43
1-savol bayoni:
Ayruv organlarining organizm faoliyatidagi
ahamiyati
. Ayrim organlari organizm ichki muhitni doimiy saqlashda muhim rol
oynaydi, u odam organizmidagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan qoldiq
moddalarning uzluksiz ravishda chiqarib turishini ta’minlaydi.
Ayirish organlariga:
buyraklar, o’pkalar, ovqat hazm qilish organlari va ter
bezlari kiradi.
Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali
siydik tarkibida ajraladi.
Gazsimon
moddalar nafas olish organlari orqali tashqariga
chiqadi. Ovqatning
hazm bo’lmagan qismi ichakdan najas sifatida tashqariga
chiqariladi.
Odam tanasidagi
suv, tuz, yog`’
kabi moddalar ter bezlari orqali ter
sifatida ajralib turadi.
Ayirish sistemasining asosiy qismini siydik ayirish organlari tashkil
qiladi. Bu organlarga: buyraklar, siydik yo’li, qovuq yoki
siydik pufagi va siydik
chiqarish kanali kiradi.
Ayirish organlari yoki buyrak bolaning embrionlik davrida uning
mezaderma qavatida shakillanib, 3ta davrni pronefroz, mezanefroz, metanefrozni o’z
ichiga oladi. Bolalarning buryragi katta-kichikligi va vazniga ko’ra kattalarnikidan
farq qiladi. Buyrak juft organ bo’lib, o’ng va chap buyraklarga bo’linadi.
Shakli
loviya shakliga o’xshash bo’lib, qorin bo’shlig’ining bel qismida ya’ni 1 va 2 bel
umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Yangi tug’ilgan bolada buyrakning vazni
11-12, 1 yoshda 27-36 gr, 5 yoshda 55-56 gr, 7 yoshda 82-84 gr, 13 yoshda 100-102
gr, 15 yoshda 115-120, kattalarda esa 150 gr bo’lib, uzunligi 10-12 sm, eni 5-6 sm,
qalinligi 3-4 sm bo’ladi. Buyraklar murakkab tuzilgan organ bo’lib, po’st va mag’iz
qavatlardan iborat. Uning asosiy struktura birligi nefronlar bo’lib, ular buyrakda
filtiratsiya funksiyasini bajarib qondagi moddalarni filtirlab birlamchi va ikkilamchi
siydik shakillantiradi. Buyrakning po’st qavatida Shumlyanskiy
Baumen kapsulasi
bor. Bu kapsula 2 qavatli pardadan iborat bo’lib, undan egri-bugri kanalchalar
boshlanib, buyrakning mag’iz qavatiga o’tadi. Buyrakning mag’iz qimida egri-bugri
kanalchalar to’g’rilanib, yuqoriga buriladi va bu burilish joyi genli halqasini hosil
qilib, yana po’st qavatga qaytadi. Kanalcha chiqarish yo’liga quyiladi.
Chiqarish
yo’llari po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib, buyrak jomiga quyiladi. Undan esa
siydik yo’llari orqali qovuqqa yoki siydik pufagiga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: