eksport ko‘rsatkichlari qisqargan
(2-jadval). Xususan, Rossiyaga
eksport hajmi 2021 yilning mart oyiga nisbatan 1 foizga, Qozog‘istonga — 7 foizga
hamda Turkiyaga — 11 foizga qisqargan.
Mart-aprel oylarida eksport hajmining 2021 yilning mos davriga nisbatan karrasiga
o‘zgarishi
mart
aprel
Jami
1.16
1.18
Rossiya
0.99
1.60
Xitoy
1.15
1.79
Qozog‘iston
0.93
1.50
Turkiya
0.89
1.26
Janubiy Koreya
1.66
2.50
2-jadval. Manba: Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblab
chiqilgan.
Rossiya va Qozog‘istonga eksportimizning qisqarishini asosan urush harakatlarining
boshlanishi ortidan bu davlatlar milliy valyutalarining (rubl hamda tenge) qisqa
muddatda dollarga nisbatan keskin qadrsizlanishi bilan izohlash mumkin. Bundan
tashqari, urush fonida yuzaga kelgan noaniqliklarning ortib ketishi bozor
qatnashchilarining qarorlari va harakatlariga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi ikki
sabab va, ehtimol, yana boshqa omillar ta’sirida bu davlatlarga eksportimiz qisqargan.
Ammo mart oyida Turkiyaga eksport hajmining qisqarishi biroz tushunarsiz tendensiya
bo‘lib, bu holatga logistika bilan bog‘liq noaniqliklar ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin,
biroq 11 foizlik pasayishni izohlash uchun bu omilning o‘zi yetarli emas.
Mart oyidagi pasayishlarga qaramay, yuqorida nomi keltirilgan davlatlarga eksportimiz
hajmi aprel oyida yuqori sur’atlarda o‘sgan (2-jadval). Xususan, Rossiyaga eksport hajmi
2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 60 foizga o‘sgan bo‘lsa, Qozog‘iston
misolida bu ko‘rsatkich 79 foizni tashkil etgan (Turkiyaga — 26 foiz). Ya’ni bir oylik
pasayishga qaramasdan, O‘zbekistonning Rossiya hamda Rossiya bilan bitta ittifoqda
bo‘lgan yirik savdo hamkoriga eksporti hajmi keskin ravishda qayta tiklangan.
Bu tendensiyani birinchi navbatda valyuta kursining o‘zgarishi, ya’ni tenge hamda
rublning qayta barqarorlashishi bilan izohlash mumkin. Xususan, aprel oyiga kelib ikki
davlat milliy valyutalari ham ozmi-ko‘pmi urushdan oldingi darajasiga qaytishga
muvaffaq bo‘ldi (bu qanday sodir bo‘lgani esa boshqa maqola uchun mavzu).
Manba:
https://www.xe.com/currencyconverter/convert/?
Amount=1&From=USD&To=KZT
Manba:
https://www.xe.com/currencycharts/?from=USD&to=RUB
Bundan tashqari, urush va beqarorlikning davom etishi iqtisodiy qatnashchilarning asta-
sekinlik bilan shu muhitga moslashishiga ham sabab bo‘lgan hamda ular Rossiya bilan
to‘xtab turgan savdo aloqalarini qayta davom ettirishga qaror qilgan bo‘lishlari
ehtimoldan holi emas. Bundan tashqari, Rossiyaning G‘arb mamlakatlari bilan
aloqalarining yomonlashuvi, yuqorida ta’kidlanganidek, Rossiyaning ko‘plab davlatlardan
import qilish imkoniyatini yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. Bu esa ayrim tadbirkorlarning
bunday imkoniyatdan foydalanib qolish istagida Rossiya bozoriga kirib borishga qaror
qilishlariga turtki bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
O‘quvchida savol tug‘ulishi mumkinki, Rossiyaning Ukrainada urush harakatlarini
boshlashi mart oyida Rossiya bilan savdo aloqalarimizga ta’sir qilganligi tushunarli,
ammo
Do'stlaringiz bilan baham: |