72
ortiq bo`ladi. Endi tug`ilgan bolalarda haroratni sezuvchi retseptorlar morfologik
jihatdan to`liq shakllangan bo`ladi. Bola muhitning issiq va sovuq haroratiga har
xil reaktsiya beradi.
Siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptorlar 500 ming atrofida. Bu
retseptorlarning sezuvchanligi terining turli qismlarida bir xil emas. Yangi tug`ilgan
bolalarda taktil sezgisi yaxshi rivojlangan. Burun uchida, lab terisida, qo`l barmoqlari
uchida va oyoq osti yuzasida sezuvchanlik juda rivojlangan bo`ladi. Shuning uchun
ko`zi ojiz bolalar, oyoqlari bilan paypaslab qulay yulni topadi, qo`l barmoqlari bilan
paypaslab pulni va boshqa buyumlarni aniqlaydi. Siypalash retseptorlari ma'lum
darajada ko`rish organi funktsiyasini bajarishi mumkin. Teri retseptorlarining
muxim xossalaridan biri tashqi muhit ta'sirlariga moslashishdir
(adaptatsiyalanish). Retseptorlarning bu xossasi odam haroratda chiniqishga imqon
beradi. Og`riqni sezuvchi retseptorlar soni 1 mln atrofida bo`lib, butun teri bo`ylab
sochilib joylashgandir. Har 1 sm
2
yuzasida 100 ga yaqin retseptorlar joylashgan.
Bola tug`ilganida og`riq chiqaruvchi qitiqlagichlar ta'sirini sezib, unga
reaktsiya beradi. Birinchi yoshning oxiriga kelib og`riqni sezish ancha kuchayadi.
Og`riqni sezish bilan organizmda bir qancha fiziologik o`zgarishlar ham bo`ladi.
Masalan, yurak urish tezlashadi, qon bosimi ko`tarilida, qonda anderalin va shakar
miqdori meyorida bir necha marta oshadi. Og`riq sezgisi lo`qillagan, lovullagan,
teshib boruvchi, zirqirovchi bo`lishi mumkin. Bunday sezgilar organizmni xavf-
xatardan saqlashda, unga qarshi kurashish uchun tayyorlashda muxim biologik
ahamiyatga ega bo`ladi.
Teri sezgisi: og`riq, issiq, sovuq, tegish va bosim turlariga bo`linadi. Taktil'
sezgisi tegish va bosim sezgilaridir. Taktil' retseptorlari barmoq uchlarida, kaftning
ichki yuzasida, oyoq panjasi tagida, tilning uchida ko`proq joylashgan. Terida
hammasi bo`lib 500.000 retseptorlar bor. Yangi tug`ilgan bolalarda taktil' sezgisi
yaxshi rivojlangan. Ko`krak yoshidagi bolalarda og`iz, ko`z, lab, kaftning ichki
yuzasi, oyoq tagi sezgirroq bo`ladi. Odamning 35-40 yoshida sezgirligi eng yuqori
bo`lib, so`ng kamaya boradi. Teridagi temperatura o`zgarishlari ikki xil retseptorlar
bilan qabul qilinadi. Terida sovuqni sezuvchi retseptorlarga nisbatan issiqni sezuvchi
retseptorlar ko`proq joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: