat qiymat bo‘la olmaydi.
Kishilar tan oladigan mexnat qiymatni hosil qiladi va ularga asos bo‘ladi.
Mehnatni tan olish yoki tan olmaslik bozorda tovarning sotilishi yoki
sotilmasligida aniq bo‘ladi. Xaridor bozorda o‘zi uchun eng zarur nafli
tovarni sotib oladi. Tovarni naf keltirish xususiyati xaridorning didiga
to‘g‘ri kelishi, uning extiyojini to‘la qondira olishi va umuman isteʼmol
jarayonida xaridor to‘la qoniqish hosil qilishi kabilar bilan belgilanadi.
Tovarning bu xususiyati, yaʼni naf keltirish xususiyati qanchalik kuchli
bo‘lsa, narxi ham shunga yarasha yuqori bo‘ladi. Lekin naflilikning
chegarasi bor, u isteʼmolni to‘yinishi bilan belgilanadi. Bundan keyin narx
pasayib boradi, yaʼni zaruriy miqdor chegarasidan keyin talab susayadi,
tovarning nafligi pasayadi. Masalan issiq kunda bir stakan gazli suvni 150
so‘mga olib ichib bo‘lgandan keyin chanqoqlik bosilishi bilan isteʼmolchi
uchun bu suvni nafligi pasayadi, chunki insonda suvga qoniqish bo‘ldi,
shundan so‘ng suvni narxi xam kamayadi. Demak, naflikning narxga taʼsiri
maʼlum vaqtgacha bo‘lib uning davomida narx oshishi va keyin esa
pasayishi bo‘ladi.
Naflilikka yana isteʼmol vaqti ham taʼsir ko‘rsatadi. Isteʼmol vaqti
qanchalik qulay va vaqtni tejasa, xaridor uchun shuncha maʼqul bo‘ladi.
Ish bilan band bo‘lgan va vaqtni tejashga muxtoj xaridor qo‘shimcha narxga
qaramay byurtma orqali tovarlar sotib olinadi. Misol uchun bir oila 20 ta
somsani xar birini 150 so‘mdan 3000 ga olib o‘z vaqtini ancha tejab
qoladi. Lekin o‘z uyida qilishi mumkin. Bu oila uchun sarf bo‘lgan pul
tejab qolgan vaqt bilan qoplanadi, chunki bu vaqt ichida oila samarali
mehnat bilan shug‘ullanadi. Narx omillarining xarakati bir yo‘nalishda
bormaydi
ularning narxga qarama-qarshi borishi yuz beradi. Aytilgan
omillarning biri narxni ko‘tarsa boshqasi pasaytiradi.
Xulosa qilib aytganda tovar qiymati miqdori tovar nafligi raqobat, talab va
taklif nisbati davlatning aralashuvi firma ishlab chiqaruvchilarning baho
belgilash strategiyasi kabilar narxlar shaklla-nishining asosiy omillari bo‘lib
hisoblanadi. Ularni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin.
Qiymat
Naflilik
NАRХ
Xaridorning
extiyoji
Raqobat
Davlat iqtisodiy
siyosati
Talab va
Taklif
Narx iqtisodiy barometr, u bozor xolatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa,
tovar bozori kasodlikka uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan
almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarur bo‘ladi. Narxni raqobat
ham shakllantiradi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutqazish narx belgilashga
ham bog‘liq. Raqobatlashuvchi xaridorlar ko‘p bo‘lsa, yuqori narx tashkil
topadi. Agar sotuvchilar ko‘p bo‘lib, ular raqobatlashsa past narxlar vujudga
keladi. Erkin bozor bu raqobatli bozordir. Bu yerda sotuvchilar ham
xaridorlar ham ko‘pchilik bo‘lib ulardan hyech biri o‘z bilganicha narxni
o‘rnata olmaydi. Narx raqobat jarayonida tashkil topadi. Ayrim tovar ishlab
chiqaruvchilar o‘z raqiblarini bozordan siqib chiqarish va xaridorlarni o‘zlariga
og‘dirib olishlari uchun imkoni boricha narxni pasaytirishdan foydalanishga
urinadilar.
Masalan bozorda bir tonna guruch taklif etilsa, va shu guruch 20 ta
sotuvchi qo‘lida bo‘lsa, yaʼni sotuvchilar ko‘p, bunda bir kg guruchni narxi
350so‘m, agarda bir kishini qo‘lida bo‘lsa, guruchni 1kg 600-700 so‘m
bo‘lishi mumkin. Birinchi xolda raqobat kuchli, chunki guruchni taklif
qiluvchilar ko‘pchilik, ikkinchi holda raqobat yo‘q, taklif etuvchilar soni
kam , bir o‘zi tanxo xukmron.
Demak, talab qilingan tovarning bozor narxi bilan uning miqdori o‘rtasida
maʼlum nisbat mavjud bo‘ladi, yaʼni ularni talab darajasi kam bo‘ladi. Va
aksincha, narx qancha past bo‘lsa, sotib oluvchilar soni va sotib olingan
tovarlar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi. Tovarlarning yuqori narxda bo‘lishi
bilan ularni faqat puldor kishilar sotib olsa, narxlarning pasayishi bilan
yangi xaridorlarni jalb qilishga imkoniyat yaratiladi. Bozor narxini
o‘zgartirish orqali raqibni bozordan siqib chiqarib, o‘z mavqeini
mustahkamlab oladi. Bir turdagi yoki o‘rinbosar tovarlar egalari
raqobatlashganda narxni pasaytirish orqali xaridorni o‘ziga jalb qilishga
intiladi. Bunda arzon tovar egasi tovar sotilishi ko‘payganligidan foyda
ko‘radi, tovarni qimmatga tushgan soxibkor narxni pasaytirishga iloji
bo‘lmaganligidan zarar ko‘radi. Bozorda o‘z tovarlarini
sotish shart-
sharoitlarini xaridorlar uchun qulaylashtirib raqibni bozordan surib chiqarish
bilan narxini belgilab olishi mumkin. Bunda tovar narxi, pa-saytirilmaydi,
balki xaridorga muayyan yoki imtiyozli xizmatlar ko‘rsatiladi. Masalan
tovarni eltib berish uni xaridor didiga moslab berish, tovarni ishlashi
yuzasidan bepul maslaxat berish amalga oshiriladi. Narxni pasaytirish orqali
vaqtincha oz foydaga xam rozi bo‘lish bozorda obro‘ qozonib, mavqeʼ
mustahkamlanadi, bu esa kelajakda katta foyda olish imkonini taʼminlaydi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Maxkamasining
ulgurji
savdo
korxonalarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi
2003 yil 4 fevral qarori ulgurji va chakana savdo korxonalariga savdoni
rivojlantirishda ko‘maklashish, ular uchun tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
omborxonalardan tanlab olish va xarid qilish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratib berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maʼlumki, isteʼmol tovarlari ishlab
chiqaruvchi korxonalar mahsuloti aholi qo‘liga yetib borguncha bir qancha
vositachidan o‘tib borsa uning narxiga narx qo‘shilib boraveradi. Bu qarorning
asl maqsadlaridan biri ham oraliqdagi vositachi halqalarni qisqartirishdir. Shu
bilan birga bu qaror asosida ulgurji savdo korxonalari qo‘shilgan qiymat
solig‘i to‘lashdan ozod etiladi. Demak mahsulot narxini arzonlashtirish
uchun yana bir imkoniyat bo‘ladi.
Narx iqtisodiy dastak va xo‘jalik yuritishda mexanizm bo‘lishi bilan birga
iqtisodiyotda bir qancha vazifalarni bajaradi. Narxning iqtisodiyotdagi vazifalari
ko‘pgina iqtisodiy va sotsial shart sharoitlar bilan belgilanadi. Bunda shart-
sharoitlar birgalikda narxlar o‘z vazifasini bajarish uchun ijtimoiy mehnat sarfini
taq-simlashi, xalq xo‘jaligining manfaatlarini ustun bo‘lishini taʼ-minlashi ishlab
chiqarishni rag‘batlantirishi, talab va taklifning o‘zaro nisbatini tartibga solishi,
bozorda muvozanat bo‘lishiga erishishni taʼminlashi lozimdir. Narxning
iqtisodiyotdagi vazifalari turlicha bo‘lib ular muhim ahamiyatga egadir .
Narxning iqtisodiyotdagi vazifalari.
Bozor muvozanatini
ta’minlash
NARX VAZIFALARI
Raqobat vositasi
Axolini ijtimoiy
himoyalash
Xisob - kitob
o’lchovi
Iqtisodiyotni tartibga
solish
Sarf xarajatlardan ko‘rilgan foyda yoki zarar bajarilgan ish hajmining hammasi
narxlar asosida hisob kitob qilinadi.
Hisob-kitob o‘lchovi tovarlar ishlab chiqarish uchun qilingan sarf xarajat undan
ko‘rilgan foyda bajarilgan ish hajmi maʼlum narxlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Har qanday ishlab chiqarish savdo-sotiq yoki boshqa mehnat faoliyatlari
xarajatsiz bo‘lmaydi. Sarf qilingan xarajatlarni xar birini xom-ashyo va elektr-
energiya, asbob uskunalar va boshqalarni narxi bordir. Bu resurslar va mehnat
sarfining umumiy yig‘indisi xarajatlarini tashkil qilib, uning asosida olingan
daromad belgilanadi. Ularning umumiy o‘lchovi pul bo‘lib unda ifodalangan
narx asosiy vosita xisoblanadi. Hisob-kitob uchun joriy va taqqosiy narxlar
qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib ular yordamida yil
davomidagi ishlar hisoblanadi.
Taqqoslash narxlarda maʼlum yil asos qilib olinib ishlab chiqarishning natijalari
shu narxda xisob-kitob qilinadi va boshqa yillik bilan taqqoslanadi. Bunda
iqtisodiy o‘sish dinamikasi milliy daromad real ish xaqi va boshqalar
hisoblanadi. Demak narx vositasida qilingan sarflar va olingan natijani ishlab
chiqarish va isteʼmol xajmini o‘lchash yuz beradi. Xarajatlar va olingan foyda
miqdori narxga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish
davrida iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish siyosati ilgari
surildi.
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun Respublikamizda
2005 yil 2may oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining O‘zbekiston
Respublikasi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvatlash davlat qo‘mitasi”ni tashkil etish to‘g‘risida farmoni qabul qilingan
edi. Shu farmonga ko‘ra bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni
monopoliyalashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik
qilish, raqobatning g‘irom usullarini qo‘llash man etiladi. Farmonni
buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararini qoplashlari, jarima to‘lashlari,
g‘iromlik bilan olgan foydalaridan mahrum etishlari shart ekanligi
ko‘rsatilgan. Tabiiy monopoliya korxonalari o‘zlarining ichki bozordagi
monopol mavqeidan foydalanib
ishlab chiqarayotgan mahsulot va
ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlarni asossiz ravishda sunʼiy oshirishlariga
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ular ustidan nazoratni amalga oshirish ham
ko‘rsatilgan. O‘zbekiston
Respublikasining «Isteʼmolchilarning
huquqini
himoya qilish to‘g‘risida» 1996 yil aprel qonuni asosida xar qanday xaridor
sotib oluvchi yoki do‘konga kirgan shaxs tovar to‘g‘risida, uning
xususiyatlari va sifati, foydalanish, ishlatish sharoitlari, yaroqlilik muddati,
kafolatlari, shuningdek tovarni ishlab chiqaruvchi
uni narxi tovar
xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikatining mavjudligi va umuman
tovar to‘g‘risidagi barcha maʼlumotlarini sotuvchidan talab qilish huquqiga
egadirlar.
Bozor iqtisodiyotida narx vositasi bilan va narxdan foydalanmagan hollarda
raqobat olib boriladi.
Narx
vositasida
raqobatlashuvda
kurashning
asosiy
usuli
ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning
shunday mahsulotlarinikiga nisbatan pasaytirish xisoblanadi. Bunda yirik
ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni
vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash
uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq
texnologiyalarni kiritishi malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab
chiqarishni yaxshiroq tashkil qilish kerak bo‘ladi. Faqat shundagina uning
tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar
narxini tushirish imkoniyatini beradi. Narx vositasida raqobatlashish usullaridan
biri ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini bozordagi narxlardan ayrim
xollarda tan-narxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadilar.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish
mamlakatdagi ortiqcha mahsulotlarni yo‘qotish bozorlarga kirib olish va
unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkam-lashga harakat qiladi .
Narxsiz raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki
uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-
eʼtibori hisoblanadi. Narxlarni raqobatsiz va raqobatli bozorda tashkil topishi
to‘g‘risida Robert Pindayk, Daniel Rubinfeld o‘zlarining «Mikroiqtisod”
3
o‘quv qo‘llanma kitoblarida mukammal raqobatli bozorda ko‘p xaridor va
sotuvchilar mavjud, shu sababli alohida olingan ayrim xaridor yoki sotuvchi
narxga katta taʼsir eta olmaydi deb yozadilar. Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari
bozorning ko‘pchiligi mukammal raqo-batli bozorga yaqin turadi, masalan
minglab fermerlar bug‘doy yetishtiradilar, uni esa minglab xaridorlar sotib
oladilar, natijada hech bir fermer bug‘doy narxiga jiddiy taʼsir eta olmaydi.
3
Роберд Пиндяк, Даниел Рубинфельд “Микроиқтисод” Инглизчадан қисқартириб таржима қилинган.
Ўқув қўлланмаси. “Шарқ” нашриёти. Тошкент 2002 йил 17-бет.
Bozorlarda xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi oldi-sotdi maʼlum narxlarda
yuz beradi. Raqobatli bozorda odatda bitta narx ustunlik qiladi, bu
tovarning bozor narxi deyiladi. Albatta tovarning bozor narxi vaqt o‘tishi
bilan o‘zgaradi, hatto tez o‘zgaradi. Ayniqsa keng isteʼmol tovarlari
bo‘lmish bug‘doy, soya, kofe, neft, oltin, kumush yoki tilingan yog‘och-taxta
materialari narxi bir kun yoki xafta davomida keskin ortishi yoki pasayishi
mumkin. Narxning muvozanatini taʼminlash vazifasi talab va taklif
muvozanati orqali amalga oshib, bozordagi talab hajmi yoki taklifning
shunga mos kelishini taʼminlaydi. Narx orqali amalga oshadigan muvozanat
tovarlarni yig‘ilib qolmay sotilib ketishi, shu bilan birga tovar taxchilligiga
yo‘l qo‘ymaydi. Bu muvozanat isteʼmolchilarning o‘z daromadlariga yarasha
tovar sota olishlari va ishlab chiqaruvchilarning talabiga asosan ish hajmini
belgilab faoliyat ko‘rsatishlari va foyda olishini taʼminlaydi. Muomala
orqali ishlab chiqarish bilan isteʼmol o‘rtasida tenglik o‘rnatiladi.
Demak, narx bozordagi talab va taklifning hajmi tartibiga taʼsir etish
orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi va natijada bozor muvozanati
yuzaga keladi. Lekin shuni taʼkidlab o‘tish lozimki mamlakatimizda 1990
yillarga kelib narx-navoning nomunosib tizimi tarkib topgan edi. U ayrim
mintaqalar va hududlar o‘rtasida adolatli muqobil ayirboshlashni taʼminlay
olmas edi. Xom-ashyo qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini narxi odatda
pasaytirib yuborilgan, ishlov beruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar va
tovarlarning narxlari esa sunʼiy ravishda oshib yuborilgan edi. Qishloq
xo‘jaligi mahsulotinig narxi real mehnat sarfi va talabga mos kelmaydigan
darajada pasaytirilganligi natijasida ko‘plab xo‘jaliklarning zarar ko‘rib
ishlashi rejalashtirilgandi. Ular o‘z joriy harajatlarini yillar
davomida
qoplay olmas, dehqonning og‘ir mehnatiga yarasha xaq to‘lay olmas,
barcha zarur narsalar – texnika, urug‘lik, moddiy resurslar ijtimoiy sohani
rivojlantirish uchun mablag‘ bilan o‘zlarini taʼminlay olmas edi. Bunday
ahvolda mehnat qilishga, yerga, texnikaga, paxtaga, bug‘doy va qishloq
xo‘jalik mahsulotlariga
avaylab munosabatda bo‘lishni taʼminlaydigan
taʼsirchan moddiy rag‘batlantirish usullari ish bermay qo‘ydi.
Narxlarning darajasi va o‘zaro nisbati ko‘pgina iqtisodiy va sotsial shart-
sharoitlar
asosida
belgilanishi
lozimdir. Bu shart-sharoitlar
bozor
iqtisodiyotida o‘zgarmoqda . Narxlar o‘z vazifasini bajarish uchun ijtimoiy
mexnat sarfini taqqoslashi, ayirboshlashning ekvivalenti bo‘lishi, xalq
xo‘jaligining manfaatlarini ustun bo‘lishini taʼminlashi ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish talab bilan taklifning o‘zaro nisbatini tartibga solishi
bozorda muvozanat bo‘lishini taʼminlanishi lozim. Ishlab chiqarishda narxlar
iqtisodiy voqelikni passiv aks ettirmay-di, balki unga faol taʼsir ko‘rsatadi, u
sotsial iqtisodiy rivojlanishini muqarrar jadallashishga taʼsir etadi, resurslardan
samarali foydalanishiga olib boradi.
Mamlakat iqtisodiyotida narx stabil bo‘lishi qatʼiy belgilangan, aholini sotib
olish darajasida bo‘lishi lozim.
Mamalakatimiz iqtisodiyotidagi ayrim mahsulotlar va xizmatlar narxi keyingi
10 yil ichida 1000-2000 marta oshganligini ko‘rish mumkin. Narx-navo
o‘zgarishi va oshib borishi bir necha sabab va oqibatlar natijasida sodir
bo‘lmoqda. Ayniqsa kichik va o‘rta biznesni bozorga kirib borishida
maʼmuriy to‘siqlarni bo‘lishi va import tovarlarga bojxona to‘lovlari va
bilvosita soliqlarni o‘sib borishi o‘z navbatida narxlarni oshishiga olib
kelmoqda.
Narx aholini kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya
qilish vazifasini ham bajaradi.
Bozor munosabatlariga qiyinchiliklarsiz va ijtimoiy ziddiyatlarsiz bir tekisda
o‘tib bo‘lmasligi ko‘p mamlakatlar tajribasidan maʼlum edi. Shu sababli
odamlarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha kuchli ehtiyot chora-tadbirlari
oldindan ko‘rilib borildi va amalga oshirildi. Miqdori muntazam o‘zgartirilib
turilgan ish xaqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, tovon to‘lash,
ayrim imtiyozlar va turli dotatsiyalar ko‘rinishidagi to‘lovlar keng qo‘llanildi.
Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi
xarajatlaridan bir qismi
budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib borildi.
Mamalakatimiz ichki isteʼmol bozorini himoya qilish xamda oziq-ovqat
maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari isteʼmolini isloxotlar
muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlari ko‘rildi. 1992-94 yillarda
non va non maxsulotlari go‘sht va go‘sht maxsulotlari, sut, qand, shakar,
o‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim maxsulotlar, kommunal
va transport xizmatlari uchun dota-siyalar qisman saqlanib qolindi.
Ijtimoiy himoya aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarining qamrab
olishi
uchun mahalla
orqali
muxtojlarga
yordam
berish, ijtimoiy
ko‘maklashishning, ammo samarali va eng sodda, ochiq yo‘li bo‘lib qoldi.
Mahalla oqsollari, ularning maslahatchilari va faollari mahallada yashovchi har
bir oilaning daromad manbaalarini biladilar.
Yoshlarning ijtimoiy ximoyalashning bir qancha shakllari oziq– ovqat
narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari
va tamaddiq xonalari qo‘shimcha xarajatlarning bir qismini budjet mablag‘lari
hisobidan qoplash, jamiyat transportida arzon narx to‘lab yurish, boshqa
yengilliklar joriy etildi.
Lekin shuni taʼkidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan
beriladigan va ko‘rsatiladigan ijtimoiy himoyani salmog‘i kamayib borishi,
homiylar tomonidan ko‘rsatiladigan himoya ortib borishi, ko‘zga tashlanmoqda.
2007 yil ijtimoiy himoya yilida aholining ayrim tabaqalarini har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz, beminnat yordam ko‘rsatish, xayrli ishlar qilish
homiylar tomonidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni tartiblash vazifasi orqali kerakli tovarlarni ishlab chmqarishni
tartibga soladi. Narx taʼsiri ostida qanday tovarlarni qancha ishlab chiqarish
zarurligini, firma, korxona nimani va qancha ishlab chiqarilishini, bozor maʼqul
ko‘rishini belgilab boradi. Tarmoqlararo muvozanatni taʼminlash, yuqori
daromadli ishlab chiqarish bilan past daromadli ishlab chiqarishni rivojlantirish,
ularni o‘zaro naisbatda bo‘lishi taʼminlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |