Rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning
yo’qligi kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Bu erda iste'molchilarning ushbu tovarga
nisbatan befarqligi yoki qiziqishi yo’qligi haqida gap boradi. Marketing vazifasi
bo’lib iste'molchilarning mahsulotga nisbatan befarqligini o’zgartirish uchun
mahsulotga xos bo’lgan foydali tomonlarini iste'molchilarning ehtiyojlari va
manfaatlari bilan bog’lash usullarini axtarib topish hisoblanadi. Rag’batlantiruvchi
marketing quyidagi vaziyatlar sabablarining oldini olishga mo’ljallangan:
iste'molchilar mahsulotning imkoniyatlarini umuman bilmasligi, to’siqlarni
yo’qotish va hokazo. Rag’batlantiruvchi marketingning asosiy qurollari: reklamani
kuchaytirish, narxlarni keskin pasaytirish, siljitishning boshqa usullarini qo’llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |