3
Kirish
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda
huquqiy demokratik davlat qurish va jaxon hamjamiyatidan rivojlangan davlat sifatida
o'rin olish vazifasi qo'yildi. Albatta yurtimizda jaxon talablariga moskeladigan har
tamonlama rivojlangan, o'z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni
tarbiyalab etishtirishda ta'lim muassasalarida o'qitishni yanada yuksak bosqichga
ko'tarish, uning tarbiya bilan uyg'unligini ta'minlash katta ahamiyatga ega.
Xalq ta'limi yangicha sharoitlarda o'z ishini nihoyatda sekinlik bilan qayta
qurmokda. Jaxon bozoridagi integratsiya, ilmiy - texnikaviy taraqqiyot sur'atlari xalq
ta'limining barcha bo'g'inlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlashni talab
etmokda. Binobarin, bu hol tarbiya, ta'lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik masalalarini
hal etishga jamuljam yondoshishni taqoza etmoqda.”
Shuningdek I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat engilmas kuch” asarida ta'lim
- tarbiyaning ahamiyati haqida quyidagicha yoziladi: “Kelajagimiz poydevori bilim
dargohlarida yaratiladi, xalqimizning ertangi kuni qanday bo' lishi farzandlarimizning
bugun qanday ta' lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota - ona,
ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy
talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga
ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish - ta'lim - tarbiya
sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo' lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu
esa ta' lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi”.
1
1
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch. T., O'zbekiston, 2008
4
Shu sababli mustaqillikning dastlabki yillaridayok sho'ro xokimiyati yillarida
oyoq osti kilingan ma'naviyatimizni tiklash bosh vazifa kilib ko'yildi. 1992 yil iyulida,
xali mustakillikka bir yil to'lmasdan turib yurtboshimiz “asrlar mobaynida boshka erga
qaram bo'lib kelgan o'zbek xalkining iqtisodiy va ma'naviy ravnaq topishini ta'minlash -
mustaqil O’zbekiston Respublikasining oliy burchi deb e'lon qildi”.
Xar bir jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning
ma'naviy - axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Yurtboshimiz
“O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga
asoslanadi. Bu negizlar: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalkimizning ma'naviy
merosini mustaxkamlash va rivojlantirish; insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon
kilish, va vatanparvarlik” deb ko'rsatgan edi.
Ma'naviyat soxasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o'tgan davr
ichida mamlakatimiz rahbariyati tamonidan juda katta ishlar amalga oshirildi. 1994
yilda Prezidentimizning “Istiqlol va ma'naviyat” to'plami chop etildi. 1994 yil 23-
aprelda Prezident tamonidan “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini
yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Farmon e'lon kilindi.
2
1997 yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX -
sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” da, shuningdek 1999 yil 3- centyabrdagi “Respublika ma'naviyat ma'rifat
kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi Prezident farmonidagi xalqimizning
ma'naviyati masalasiga, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida
tarbiyalashga juda katta ahamiyat berildi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da uzluksiz ta'limni islox qilish yo'nalishlarida
“ milliy mustaqillik printsiplari va xalqning boy intelektual merosi hamda
umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va
bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish”
alohida belgilab qo'yildi.
Bu masalani o'ta muhimligini hisobga olib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
2
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz». T., O'zbekiston», 2000.
5
Maxkamasining 1998 yil 24-iyulda “Ma'naviy - ma'rifiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora tadbirlari to'g'risida ” maxsus
qarori qabul qilindi. Bu xujjatlarga binoan Respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirligi 1997 yildan boshlab barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida “Ma'naviyat
va ma'rifat asoslari” maxsus kursini o'qitish to'g'risida qaror qabul qildi.
Yuqorida keltirilgan faktlar yoshlarimizning ma'naviy kamolati masalasi
haqiqatan xam dolzarb vazifa ekanligini ko'rsatadi. Prezident Islom Karimov 2000 yil
22-yanvarda bo'lib o'tgan Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
birinchi sessiyasida jamiyatimiz taraqqiyotining yaqin kelajakdagi maqsad va
vazifalarini ko'rsatib berdi. U o'z nutqida jamiyat rivojining etti asosiy yo'nalishini
birma-bir tavsiflab, ularning yaqin istiqboliga qaratilgan maqsad va vazifalarini
aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: