YANGI MAVZUNI O‘RGANISH
O‘quvchilar guruhlarda yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘tgan mavzu bo‘yicha tayyorlab
kelishgan rangli qog‘ozlardan yasalgan bargchalarni ma’lum daqiqada poyada qarama-qarshi, ketma-
ket, xalqada, murakkab barglar shaklida joylashtirishlari kerak. Guruhlar ishini tugatgandan keyin
barglarni poyada joylashishini guruhdan bitta o‘quvchi tushuntirib beradi.
REJA:
1.
Barglarni
ichki tuzulishini, bajaradigan vazifasiga mos kelishi.
2.
Barg hujayralari va organoidlari.
3.
Ularning tuzulishi va vazifalari.
4.
Bargdagi to‘qimalar.
CHAQIRIQ
1. Bargning ichki tuzulishi deganda nimalar ko‘z oldingizga keladi.
2. Barg nima uchun doimo yashil rangda.
3. Barg tomirlari qanday vazifa bajaradi.
4. Bargning eng muhim vazifalaridan biri.
5. Barglarning etini tuzulishi nimaga bog‘liq.
Barglarning ichki tuzulishi, ularning bajaradigan vazifasiga bir muncha mos keladi. Bargning tashqi
sharoitga moslashuvchi organi ekanligi, uning ichki tuzulishida aniq ifodalangan. Bargning ichki
tuzulishiga undagi ayrim organoidlarning tarkibi va ularning joylashishi tartibiga suv rejimi,
yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar
sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun bargning ichki tuzulishi, hatto bir o‘simlikning o‘zida
ham farq qiladi. Barg sirtining ham ostki, ham ustki tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermis
hujayralari bargda suv bug‘lantirishni va havo almashinib turushni to‘g‘ri ta’minlab boradi. Bu
hujayralar oraliqsiz zich joylashib, u bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik mexanik ta’sirlardan,
shuningdek, bargning ichki hujayralari mezofillga mikroorganizmlarni kirishidan saqlaydi. Ayrim
o‘simliklarni (piyoz boshi, begoniya, trodeskansiya) ustki epidermis hujayralarida antotsion
pigmentlari bo‘lib, bargni, barg bandini har-xil ranga bo‘yaydi. Barg epidermisi xoh rangsiz, xoh
rangli bo‘lsin o‘zidan bemalol quyosh energiyasini o‘tkazadi. Ostki epidermis hujayralari orasida
ko‘pgina ustisalar joylashadi.
11
10
1. Epidermis. 2. Kollenxema hujayralari. 3. Ustunsimon assimilyasion to‘qima. 4. Bulutsimon
assimilyasion to‘qima. 5. Asosiy parenxema hujayralari. 6. Elaksimon naylar. 7. Floema qavatini
qoplab turuvchi hujayra. 8. O‘tkazuvchi hujayralar. 9. Ajratuvchi hujayra. 10. Ustistsa (barg
og‘izchasi). 11. Bezcha.
Ostki hamda ustki epidermis orasida xlorofill donachalariga boy bo‘lgan mezofill deb
ataladigan assimilyatsion to‘qimalar joylashgan. Ikki pallali o‘simliklarda mezofill hujayralar ikki xil
ko‘rinishda bo‘ladi. Bir necha qavat cho‘ziq barg sathiga perpendikulyar joylashgan hujayralar
ustunsimon yoki polisat porenximasi deb ataladi. Bu to‘qimada xloroplast juda ko‘p bo‘lgani uchun
barg ustki tomonidan to‘q yashil rangda ko‘rinadi.
Ustunsimon parenxima ostida bir oz yumaloqroq, turli shakldagi hujayralar joylashgan bo‘lib,
ular g‘ovaksimon yoki bulutsimon parenxima deb ataladi. Bulutsimon parenxima hujayralari siyrak
joylashgan, ya’ni orasida bo‘shliqlar bor.
Ustunsimon hujayralar esa ularda zich joylashganligi bilan farq qiladi. Bulutsimon parenximada
xloroplastlar nisbatan kam, shuning uchun ham barg ostki tomondan och yashil rangda ko‘rinadi.
Hujayra orasidagi bo‘shliqlar orqali havo va suv bug‘lari harakat qiladi. Keraksiz havo va suv ustitsa
orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bulutsimon to‘qima o‘zining yassi tomoni bilan ustunsimon
to‘qimaga yopishib olib, unda tayyor bo‘lgan organik birikmalarni floemaga yetkazib beradi. Ikkala
parenxima birgalikda asimiliyasion to‘qimani tashkil qiladi.
Bargning mikroskopik tuzulishi barg sathiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liq.
Quyosh nuri yaxshi tushadigan yerdagi o‘simlik (yantoq, kungaboqar)lar barglarida bir yoki bir
necha qavat ustunsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima
to‘qimalari hosil bo‘ladi. Bunday holatni hatto bitta o‘simlikning o‘zida ham kuzatish mumkin.
Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta qalin bo‘ladi.
Ustunsimon parenxima quyosh energiyasining miqdoriga qarab, moslashuvchi organ
hisoblanadi. Masalan, quyosh energiyasi ko‘p bo‘lsa, hujayradagi xlorofill donachalari o‘zining
kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng
tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini ko‘proq oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p
bo‘lsa, xlorofill donachalari ustunsimon to‘qimaning tubiga tushib, yorug‘likdan qochadi. Yorug‘lik
kamayganda esa aksincha, yuqoriga ko‘tariladi.
Barg assimilyasion to‘qimalari orasida tomir qismi – tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ksilema shu
bog‘lamning ustki, floema esa ostki tomondan joylashadi. Ostida epidermis bilan qoplangan, u
bargning tomir qismidan pastdan bir yoki ikki qavat kollenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, u
bargning elastiklik qobiliyatini oshiradi. Uning ostki qismida asosiy parenxima hujayralari bor va
unda har-xil organik hamda anorganik moddalar to‘planadi. Shuningdek, bargda uni tik ushlab
turuvchi va sinib ketishidan asrovchi mexanik to‘qima sklerenxima ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: