Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


H ujjatlar ijrosini nazorat qilish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/293
Sana18.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#823289
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   293
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

H ujjatlar ijrosini nazorat qilish
0 ‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mu­
him vazifalarini hal etish muayyan darajada qabul qilingan 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublika­
si Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarining barcha dav­
lat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o ‘z vaqtida va 
samarali bajarilishini tashkil etishning aniq yo‘lga qo‘yilgan 
tizimi bilan belgilanadi. Ushbu talabni hisobga olib, 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini 
mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g ‘risida» 1999-yil 12-yan- 
vardagi 12-sonli Qarori qabul qilingan. 0 ‘tgan davr mobayni- 
da masalaning dolzarbligini va qabul qilingan hujjatlar ijrosini 
tashkil etishning shakl va metodlari doimiy ravishda takomil- 
lashtirib borildi va uning monitoringi kuchaytirildi. 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktyabrdagi PQ- 
3962-sonli «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini 
yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi Qarori 
qabul qilindi. Bu borada Hukumatning metodik tavsiyalari 
ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining ish yuritish bo‘yicha 
namunaviy yo‘riqnomasiga ko‘ra ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan bar­
cha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat 
qilishga quyidagilar kiradi:
1. Hujjatni nazoratga olish.
2. Hujjatning ijrochiga o ‘z vaqtida yetib borishini tek- 
shirish.
3. Ijroning borishini tekshirish va yo‘naltirib turish.
4. Hujjatlar ijrosini nazorat qilishni umumlashtirish va 
hisobga olish.
Ijroni nazorat qilishni tashkil etishdan asosiy maqsad hujjat 
ijrosini o ‘z vaqtida va sifatli ta ’minlashdir. Nazoratni rahbar- 
lar, devonxona xodimlari, m as’ul ijrochilar olib boradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, far- 
moyishlari va topshiriqlari, shuningdek, 0 ‘zbekiston Res-
451


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
publikasi Vazirlar M ahkamasining qarorlari va farmoyishlari 
bajarilishini nazorat qilish Vazirlar M ahkamasining 1999-yil 
12-yanvardagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan Asosiy qoi- 
dalarga muvofiq amalga oshiriladi. Unda bunday hujjatlami 
nazorat qilishning maxsus tizimi ishlab chiqilgan.
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, agar boshqa muddat 
belgilanmagan bo ‘lsa, hujjat j o ‘natilgan kundan boshlab 10 
kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak. Shu tarzda hujjat­
lar ij rosining muayyan huquqiy muddati davlat hokimiyati va 
boshqaruvining oliy organlari, shuningdek, boshqaruvning 
markaziy va tarmoq organlari hujjatlari bilan belgilanadi. 
Ijroning yakka tartibdagi muddatini esa tashkilot rahbari bel- 
gilaydi.
Ijro etish muddatlari hujjat imzolangan (tasdiqlangan) 
sanadan boshlab kalendar kunlarda hisoblanadi. Ijro etish- 
ning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki rahbar rezolyutsiyasida 
ko‘rsatiladi.
Hujjatlaming ijro etilishini to ‘xtatib qo‘yish, shuningdek, 
ulami bekor qilish yoki o ‘zgartirish huquqiga faqat hujjatni 
tuzgan yuqori tashkilot va davlat nazorat organlari egadirlar. 
Ijrochining uzrli sababi bilan hujjatning bajarish muddatini 
o‘zgartirishga to ‘g ‘ri kelsa, undan bu haqda bildirishnoma 
olingach, rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Ijro muddati­
ni boshqa kunga ko‘chirish rahbaming yangi rezolyutsiyasida 
ifodalanadi va undan nazorat qog‘ozchasiga o ‘tkaziladi.
Ijroning nazoratini tashkil qilish uchun ro ‘yxatga olish-na- 
zorat varaqchasidan foydalaniladi. Bu varaqcha, yuqorida 
ta’kidlanganidek, hujjat ro ‘yxatga o ‘tkazilayotgan paytda tu­
ziladi.
R o‘yxatga olish-nazorat varaqchasi qismlari hujjat qayer- 
dan tushganiga qarab farqlanadi. 5-ilovaning 1-a, 1-b shakl- 
larida (458-, 459-betlar) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari, farmoyishlari, topshiriqlarining bayonnomalari, 
topshiriqlari (yozma va og‘zaki), 0 ‘zbekiston Respublikasi
452


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
Prezidenti Kotibiyati va Davlat maslahatchilarining topshiriq- 
larini; 6-ilovaning 2-a, 2-b shakllarida (460-, 461-betlar) esa 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror- 
lari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati 
bayonnomalari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o ‘rin- 
bosarlarining topshiriqlari, tashkilot kollegial organlarining 
buyruqlari, qarorlarini ro‘yxatga olish-nazorat varaqchasi 
k o ‘rsatildi. Shakllardan ko‘rinib turibdiki, nazorat qilinadi- 
gan hujjatlar varaqchalari (nazorat varaqchasi) hujjatlami ijro 
etish muddatlari, ijro etuvchilar, hujjatlar gumhlari bo‘yicha 
turkumlanadi.
Ijroning borishini tekshirish barcha bosqichlarda muddati 
tugaguncha quyidagi tartibda amalga oshiriladi: keyingi yillar 
topshiriqlari - yiliga kamida bir marta; joriy yilning keyingi 
oylari topshiriqlari - har oyda kamida bir marta; joriy oy va- 
zifalari - har o ‘n kunda va muddati tugagunga qadar besh kun 
aw al.
Devonxona faqat ijroni amalga oshirishning rasmiy mud- 
datini kutib o ‘tirmay, ogohlantirish nazoratini ham olib boradi, 
y a’ni faqat ijro muddati yaqinlashganini eslatibgina qolmaydi, 
balki ijro holatiga aniqlik kiritadi, belgilangan muddat buzi- 
lishining sababini ochib beradi va buni bartaraf etish chorasini 
ko‘radi.
Hujjat vazifalar, topshiriqlar, so‘rovlar bajarilgandan 
so‘ng, natijalari manfaatdor muassasalarga va shaxslarga 
xabar qilingandan keyin yoki ijro hujjatlari tasdiqlangandan 
keyin ijro etilgan deb hisoblanadi va nazoratdan chiqariladi. 
Ijro natijalari ro ‘yxatga olish-nazorat varaqchalarida belgila- 
nadi.
Nazorat xizmati (guruhi) tarkibiy bo‘linmalarda hujjatlar- 
ning bajarilishi bilan bog‘liq ishlaming ahvolini doimo tahlil 
qiladi, tegishli rahbarlami ular tomonidan ta’sirchan choralar 
ko‘rish uchun ijro intizomining ahvoli to‘g ‘risida muntazam 
ravishda xabardor qiladi, keyingi oyda ijro etilishi lozim
453


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
bo'lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, uning appa- 
rati nazoratidagi topshiriqlari, Vazirlar M ahkamasining qaror­
lari va farmoyishlari ro ‘yxatini har oyning 25-kunida taqdim 
etadi, hujjatlami nazoratdan chiqarish to ‘g ‘risidagi takliflar- 
ning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta ’minlaydi. 7-ilovada ijro in- 
tizomi holati haqidagi axborotning namunaviy shakli berildi.
1-ilova
Umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan 
hujjatlarning
TAXMINIY R O ‘YXATI
1.
Ma’lumot uchun yuborilgan xatlaming nusxalari.
2.
Telegrammalar, xizmat safarlari, mehnat ta’tillariga ruxsat 
berish to‘g‘risidagi xatlar.
3.
Majlislar, kengashlar, kun tartiblari to‘g‘risidagi xabarlar.
4.
Jadvallar, talabnomalar, taqsimnomalar.
5.
0 ‘quv rejalari, dasturlari (nusxalari).
6.
Reklama bildirishlari, plakatlar, kengashlar, 
konferensiyalar dasturlari va shu kabilar.
7.
Tabrik xatlari va taklifnomalar.
8.
Hisobxona hujjatlari.
9.
Bosma nashrlar (kitoblar, jumallar, byulletenlar).
10. Oylik, choraklik, yarim yillik hisobotlar.
11. Statistik hisobot shakllari.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish