orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar
dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. Elektron pochtadan
uzluksiz ravishda yoki ma’lum vaqt (seans)larda
foydalanish
mumkin. Elektron pochta XX asming 60-yillarida "katta" hisoblash
mashinalarida
"ko‘p
foydalanuvchilar tartibi"
dasturining
ishlatilishidan boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat
pochta
xizmatlari bilan internet o‘rtasida aloqa o‘matildi.
0 ‘zbekiston hududida Elektron pochta xizmati 1990-91-
yillarda ma’lumot uzatish tarmog‘i operatorlari tomonidan taqdim
etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent pochtamti korxonasida
"Kelsot" tarmog‘i orqali Elektron pochta xizmatlari punkti ishga
tushirildi.
Elektron pochtaning asosiy xususiyatlaridan biri u to‘g‘ridan-
to‘g‘ri
pochtani oluvchiga emas, balki oraliq bo‘g‘in orqali
yuboradi. Bu oraliq bo‘g‘inning nomi - pochta yashigi bo‘lib,
u serverda saqlanadi, xabarlar odatda o‘sha yerda saqlanadi va
odatda, unga faqat parol bilan yo‘l qo‘yiladi.
Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi
dasturlar orqali yoki
veb interfeys orqali kirish mumkin.
Pochta serveri (yoki elektron pochta serveri yoki mail-server) -
elektron pochta tizimida xabarlami boshqaga uzatish tizimi bo‘lib,
qayta uzatish agenti deb nomlandi (ingl. mail transfer agent, MTA).
Bu maxsus kompyuter dasturi bo‘lib, bir kompyuterdan boshqasiga
xabami uzatishni amalga oshiradi. Foydalanuvchilar aslida
bevosita MUA (mail user agenti - elektron pochta mijozi) dasturi
bilan ishlashadilar. Masalan, elektron pochta mijozi sifatida
OutLook dasturini keltirish mumkin. Xat jo ‘natilganda pochta
mijozi bevosita pochta server bilan muloqotga kirishadilar va bunda
SMTP bayonnomasi qo‘llaniladi. Keyinchalik, xat jo ‘natuvchining
serveri bevosita xatni qabul qilib oluvchi server bilan muloqotga
kirishadi (ba’zida oraliq server orqali - relay server).
Qabul qiluvchining pochta serverida xat pochta qutfsiga
yetkaziladi, undan so‘ng esa MDA (ingl.
mail transfer agent-
MDA) yordamida mijozga yetkaziladi. Ko‘pincha ikki agent
dasturi bitta dastur yordamida (masalan, sendmail) amalga
277
oshiriladi. Oxirgi bosqichda POP3
va IMAP bayonnomalari
yordamida aniq mijozga yetkaziladi.
Pochta dasturlarini sozlash uchun quyidagi ma’lumotlar talab
etiladi:
- elektron pochta manzili (masalan, nz@umail.uz);
- pochtaning kirish serveri (IMAP serveri);
- pochtaning chiqish serveri (SMTP serveri);
- foydalanuvchining nomi (masalan, nz@umail.uz);
- parol - elektron pochtaga kirish paroli;
- portlar (IMAP, POP3, SMTP);
- autentifikatsiya.
Elektron pochta manzillari, masalan, quyidagicha yoziladi:
nzl959@mail.ru
nz@rambler.ru
nz2sies@umail.uz
info@edu.uz
va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: