“Har bir tug„ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug„iladi.
Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi”
, - degan
purma‟no fikr bilan hamohangdir. Demak, Nasafiy komil inson tarbiyasida barcha
omillarni birgalikda amalga oshirish va yaxshi xulqni tarbiyalash mumkinligini
ta‟kidlab o„tadi. Shuningdek, komil inson tarbiyasida ota-onaning mas‟uliyati
nihoyatda katta ekanligini e‟tirof etadi. Tarbiyada ota-ona o„z tarbiyasi bilan
alohida va muhim o„ringa ega. Ota-onaga Alloh tomonidan berilgan ne‟matlar
ichida eng ulug„laridan biri farzanddir. Ularning burchi esa o„z farzandini komil
inson qilib tarbiyalashdir. Har bir ota-ona shu mas‟uliyatni his etishi, ota-
onalarning o„zlari ham o„z xulq-atvorlari, insoniyligi, axloqlari bilan o„rnak va
namuna bo„lishlari nihyatda ahamiyalidir. Ulardan har ikkalasining farzandlari
oldida e‟tiborli obro„ga ega bo„lishi muhimligi qayd etiladi.
Aziziddi Nasafiy komil inson xulqini tarbiya qilishda meyorga amal qilishni
nasihat qiladi. Allomaning ta‟kidlashicha, meyorga amal qilish har bir insonning
hurmatli bo„lishini kafolatlovchi asosiy mezondir. Meyordan ortiqcha so„z aytish,
42
hattoki nasihatni ham ortiqchasi komil inson tarbiyasida so„zning ta‟sir kuchini
yo„qotadi. Alloma bu borada “Ifrotiy (haddan, meyordan oshiq) ro„za va namozga
berilib, ketma-ket hajga borma. Buyurgan farzni ado etish bilan cheklan. Ko„p so„z
va gaplarni yodlashni ham o„zingga odat qilma, fiqxni berilib o„rganishning ham,
ko„p hikmat bilishning ham foydasi yo„q, keraklisini bilib olsang, bas”,_ - deydi.
Nasafiyning fikricha, har ishda meyorning bo„lishi komillik belgisidir. Ortiqchasi
bekerak va befoydadir. So„zlaganda fikrlar tarbiyalanuvchining yuragiga yetib
borishi lozim. Ko„p so„zlash samarasiz bo„lib, tarbiyalanuvchi tarbiyachining
so„zlariga va nasihatiga e‟tibor bermasligi aniq. Bu esa tarbiyachining ko„pchilik
oldida obro„sizlanishiga yetarli asos bo„ladi.
Aziziddin Nasafiy boshqa allomalar kabi o„z qarashlarida insoniy sifatlarni
qadrlagan, odamiylikka zid xususiyatlarni albatta qoralab kelgan. Nasafiy
hikmatlarida komil inson sifatlari, ya‟ni tarbiyalanganlik ko„zgulari – yaxshilik
qilish, saxiylik, iroda sifatlari, qanoat va boshqalar yorqin ko„rinishlarda namoyon
etiladi. Nasafiy hikmatlarida shaxs oila, mahalla va jamiyatdagi tarbiya jarayoni
qonuniyatlari hamda tamoyillari asosida tarbiyalanadi va kamol topadi deb
ta‟kidlanadi.
Aziziddin Nasafiy fikricha, shaxs ma‟naviy dunyoqarashining shakllanishida
uni o„rab turgan ijtimoiy muhitning muhim o„rni bor. Nasafiy hikmatlarida insoniy
sifatlardan saxiylik va xasislik o„ziga xos tarzda ta‟riflanadi. Ma‟lumki, saxiylik
shaxs ma‟naviyati kategoriyasi bo„lib, u insonning ma‟naviy tarbiyalanganlik
darajasi bilan baholanadi. “Saxiy” arabcha so„z bo„lib, lug„aviy ma‟nosi “mard”,
“mehribon”, «javonmard” demakdir. Saxiylik ma‟naviy-axloqiy fazilat sifatida
faqat odamzodgagina xos ruhiy hodisadir. Saxiylik tushunchasi diniy va dunyoviy
mazmunga ega bo„lib, dunyoviy mazmuni odamiylikdan iboratdir. Uning tarkibiga
kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g„oyat turli-tumandir. Odamiylik deganda
xalqning uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o„tib, sayqal topib kelayotgan va
faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e‟zozlanadigan axloqiy qadriyatlar tushuniladi.
Diniy mazmunda oliy bir ibtidoga ishonch ruhining qalbda qaror topishidan kelib
chiqib mol-dunyoga hirs qo„ymaslik, muruvvatli bo„lishni anglashdir. Diniy va
43
dunyoviy mazmunda biroz tafovut bo„lsa ham, ularning mohiyati va shakliy
tuzilishi bir xil. Chunki saxiylik shaxs ma‟naviy-ruhiy olamida qaysi yo„nalishda
qaror topmasin, uning sharti asosan bittadir. YA‟ni saxiy odamning so„zi bilan ishi
bir bo„ladi. Bunday inson har qanday sharoitda yaqinlari va maslakdoshlari uchun
hech bir dunyoviy boylikni ayamaydi. Insonlarning hojatini chiqarishdan
charchamaydi, huzur qiladi. Agar shunday qilmasa, vijdon azobida qoladi va o„zini
o„zi sira kechirmaydi. Demak, vijdon, halollik, poklik, rostgo„ylik, insof-diyonat,
saxovat, muruvvat bilan yashash faqat ma‟naviy dunyosi boy odamlargagina xos
fazilatlardir.
Shu bois saxiylik va xasislik masalalari Aziziddin Nasafiyning asarlarida har
tomonlama tahlil etilgan. U o„z hikmatlarida shunday yozadi: “Ikki xil odamlar
bekorga harakat va mehnat qilgan hisoblanadi. Biri boylik to„plab o„z iste‟mol
taomi uchun xassislik qilsa, ikkinchisi bilimga ega bo„laturib, shu bilimini
boshqalarga o„rgatmasa”.
Aziziddin Nasafiy saxiylikning ziddi bo„lgan xasislik qiluvchi kishini xatto
o„zining omon qolishi uchun ham to„plagan boyligidan foydalanmasligini
insoniylikdan
xoli
tushuncha
sifatida
ko„rsatmoqda.
Xasislik
inson
ma‟naviyatining go„zal emasligi, xasis odamning insoniylik mazmun mohiyatini
to„g„ri anglamasligi, axloqiy xususiyatlarga ega emasligi, qilgan mehnatining
rohatini ko„rmasligi, kibru havodan andishada bo„lmasligidadir. Shu bilan birga,
masalaning yana bir tomonini, ya‟ni bilim va iqtidor egasining o„z ilmidan
boshqalarga foyda tegmasligi ham xasislik ekanligini, ilm egasi saxiylik
maqomidan bebahra qolishini shu birgina hikmatda qisqa, lekin boy mazmun bilan
ana shunday yoritib beradi.
Shuningdek, Nasafiy har bir insonning jamiyat hayotida muayyan va aniq
maqsadi bo„lishi kerak degan fikrni ilgari suradi. Nasafiyning fikricha, maqsadga
yo„nalganlik jamiyat rivojining asosiy va ahamiyatli shartidir. Alloma maqsadga
yo„nalganlikni aniq bayon qilish bilan jamiyatdagi meyorlar bilan shaxsning
ehtiyojlari uyg„unlashuvi muhimligini, shaxsning amaliy faoliyatida ijtimoiy
munosabatlar tizimini ro„yobga chiqarishga tayyor bo„lishi zarurligiini
44
tushuntirishga intiladi. Maqsadga yo„nalganlik hamda rejalashtirish g„oyalarini
ishlab chiqish va baholashni harakatlarning unumdorligi, muammoli vaziyatlarni
hal etish zaruriyati bilan izohlaydi. Chunki maqsadga yo„nalganlik insonlarning
turli-tuman ziddiyatli voqea-hodisalarga bardosh qila olishini ifoda etadi. Bu
yo„nalishda Aziziddin Nasafiy inson maqsadining ma‟naviy tarbiyadagi o„rni
beqiyosligini ko„rsatib o„tadi va bu haqda o„zining quyidagi hikmatini keltiradi.
“Bir odamdan so„radilar: “Harakatsiz va maqsadsiz olim kimga o„xshaydi?” Javob
shunday bo„ldi: “Asal bermaydigan asalariga”. Ma‟lumki, maqsadga intilish uch
narsaning butunligidan hosil bo„ladi: shijoat, ishonch va amal. Shijoat – tizimli
harakatlar majmui; ishonch – so„z va harakatlarda maqsadning aniqligini tan olish;
amal – ishonchni yaxshi ishlar (amal) bilan isbotlash. Bu xuddi asalarilarning
harakatiga qiyoslanadi. Asalari shijoatda, g„ayratda tengsiz, maqsadi aniq va
harakatlari ishonchli, amali esa barchani lol qoldiradi. Gulchangdan asaldek ne‟mat
oladi ular. Bu esa mana shu uchta butunlikning buzilmasligidir. Allomaning
maqsadsiz olimning asal bermaydigan asalariga o„xshatishi ana shundandir.
G„ayratli bo„lish shaxs fazilatlariga ijobiy ta‟sir etar ekan. Nasafiy “Bilimga ega
bo„lib, lekin harakat qilmaydigan kishi yerni ekinga tayyorlab urug„ sochmagan
dehqonga o„xshaydi...” – deydi. YA‟ni bilimi bo„laturib g„ayrati, harakati
bo„lmasa, umri besamar o„tadi demoqchi. Inson bilimi va g„ayratining
mushtarakligi uning ongi va ahvoli ruhiyatiga singgan, undan mustahkam o„rin
olgan dunyoviy g„oya va dunyoqarash sifatida qudratli harakatlantiruvchi kuch va
inson irodasini mustahkamlovchi vositadir. Bilim markazida dunyoqarash, olamga,
odamga va ularning turli uyushmalariga munosabatni belgilash yotsa-da, ammo
umuminsoniy axloqiy qadriyatlar – vatanparvarlik, oila, jamiyat, xalq va butun
insoniyat oldidagi burchni anglash kabilar insoniy shartlar hisoblanadi. Bunday
xususiyatlardan mahrum bo„lgan odamlarga odatda mevasiz daraxt sifatida
qaraladi. Nasafiy ham shu bois bundaylarni “yerni ekinga tayyorlab urug„
qadamagan” kishiga o„xshatadi. Bilimi yetarli bo„lib, harakat sust bo„lsa, o„ziga,
insoniyatga, jamiyatga nisbatan loqaydlikdir. Loqaydlik tushunchasi zamirida
ishyoqmaslik, dangasalik, so„z va amal birligining yo„qligi, bahonakashlik singari
45
mazmunlar ham ifodalanadi. Aziziddin Nasafiyning fikrlari bugungi kunimiz
uchun ham shaxs kamolotidagi dolzablikni belgilovchi mezonlar deyish mumkin.
Zamonaviy jamiyatni parokandalikka olib keluvchi illat – bu loqaydlikdir.
Darhaqiqat, loqayd kishilar tevarak-atrofida bo„layotgan voqea-hodisalarni ko„rib,
his etib turishsa-da, “Bu menga taalluqli emas” yoki “Bu mening muammom
emas”, – deb o„tib ketaveradilar. Bu bilan ular o„zlarini go„yoki ortiqcha
muammolardan xalos etmoqchi bo„ladilar. Ammo bilishmaydiki, ularning bu
loqaydliklari katta bir falokat yoki muammoga sabab bo„lishi, hatto yurt tinchligiga
rahna solishi mumkin. Shu bilan birga, ko„pchilik insonlarning jamiyat hayotidagi
o„zgarishlar, islohotlarga befarqligi, doim o„z qobig„iga o„ralib olishlari
taraqqiyotga g„ov bo„lishi mumkin. “Barchamizga ayon bo„lish kerakki, – deb
uqtirgandi mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov, – qayerdaki
beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o„zi bo„ladi deb tashlab
qo„yilsa, o„sha yerda ma‟naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi”
Nasafiy fikricha, insoniy munosabatlar (ijtimoiylashuv) rivoji har bir insonning
faoliyati va harakatiga bog„liqligi ta‟kidlanadi. Faol harakat qilmaslik, ijodiy
mehnatsiz kishilarning ma‟naviy-axloqiy hayotini, kamolotini tasavvur etish
mumkin emas. Faolligi yo„q odamda ehtiyoj, manfaat, harakat bo„lmasligini
quyidagi hikmati bilan izohlaydi. “Qancha o„qisangiz ham, harakat qilmasdan
bilolmaysiz”. Harakat qilish esa muayyan organlar va muskullar harakatisiz,
shuningdek, kishilar bilan aloqaga kirish istagisiz, tilsiz, tafakkursiz, hissiyotsiz
ro„y bermaydi.
Nasafiy hikmatlari mazmunida inson ma‟naviy tarbiyasining eng mukammal
ko„rinishi uning muomala odobida ekanligi bayon etiladi. Muomala xushtavozelik,
ochiq yuzlilik alomatlari bilan zohir bo„ladi. Xushmuomalalik insonning olamni,
unda o„z o„rni va mavqeini bilishi, ijtimoiy mavjudot sifatida namoyon bo„la
olishining zarur shartidir. Muomala orqali inson ruhi ezgulikni qaror toptirish
tomon yo„nalib, ijtimoiy-siyosiy hayotning insonga yaqinlashuvida muhim
ahamiyat kasb etadi. Xushmuomalalikda ham meyor katta ahamiyat kasb etadi va
bu tushunchalar odatiy bir ma‟noda qo„llaniladi. Ochiq yuzlilik va xushtavozelik
46
barqaror bo„lmagan muhitda insonning shaxs sifatida shakllanishi qiyinlashadi.
Ijtimoiy hayotda bu borada “Shirin so„z bilan ilon inidan chiqar”, “Bola shirin so„z
gadosi”, – degan naqllar uchraydi. Nasafiy o„z qarashlarida har narsaning,
jumladan, xushmuomalalikning ham chegarasi borligini, sharoit va voqealar
rivojiga qarab yashash lozimligini uqtiradi. Bu borada olim: “Siz xushmuomala
bo„lish kerak bo„lganda qo„pol so„zlarni aytmang, chunki tayoq o„jar hayvonlar
uchun mo„ljallangan. Agar siz g„azablansangiz xushmuomala bo„lmang, chunki
shakar achchiq dori kerak bo„lgan joyda yarashmaydi”, – deydi.
Inson fe‟li o„zgaruvchan ekanligiga e‟tiborini qaratgan Nasafiy ochiq yuzlilik
talab etiladigan vaqtda qo„pollik ishlatilsa, insonlar o„rtasida ishonch, mehr-oqibat
yo„qolishiga olib kelishini ta‟kidlaydi. Shu bilan birga, fikrning amalga oshishida
insonning ko„p vaqti va kuch-quvvati behuda sarflanishiga sabab bo„lishini aytadi.
Inson faqat o„z chiroyi, odobi va muomalasi tufayli hayotda dadil qadam qo„ya
olishini tushuntiradi. Shuningdek, alloma kerakli vaqtda tarbiyada shirin so„z
emas, tanbeh berish ham asosiy qurol ekanligini ta‟kidlab o„tadi. Bu esa tarbiyada
avval aqlingni ishlat, foyda bermasa qalbingni ishlat, yana foydasiz bo„lsa
qo„lingni ishlat ta‟biriga mos keladi.
Shu hikmatga yaqin misol sifatida Nasafiyning quyidagi fikrini keltirish
mumkin. “Qadimgi donishmandlar kulgili hikoyalar va maqollardan saboq
olishgan, chunki keyingi avlodlar ular haqida kulgili hikoyalar va maqollarni
to„qimasliklari uchun”. Dunyoda insonlar ma‟naviyatining turli jihatlarini ko„rish
mumkin bo„ladi hamda har biri voqelikka o„z dunyoqarashi, axloqiy mezonlari
darajasida munosabat bildiradi. Aziziddin Nasafiy ibrat olishning manbasini
yanada ochib berishga harakat qiladi va donishmandlik tushunchasi bilan
uquvsizlik yonma-yon turishini ta‟kidlaydi. Aziziddin Nasafiy hikmatlarida
donishmandlikning belgisi kulgili hikoyatlardan ham tarbiya olish mumkinligi, bu
borada aql va ma‟naviyatning uyg„unligini, uquvsiz esa kulgili voqea sababli
shunchaki ko„ngil xushlashini ko„rsatib beradi. Donishmand qachondir u ham
kimlargadir kulgi bo„lishi mumkinligini his etadi va bunga zinhor yo„l
qo„ymaslikka intiladi. Uquvsiz esa voqeani barcha davralarda gapirib yuradi. Bu
47
bilan o„z qadrini kulgiga almashtirib qo„yadi. Bu hikmat Alisher Navoiyning
“Bulut yig„lab ko„z yoshi to„kishi bilan dur sochuvchi bo„ldi, chaqmoq esa kula-
kula pastlashdi, yerga kirdi”, – degan ibratli naqliga hamohang qadr topa olgandir.
Aziziddin Nasafiy hikmatlaridagi e‟tiborli g„oyalardan biri shuki, donishmand
ko„z o„ngida fil bilan jang qilishga chanqoq kishi jasur bo„lmaydi. G„azablanganda
nomaqbul gaplarni aytmaydigan kishi jasurdir.
G„azab odamiylikni tark etish bilan baholanadi. Nasafiyning fikricha, g„azab
iymonsizlikning bir ko„rinishidir. Shu sababli uning hikmatlarida insondagi g„azab
(yomon)lik bir olov misol insonni kuydirsa, uni tark etish odamiylikning oliy
ko„rinishi – yaxshilikka erishish ma‟nosida keltiriladi. G„azablanganda insonning
jasorati, kuch-quvvati mardlik deb baholanmasligini ta‟kidlab o„tadi. Insondagi
jasorat g„azab bilan o„lchanganda edi, dunyo iymonsizlar makoniga aylanardi.
G„azabi kelganda o„z aql-farosati (iymoni)dan kechmagan, o„zini iroda qila olgan
kishigina mardlik timsoli sifatida qadr topishi anglanadi uning ilmiy qarashlarida.
Nasafiyning bunday hikmati inson irodasi bilan ham bevosita bog„lanadi. Iroda va
iymonlilik darajasi ko„p jihatdan ijtimoiy omillarga ham bevosita bog„liq. Iroda
inson tabiatidagi mustahkamlik, qat‟iyatlilik, o„z xohishini boshqara oladigan, turli
hoyu havaslariga qarshi tura olishni anlatuvchi tushuncha. Irodalilik “so„rash, talab
qilish, tanlash, afzal ko„rish” degan ma‟nolarni anglatadi. Iroda insonni biron bir
narsani qilishga yoki qilmaslikka undaydigan ichki kuchni bildiradi. Boshqacha
qilib aytganda, iroda odamlarning harakati va xatti-harakatlarini boshqaruvchi
kuchdir. O„z navbatida, iroda kuchi “ongni o„ylash va qaror qilish qobiliyati,
shuningdek, teng ravishda shunday qilish usullaridan birini tanlash va tanlash
uchun kuch" hisoblanadi.
Iroda ma‟naviyatning muhim komponenti. Irodalilik sifati g„azablanganda
o„zini qo„lga olishda, samarali kuchga ega ekanligiga ishongan holda
muvaffaqiyatga erishishning birinchi shartini belgilaydi. Mazkur sifat bo„shlik,
dangasalik va loqaydlik kabi ichki dushmalarni yo„q qiladi. Irodasi zaif inson o„z
g„azabini bosa olmaydi. Nasafiyning hikmatlari qatidagi yashirin ma‟no “iroda
48
odamni hayvondan ajratib turuvchi xususiyat emas, balki odamni bir-biridan
ajratib turadigan yagona ruhiy kuch” ekanligini o„quvchiga anglatishdir.
Bugungi zamonaviy sharoitda ham aynan yoshlar irodasi masalasiga e‟tibor
ortib borayotganligining boisi shundaki, globallashuv jarayonida yoshlar uchun
g„oyat zarur bo„lgan mafkuraviy immunitetning shakllanishida ulardagi iroda
sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Nasafiy iroda sifatlarini shakllantirishdagi o„z
qarashlarini quyidagi hikmati orqali davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |