6.12.Internet xizmatlari:
WWW, FTP, xosting, konferensiya va proksi
Servis dasturlariga quyidagilami kiritish mumkin:
- Telnet; - Usenet; - FTP; - Gopher; - WAIS; - WWW
Telnet
-
terminalning emulatsiya protokoli.
Ya’ni boshqa
kompyuterga kirishni ta’minlovchi ish rejimi. Ishlash seansini
boshlash uchun telnet buyrugi beriladi, masalan, telnet
well.cf.ca.us. Ishlashni yengillashtirish maqsadida Hytelnet dasturi
ishlab chiqilgan.
FTP
( file transfer protocol - fayllami uzatish protokoli) - bir
xost-kompyuterdan boshqasiga nusxa olish.
Gopher
- bu intemetning
yana
bir taqsimlangan axborot tizimi
boiib, uning interfeyslari asosiga iyerarxik kataloglar g‘oyasi
qo‘yilgan. Gopher ning tashqi ko‘rinishi xiiddi tarmoq mashina-
larida joylashgan ulkan fayllar tizimidek ko‘rinadi. Gopher dastlab,
xuddi fakultetlar, kafedralar va shu kabilarining axborot resurslari
bilan universitet axborot tizimini yaratish maqsadida ishlab
chiqilgan edi. Hozirgacha Gopher ning asosiy axborot resurslari
universitetlarda to‘plangan. Gopher ma’muriylashtirishni o‘ma-
tishda oddiy va yetarli darajada mustahkam va himoyali boigan
oddiy tizim hisoblanadi.
WAIS
- bu Intemetning taqsimlangan axborot-qidiruv tizi
midir. Dastlab WAIS AQSHning to‘rtta yetakchi kompaniyasining
264
istiqbolli ishlab chiqilgan mahsuloti bo‘lib paydo bo‘ldi. Tizimga.
axborotni mantiqiy so‘rov orqali qidirish tizimi asos solingan
bo‘lib, u tayanch so‘zlarni qo‘llashga asoslangan. Mijoz berilgan
so‘rovni qanoatlanturuvchi hujjatlar borligiga hamma WAIS
serverlarini tezda qarab chiqadi.
UseNet - yangiliklar va konferensiyalar, ya’ni barcha
mavzular bo‘yicha umumiy xabarlar bilan almashish imkonini
beruvchi kompyuterlar jamlanmasidir. Bu yerda quyidagi
kategoriyalar mavjud:
comp - kompyuterlar;
news - turli xil ma’lumotlar;
soc - jamiyatdagi yangiliklar;
sci - tabiiy fanlar va boshqalar.
WWW - World Wide Web - umumjahon o‘rgimchak to‘ri
(UO‘T), butun jahon bo'ylab joylashgan serverlardagi axborotni
olish imkonini beruvchi Internet xizmati. UO‘T ushbu tarmoqdagi
kompyuterlarda saqlanayotgan barcha ma’lumotlami, ulami
bog‘lovchi gipermurojaatlar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini
yaratuvchi Internet xizmatlari majmuini taqdim etadi. UO‘Tning
apparat ta’minoti asosini butun dunyoda joylashgan va Intemetda
birlashgan ko‘plab kompyuterlar tashkil etadi. UO‘Tning axborot
asosini veb-hujjatlari deb atalmish ushbu kompyuterlar xotirasida
ko‘plab saqlanayotgan gipermatnga asoslangan hujjatlar tashkil
etadi. Veb-hujjatlarida foydalanuvchi, ajratib ko‘rsatilgan so‘z yoki
jumlalami tanlab, boshqa hujjatlarga o‘tishi yoki Yer sharining turli
nuqtalarida joylashgan kompyuterlar xotirasidagi fayllardan erkin
foydalanishi mumkin. Shuning uchun ham foydalanuvchi UO‘Tni
Umumjahon virtual «o‘rgimchak to‘risimon» axborot tarmog‘i
sifatida qabul qiladi. UO‘T Intemetdagi kompyuterlar va fayllar va
hujjatlami uzatish protokollaridan foydalanganligi sababli «UO‘T»
atamasi odatda umumjahon kompyuterlar tarmog'ini ham,
axborotning o‘zini ham bildiradi. veb-hujjatlaridan erkin foydala
nish mijoz-server arxitekturasini qo'llab amalga oshiriladi.
Serverdan hujjatni olish uchun uning hammabop resurs ko'rsatkichi
(URL) deb atalmish tarmoqdagi manzili qo‘llaniladi. UO‘T mijoz
va serverlari о‘zaro muloqotda bo'lgan til va qoidalar gipermatnni
265
uzatish protokoli (Hyper Text Transmission Protocol, HTTP)
tomonidan belgilanadi. HTTP matn, tasvir, tovushlarga ega
gipermedia ma’lumotlarini so‘rash, qabul qilish va aks ettirish
imkonini beradi.
Proksi-server (ingl. proxy server) - brauzer va oxirgi veb-
server o‘rtasida vositachi sifatida foydalaniluvchi o‘rtaliq veb-
serveri.
Proksi-serverdan foydalanishning asosiy sababi — axborotni
uzatishni tejash va keshlash orqali kirish tezligini oshirish. Masa
lan, kompaniyaning ko‘pchilik xodimlari ko‘pincha bir xil veb-
serveridan foydalanib turganda, bunday server sahifalari proksida
saqlanadi va shunday qilib dastlabki serverdan bir martagina
so'raladi. Proksi-serverdan foydalanishning ikkinchi sababi IP
manzillaiini tejayolishi mumkinligi, ya’ni proksidan foydalan-
ganda kompaniya faqat bitta ommaviy IP manzilga ega bo‘lishi
mumkin.
Veb-xosting (ingl. web-hosting) - foydalanuvchi veb-
sahifalarini Internet provayderi (xosting provayderi) serverida
joylashtirish va qo‘llab-quwatlash. “Xosting” so‘zi to‘laqonli ikki
tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyutemi
bildiruvchi xost (host) so'zidan olingan. Xosting pulli va tekin,
oddiy va mukammallashgan, yaxshi va yomon bo‘lishi mumkin.
Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifiiomalarga
e’tibor berish lozim: 1) disk makoni; 2) Internet kanalining
o‘tkazish qobiliyati (kengligi) ; 3) fayllami boshqarish usullari:
veb-forma yoki FTP bayonnomasi orqali erkin foydalanish; 4)
standart skriptlar to‘plami; 5) server tomonida dasturlashtirish
mumkinligi (SSI, PHP, ASPlami qo‘llab-quwatlash, cgi-bin
katalogi); 6) serverda ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish -
o‘z ma’lumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7)
shell tizimidan erkin foydalanish; 8) htaccess fayli orqali servemi
konfiguratsiya qilish mumkinligi; 9) log fayllardan erkin foyda
lanish;
10)
uchinchi
darajali
domenlami
taqdim
etish
(name.you_name.ru, namel.you_name.ru va boshqa turdagi
manzil); 11) bir yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quwatlash;
12) uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.
266
Ovoz va video signallami, tasvir Va ma’lumotlami masofadan
uzatish texnologiyasi - telefoniya deyiladi. Telefoniya xizmati
foydalanuvchilarga quyidagi xizmat turlarini taqdim qiladi, shu
jumladan:
- abonentlar orasidagi nutqiy muloqot;
- nutqiy pochta;
- faksimil aloqa;
-matnlami masofadan o‘qish;
- ma’ lumotlar bazasi bilan matnli muloqot.
Internet tarmog‘ida, IP «tarmoqlararo bayonnomasi» bo‘yicha
bajarilayotgan matn muloqoti DP-telefoniya deb ataladi.
Bevosita, IP-telefoniya aloqa bayonnomalari, texnologiyalari
va usullari majmui bo‘lib, telefon kabi raqamlami terish, qo‘ng‘iroq
qilish, ikki tomonlama so‘zlashish va videomuloqotni Internet yoki
boshqa tarmoq doirasida tashkillashtirish hisoblanadi. Unda
signallar raqamlasahtirilgan boiib, tarmoq doirasida uzatishdan
oldin ma’lumotlarni siqib, ya’ni axborot hajmini kamaytiradi va
shu bois tarmoqqa qo‘shimcha yaklama hosil qilmaydi.
Kompyuterlar Internet orqali bir-birlariga ma’lumotni
uzatishga qodir. E-pochta (E-mail) bulaming eng sodda misolidir.
Chunonchi, tovushni ham raqamli ma’lumotga aylantirish hamda
uni xuddi boshqa ma’lumot turlari kabi kompyuterlaming bir-
birlari orasida uzatilishi ham mumkin. IP-telefoniya - bu
ma’lumotni uzatish tarmog‘i bo‘ylab tovushni uzatishdir. Bunday
tovush uzatishning an’anaviy holatidagi analogli telefon
bog'lanishining asosiy farqli joyi shundaki, tovushni raqamli
signallarga aylantirib, uni ma’lumot ko‘rinishida uzatish demakdir.
IP-telefoniyaning negizida telefon so‘zlashuvlarini an’anaviy
telefon so‘zlashuvidan ko‘ra 2-3 martaga arzonlashtiruvchi
texnologiyalar mavjud. Bunda, tovush signalining asosiy qismi
Internet tarmog‘ida raqamli ko‘rinishda o‘tadi. Shuning uchun ham
an’anaviy telefon liniyalarida sodir bo‘ladigan xizmatdan ko‘ra
ozroq xarajat va sifatli aloqa xizmatlari imkoniyatini yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |