«интернаука» Научный журнал №28(157) Август 2020 г. Издается с ноября 2016 года Москва 2020 ббк 94 И73 Председатель редакционной коллегии: Еникеев Анатолий Анатольевич


PEDAGOGIKA  ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHI – PXISOLINGVISTIKADA O‘ZBEK BOLALARI



Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/90
Sana20.07.2022
Hajmi5,09 Mb.
#825233
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90
Bog'liq
28(157)

PEDAGOGIKA 
ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHI – PXISOLINGVISTIKADA O‘ZBEK BOLALARI 
NUTQINING O‘RGANILISHI 
Shayxislamov Nursulton Zamon o‘g‘li 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi, 
O’zbekiston, Chirchiq 
ANNOTATSIYA 
Quyidagi maqolamizda ontolingvistik bilimlar, lisoniy qobiliyat, lisoniy faollik,bolalar nutqining shakllanishi, mak-
tab yoshigacha bo‘lgan bolalar hamda maktab o‘quvchilarining nutqiy kamchiliklari haqidagi, bolalarda nutqning 
shakllanish jarayonlarini ilmiy asoslab bergan bir qancha psixolingvist olimlarning ilmiy izlanishlarini havola etamiz 
hamda assotsiativ metod asosida tuzilgan jadvalni tahlil qilamiz. Hozirda yuqori sinf o‘quvchilarining nutqi yo‘qolib 
borayotganligi hamda nutning xulq bilan o‘zaro bog‘liqliklarini ko‘rib chiqamiz.
Kalit so‘zlar: 
nutq, psixolingvistika, assotsiativ metod, ontolingvistika, lisoniy qobiliyat, lisoniy faollik, alaliya, 
afaziya. 
“Psixolingvistika” ilm-fanga yangi kirib kelgan 
yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Psixolingvistika ata-
masi amerikalik olimlar tomonidan ilmiy hayotga olib 
kirilgan. Ilk marta bu atama 1946-yilda Amerika psix-
ologi Pronko tomonidan “Til va psixolingvistika” maqo-
lasida qo‘llaniladi. 1953-yil Indiana shtatining Bluming-
ton shahrida mashxur Amerika psixologlari Kerol va 
Osgudlar bilan taniqli tilshunos va etnograf Siboeklar 
tomonidan o‘tkazilgan universitetlararo seminarda 
tilshunoslik bilan psixologiya munosabatlari muhokama 
etildi va psixolingvistika nomi bilan ataluvchi alohida 
fan yo‘nalishi bo’lishi lozimligi ta’kidlandi. Shu tariqa 
psixolingvistika fani vujudga keldi. [1,63-64 ]. 
Bolalar nutqini tahlil qilar ekanmiz, avvalo, nutq 
nima ekanligiga to‘xtalib o‘tamiz. Nutq – tilning fikr 
ifodalash va almashish jarayonida amal qilishi, tilning 
alohida ijtimoiy faoliyat turidagi muayyan shakli. [2] 
Aynan bolalar nutqini o‘rganish olimlarda katta 
qiziqish uyg‘otgan. Va bu boradagi ilmiy izlanishlar 18-
asr oxiri 19-asrlardan boshlangan. Bolalar nutqiga oid 
dastlabki qarashlar Germaniyada Tideman tomonidan 
amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda o‘z aksini topgan. 
Faylasuf, psixolog va tarixchi Tenning 1877-yilda “ 
Mind” jurnalida chop etilgan maqolalari, CHarlz Darvin 
hamda Xemfrining bolalar muloqot xulqini aks ettiru-
vchi misollar jamlangan kundaliklaridan parchalar, 
nemis fiziologi Preyerning bolalar nutqi tahliliga oid 
qaydlar, Kruze tomonidan yoshli bola so‘z zaxirasini 
o‘rganish asosida to‘plangan muayyan leksikostatistik 
ma’lumotlar ushbu yo‘nalishning rivojlanishiga muhim 
hissa bo‘lib qo‘shilgan. Shuningdek bolalar nutqi 
Garbining 1889-yilda Italyan tili materiali asosida nashr 
qilingan ilmiy ishida ham tadqiq etilgan.[3, 3-bet] 
Lisoniy 
qobiliyat 
(linguistic 
competence) 
tushunchasi Xomskiy tomonidanilmiy muomalaga 
kiritilgan. Xomskiy lisoniy qobiliyatni mazkur tilde 
so‘zlashish qobiliyatini tashkil qiluvchi sifatida izohlag-
an. Ma’lumki, kishi tovushlar birikuvi so‘zlar 
bog‘lanishi, umuman tildagi so‘zlar tizmining 
qo‘llanilishini onasidan, tevarak-atrofdagi yaqinlaridan 
eshitib o‘z ona tilini o‘zlashtiradi (ayni holat tilshunos 
yoki tilni har qanday o‘rganuvchida ham kuzatiladi). 
Bunday tizimdan foydalanish natijasida inson ona ti-
lidagi cheksiz so‘z turkumlari, jumlalar va matnlarni 
hosil qilish qobiliyatini egallab boradi. Shunga ko‘ra, 
lisoniy qobiliyatni so‘zlovchi va tinglovchi til bilimin-
ing potensiali, deb izohlash mumkin. Xomskiy “lisoniy 
qobiliyat birlamchi bo‘lib, u lisoniy faollikni bel-
gilaydi”, - deb hisobladi. Transformatsion grammatika 
tarafdorlari ham asosiy urg‘uni lisoniy qobiliyitga ber-
ishdi.[5,25-bet] 
Xomskiy qarashlaridan qanday xulosaga kelishimiz 
mumkin? Xomskiy bolada til va nutqning shakllanishini 
uning atrofidagi insonlar ta’sirida rivojlanishini isbot-
lamoqchi bo‘lgan. Oiladagi muhit natijasida til 
shakllansa, demak, shu muhit natijasida bolada nutq 
xulqi ham rivojlanib boradi. Agar bolada nutq xulqi 
oiladagi yoki atrof-muhitdagi voqea yoki shaxlar 
ta’sirida shakllansa, 
alaliya
ham shundan kelib chiqishi 
mumkin. 

Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish